1-deadline. Taqsimlangan algoritmlar va tizimlar (1)
Flat style ranglari Oxirgi paytlar Veb dizaynda “Flat” – deb nomlangan dizayn uslubi mashhur bo‘lgan. Flat style uchun ham maxsus ranglar bor. Flat ranglari quyidagilardan iborat
Flat style dizayniga quyidagi sayt misol bo‘ladi:
Shuni unutmangki, sifatli dizayn bo‘lishi uchun xilma xil ranglarni kamroq ishlatish kerak. rang va elementlarni kamroq ishlatish dizaynni ko‘proq jalb etuvchi qiladi Professional dizaynerlar Eng ko‘pi bilan 3 xil rang ishlatadi.
Fon rangi (fon sifatida 2 xil rang ishlatish ham mumkin)
Elementlar yoki panel rangi (saytning asosiy rangi)
Signal beruvchi rang (knopka ranglari yoki etibor qaratuvchi elementlar)
Ko‘p dizaynerlarning xatosi shundaki, ular dizaynga ko‘ziga chiroyli ko‘ringan elementlarni tartibsiz ravishda joylayveradi. Dizaynda elementlar (rasm, tekst, chizmalar) qancha ko‘p bo‘lsa u holda kishi etiborini kam tortadi. Dizayn kishi e’tiborini tortishi uchun bitta element va ozgina matn kifoya qiladi. Aslida haqiqiy dizayn shunday bo‘lishi kerakki , uni bir ko‘rganda har qanday odam uchun tushunarli bo‘lishi kerak.
Haqiqiy dizayner: “Yana nima qo‘shsam ekan...” – deb emas. Balki “Yana nimani olib tashlasam ekan...” – deb fikrlashi kerak.
Agar ko‘proq rang ishlatish lozim bo‘lsa u holda bir biridan ko‘p farq qilmaydigan ranglar bo‘lishi kerak. Masalan asosiy rang qizil bo‘lsa. Shu qizilning biroz ochroq ko‘rinishi yoki to‘qroq ko‘rinishi bo‘lishi kerak.
Agar siz mahoratli dizayner bo‘lish istagida bo‘lsangiz, professional dizaynerlarning ishini kuzating. Turli tasviriy san’at ko‘rgazmalari va san’at galereyalariga tashrif buyuring. Internet orqali ham boshqa dizaynerlarning ishini tomosha qilish mumkin. Masalan: dribbble.com yoki behance.com saytlarida butun dunyoning turli tomonida ijod qilayotgan ijodkorlarni ishini kurzatishingiz mumkin.
Agar dizaynerlik xizmati ko‘rsatsangiz, u holda ishni tezroq tugatishni emas balki sifatli qilishni o‘yang. Agar biror boshqa dizaynerning ishidan ko‘chirma olmoqchi bo‘lsangiz uni aynan o‘zini olmang, balki o‘z ideangiz va fikrlaringizni ham ishlatib turli o‘zgartirishlar kiriting. Eng muhimi o‘z kasbingizga mehr qo‘yib ishlang.