5 – Amaliy mashg‘ulot. TAQSIMLANGAN MASALALAR VA ALGORITMLAR.
Ishning maqsadi: Ushbu amaliyotda ob'ektning hayot aylanish jarayonining boshqaruvini ko‘rib chiqamiz.
Nazariy qism: Zamonaviy veb sayitlarning hayotiylik sikili asosan rang tanlashdan boshlanadi. Dizaynerning har qanday jodiy ishi quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1) Rasm. 2) Tekst 3) Rang
Bularning ichida dizaynning ko‘rkam bo‘lishini hal qiluvchi narsa bu aynan rang hisoblanadi. Duch kelgan rangni tanlash ko‘rimsiz dizaynga sabab bo‘ladi. Rang tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak.
Aslida ranglar bilan ishlash haqida juda ko‘p kitoblar yozilgan. Agar internetning qidiruv saytlaridan “Color theory” yoki “Color scheme” – deb qidirsangiz bu haqda juda ko‘plab maqola va kitoblar borligini ko‘rasiz. Ammo bularni chuqur o‘rganish sizdan ko‘p vaqt talab etadi. Qolaversa ularni hammasini siz amalda qo‘llamaysiz. Shuning uchun sizga eng kerakli malumotlarni qisqacha keltirishga qaror qildik.
Ranglar nima ma’no beradi. Tabiatga diqqat bilan etibor qilsangiz, undagi har bir rang nimadandir darak beradi. Tabiatni yaratgan Xudo undagi ranglarni juda munosib yaratgan. Masalan yashil rang insonni ruhan tinchlantiradi. Shuning uchun tabiatda asosan yashil rang ko‘p takrorlanadi. Qizil rang esa insonni hushyorlikka chaqiradi Yoki ogohlantiradi. Shuning uchun jonzotlarning qoni qizil rangda. Tikonli atirgullarning rangi ham qizil bo‘lishi bejiz emas.
Ranglarni insonga ta’sirini o‘rganish bilan nafaqat olimlar yoki rassomlar shug‘ullangan. Balki psixologlar ham ranglarning insonga ta’sirini o‘rganishgan.
Har bir rang qanday ma’no berishini birma bir sanaymiz: QIZIL – Ogohlik, Jasurlik, issiqlik, G‘azab
KO‘K – bilim, donolik, ulug‘vorlik, yuksaklik, sovuqlik, muloqot
OQ – tozalik, oddiylik, yengillik, soflik, ochiqko‘ngillik.
Demak ranglarning ma’nosini anglab oldik. Biror mavzuda ijod qilishda avvalo shu mavzuga mos rang tanlash kerak. Masalan: Meditsina mavzusida biror banner dizayni yoki sayt dizayni tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, u holda bunday dizaynga ko‘proq ko‘k va oq rang mos keladi. Sport mavzusiga esa ko‘proq qizil va qora ranglar kombinatsiyasi mos keladi. Chunki qizil rang bu qiziqqonlikni bildiradi, qora esa kuch quvvatni anglatadi. Lekin bu ranglarni ishlatishning o‘z qoidasi bor. Ya’ni fon rangi matn rangi rasmlar rangi va boshqalarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak.