Kompyuter injineringi” fakulteti “kompyuter injineringi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/11
tarix25.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#90036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-deadline. Taqsimlangan algoritmlar va tizimlar (1)

Nazorat savollari

  1. Xabar brokerlari

  2. Taqsimlangan tizim arxitekturalari

  3. Tizim administratori



3 – Amaliy mashg‘ulot.
TTLARDAGI RAD ETISHLARGA BARQAROR XISOBLASHLAR UCHUN REAKTIV TIZIM ARXITEKTURASI.
Reja

  1. Taqsimlangan tizim barqaror xisoblash arxitekturasi

  2. Tizim komonentalari

Foydalanuvchilar so‘rovlarini bajarilishini yaxshilash uchun Taqsimlangan tizim TAT (taqsimlangan axborot tizimlari) ning tizimli xususiyatlari hisoblangan bir necha talablarga javob berishi lozim bo‘ladi. Quyida taqsimlangan tizim javob berishi kerak bo‘lgan talablani keltirishimiz mumkin: [1].

  • Tiniqlik yoki Aniqlik

  • Oshkoralik

  • Kengqamrovlilik

  • Ma’lumotning butunligi

  • CHidamlilik

  • Xavfsizlik

Jarayonlar va resurslarning jismonan rogubyf kompyuterlarga taqsimlanganlik omilini yashirish taqsimlangan tizimlarning muxim vazifasi bo‘lib hisoblanadi. YAgona kompyuter tizimi sifatida ilovalarda keltirilgan va foydalanuvchilarga taklif qilingan taqsimlangan tizimlar aniq deb ataladi (transparent). Aniqlik konsepsiyalarini taqsimlangan tizimning turli aspektlarida qo‘llanilishini 3.1-jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Ulanishning aniqligi (access transparency) ma’lumotlarni daqdim qilish farqlarini va resurslarga foydalanuvchilarning kirish yo‘llarini yashirishga mo‘ljallangan. SHunday qilib, butun sonlarni uzatayotganda agar ishchi stansiya Intel protsessori asosida qurilgan bo‘lsa, unda u sonlar bilan “kichigi-oxirida” (ya’ni, birinchi bo‘lib katta bayt uzatiladi) tizimi asosida ishlashiga, agar ishchi stansiya Sun SPARC protsessori asosida ishlasa, u sonlarni «kattasi-oxirida» (ya’ni, birinchi bo‘lib kichik bayt uzatiladi) tizimi asosida ishlashini e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Ma’lumotlarda boshqa nomuvofiqliklar ham uchrashi mumkin. Masalan,taqsimlangan tizim fayllarning nomlarini taqdim qilish usulida o‘ziga xos cheklovlarga ega turli operatsion tizimli kompyuterlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Fayl nomlarini taqdim qilish usullaridagi cheklovlar o‘rtasidagi farqni fayllar bilan ishlash kabi ilova va foydalanuvchilardan yashirish lozim.
Oshkoralik - taqsimlangan tizim ichidagi o‘zaro aloqador(bog‘langan) komponentlarning barcha protokollari mukammal holda ommabop standartlarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Jadval 3.1. Taqsimlangan tizimlarda aniqlikning turli shakllari

Aniqlik

Tavsifi

Unanish

Ma’lumotlar taqminoti va resurslarga unalishdagi farq yashiriladi

Joylashgan o‘rni

Resursning joylashgan joyi sir tutiladi

Ko‘chirish

Resursning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi berkitiladi

Joylashgan joyning o‘zgarishi

Resursning ishlov berish jarayonida boshqa joyga ko‘chishi berkitiladi

Replikatsiya

Resursning replikatsiya omili sir tutiladi

Parallel ulanish

Bir necha raqobatlashuvchi foydalanuvchilarning resursdan birgalikda foydalanish ehtimolligi sir tutiladi

Qaytarish

Resursdan voz kechish va tiklash sir saqlanadi

Butunlik

Resurs (dasturiy holda) diskda yoki operativ xotirada saqlanganligi sir tutiladi

Ochiq taqsimlangan tizimlarning keyingi muhim jihati – bu ... Uzgaruvchanlik deganda xar xil qurilmalardan tizimni tuzishning engilligi, qurilmalar xar xil ishlabchiqaruvchidan bulishi xam mumkin. Tizimga yangi qurilmalarni kiritish yoki mavjudini o‘zgartirish xech qanday qiyinchilik keltirib chiqarmasligi kerak, bunda boshqa o‘zgartirishlar kiritilmagan qurilmalar o‘zgarishlarsiz ishlab turishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, ochiq taqsimlangan tizimlar kengayuvchan bulishi kerak.


Xisoblash tizimlarining masshtabliligi bir nechta aspekti mavud. Ulardan eng muhimitizimning ishlabchiqarishini ko‘tarish uchun taqsimlangan tarmoqqa yangi kompyuterlar qo‘sha olish imkoni, bu tizim serveridagi yuklanishni taqsimlash(load balancing) tushinchasiga bog‘liq. Mijozlardan kelayotgan so‘rovlarga xizmat ko‘rsatayotgan serverlarning resurslarini samarali taqsimlash xam masshtablilikka kiradi.
Agar foydalanuvchilar yoki resurslar sonini ko‘paytirishga zarurat paydo bo‘lsa, ko‘pincha xizmatlar, ma’lumotlar va algoritmlarning markazlashishiga bog‘liq cheklanishlarga to‘qnash kelinadi (jad. 3.2).
Jadval 3.2. Masshtablilikdagi cheklanishlarning namunalari

Konsepsiya

Namuna

Markazlashgan xizmatlar

Xamma foydalanuvchilarga bitta server

Markazlashgan ma’lumotlar

Tarmoqqa ulangan xolatda foydalanish mumkin bo‘lgan yagona telefonda ma’lumot olish xizmati

Markazlashgan algoritmlar

To‘liq ma’lumotlar asosida yunalishlarni tuzish

Afsuski, ba’zi-ba’zida birgina serverdan foydalanishga majbur bo‘linadi. Bunday xolatlarda xizmatlarni bitta serverda mujasamlashtirib, uni yaxshi ximoyalangan xonada, tarmoqning boshqa qurilmalaridan maxsus qurilmalar orqali ajratish lozim. Ishlash tezligini oshirish maqsadida serverdagi ma’lumotlarni nusxasini boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish gap xam bo‘lishi mumkin emas, bu xizmatni yomon niyatli xujumlarga nisbatan ximoyasini susaytiradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin