Veb dizayni uchun rang palitrasini tayyorlash Dizaynerlik xizmati bilan shug‘ullanadigan kishilarning eng asosiy ish qurollari bu Photoshop, CorelDraw, Adobe Illustrator va boshqalardir. Bu dasturlarning qaysi birida ishlasangiz ham ularda ranglar palitrasi bor.
Duch kelgan rangni tanlash kerak emas. Avvalda o‘zingiz ishlatadigan ranglar palitrasini tayyorlash kerak. Har bir rangga kerakli nom beriladi.
Fotoshop dasturida ranglar palitrasi “swatches” deb ataladi.
Ranglar palitrasida tez-tez ishlatiladigan ranglarni saqlab qo‘yish lozim.
Savol tug‘iladi, ranglar palitrasidagi ranglarni nimaga asoslab tanlaymiz? Javob oddiy, Bu ranglarni tanlash uchun Dizaynda ishlatiladigan rasmga ayamiyat berish kerak. Tanlangan rasmda qaysi ranglar ko‘p bo‘lsa palitra ranglari ham shu asosida olinishi kerak.
Rang tanlash Quyidagi rasmga etibor bering. Unda 3 xil rang ko‘p ishlatilganini ko‘rish mumkin. Demak boshqa ranglar ham shulardan olisnishi kerak. Ya’ni ranglar palitrasini ana shular tashkil qilishi kerak.
Shu rasm asosida dizayn tayyorlanadigan bo‘lsak boshqa elementlarning rangi ham shu rangdan olinadi.
Ranglar mutanosibligi Hamma ranglar ham bir biri bilan mos kelavermaydi: Masalan to‘q ko‘k va to‘q qizil ranglar mos kelmasligi mumkin uning o‘rniga biroz ochroq rangni ishlatgan maqul: (Ranglar bir biridan farq qilishi kerak. Ya’ni biri och ikkinchisi to‘qroq bo‘lgani maqul)
Ranglar mutanosibligini tanlash ko‘pincha ko‘p vaqt va tajriba talab qiladi. SHuning uchun hozirda internet tarmog‘ida tayyor rang kombinatsiyalarini olishingiz mumkin. Ya’ni bir biriga mos tushadigan ranglar kolleksiyasini topish mumkin. Masalan: https://color.adobe.com/ sayti orqali ko‘plab rang kombinatsiyalarini olish mumkin.
Munosib rang tanlash nafaqat reklama dizayniuchun balki saytlar dizayni uchun ham ko‘p ahamiyatga ega. Masalan Quyidagi sayt qizil va yashil ranglardan iborat. Qip qizil rang ba’zan yoqimsiz ko‘rinish berishi mumkin. Bundan ehtiyot bo‘lish kerak.
Endi esa yuqoridagi saytni rangini biroz o‘zgartiramiz. Quyidagi saytda esa och rangdagi fon va matn rangari bir biriga munosibligi chiroyli ko‘rim bermoqda
Yuqoridagi rasmlardan ma’lum bo‘lmoqda-ki, ranglar rasmni ko‘rinishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.