Kompyuter lingvistikasi


Mustaqil ta’lim mavzulari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə43/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • DIANA
Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. Promp dasturi.
3. Sokrat dasturi.


Glossariy
Avtomatik tarjima (mashina tarjimasi) - bir tildagi matnni ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter) vositasida tez vaqt ichida tarjima qilish tizimi. Mashina tarji­masi bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida o‘tkazildi. 1954-yilda AQShdagi Jorjtaun universitetida dunyoda birin- chi marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha «Geor­getown Automatic Translation» birikmasining qisqartmasi) deb ataladi. Bu tajri- balar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Tajriba bazasi algoritmlardan iborat bo‘lib, 50 000 ta so‘z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
SYSTRAN avtomatik tarjima tizimi yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. DIANA avtomatik tarjima tizimi 10 mln ta so‘z bazasiga asoslanib dunyoning 6 ta yirik tilida avtomatik tarjimani ta’minlaydi. 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega YEUROTRA sitemasi barcha yevro- pa tillari bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi ham 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lib, dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi.
Internet tizimining rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global tarmoqda ham tashkil etildi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi ham faol yo‘lga qo‘yilgan.


Example based translation («Namunalarga asoslanadigan tarjima») - 1984- yilda Yaponiyaning Kioto universiteti professori, mashina tarjimasi bo‘yicha yapon davlat dasturi rahbari Makoto Nagao tomonidan yaratilgan yangi konsepsiya. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, matnlar ilgari inson qo‘li bilan tarjima qilingan matn- larga tayanib analogiya tamoyili asosida tarjima qilinishi lozim. Buning uchun kompyuterga kiritilgan katta hajmdagi bilingv bazasi (matn va uning tarjimalari) shakllantirilishi zarur. Yangi matnlar tarjimasida bilingv massividan o‘xshash matn fragmentlari tanlanadi va tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishida foydalaniladi. M.Nagao mashina tarjimasiga bunday yondashuvni «Example Based Transla­tion» («Namunalarga asoslanadigan tarjima») deb nomladi, ilgarigi an’anaviy yon­dashuv «Rule Based Translation» («Qoidalarga asoslanadigan tarjima») deb ataladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin