Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə75/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

5


JAMI:







70

Mustaqil ishlarni bajarish tartibi
TMI ga oid berilgan mavzular asosan so‘z turkumlari, gap va gap bo‘laklarining modellarini tuzishga oid bo‘lib, bunda har bir gap elementlari (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari) bo‘yicha tahlil qilinadi. Namuna tariqasida quyidagi topshiriqni qarab chiqamiz:

Mavzu. O‘zbek tili axborot uslubida yig‘iq gap konstruksiyasining formulasi yozilsin.


Avvalo, berilgan mavzu bo‘yicha topshiriqni bajarish reja yozishdan boshlanadi. Reja quyidagicha tuziladi:




Reja:
1. Yig‘iq gap haqida qisqacha nazariy ma’lumot.
2. Yig‘iq gapga qo‘yiladigan talablar.
3. Yig‘iq gap konstruksiyasining formulasi


1. Yig‘iq gap haqida qisqacha nazariy ma’lumot.
Ikki bosh bo‘lakli gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra yig‘iq va yoyiq gaplarga ajratiladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gap deyiladi.
Faqat bosh bo‘laklar (ega va kesim)dan iborat gap yig‘iq gap deyiladi.
Masalan, “Talabalar qatnashdilar”.


2. Yig‘iq gapga qo‘yiladigan talablar.
Yig‘iq gap bo‘lishi uchun bosh bo‘laklardan biri kesimning o‘zi yetarli bo‘ladi, Masalan, “Keldi”. Bunday gap odatda “Qish keldi” kabi ega bilan keladi, ammo bu gapdagi “Qish” yagona ega sifatida yig‘iq gapni yasay olmaydi.
Ba’zida “Mana, qarang” kabi so‘zlardan tashkil topgan yig‘iq gapga duch kelamiz. Bunda “Mana” – kirish so‘zi bo‘lib, kesim – “qarang” bilan birgalikda yig‘iq gapni hosil qiladi.


3. Yig‘iq gap konstruksiyasining formulasi
Gapni G bilan belgilaymiz. Elementlari bilan berilgan gapni, masalan ega, to‘ldiruvchi va kesim bilan berilgan gapni G(e, t, k) bilan belgilaymiz. Ushbu belgilashlar va nazariy ma’lumotlar asosida yig‘iq gap konstruksiyasining quyidagi formulalarini tuzamiz:

G(kirish) + G(k) = G(e, k) yig‘iq (1)


G(e) + G(k) = G(e, k) yig‘iq (2)


. . .
G(k) = G(k) yig‘iq (3)

(2) formulaning sxematik tasvirlanishi:





Barcha materiallar yoritib bo‘lingach, oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin