Sun’iy intellekt - intellektual mashinalar, intellektual kompyuter dasturlar yaratish texnologiyasi va bu haqidagi fan. Intellektual sistema strukturasi 3 asosiy blokni o‘z ichiga oladi: bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim va intellektual interfeys. Sun’iy intellekt insondagi intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi emas, balki inson intellektual faoliyatining ko‘plab qirralarini o‘z ichiga olgan, modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma’noda «artificial intelligence»terminini birinchi marta Jon Makkarti 1956-vilda Darmut univer- sitetidagi konferensiyada qoiladi.
«Tyuring testi» - «Mashina fikrlay oladimi» (1950) sarlavhali maqolaning muallifi ingliz olimi Alan Tyuring tomonidan ishlab chiqilgan empirik test. Olim mashina imkoniyatini insonning aqllilik darajasi bilan qiyoslash prolsedurasini ishlab chiqdi. Ushbu g‘oya 1950-yilda «Mind» falsafiy jurnalida «Hisoblash mashi- nalari va tafakkur» (Computing Machinery and Intelligence) nomli maqolada e’lon qilindi. Bu testdan ko‘zlangan maqsad sun’iy tafakkurning inson tafakkuriga yaqin kelishi mumkinligini aniqlash hisoblanadi. Unga ko‘ra, inson bir kompyu- ter va bir inson bilan o‘zaro munosabatga kirishadi. Savollarga javob berish asosida u kirn bilan (inson yoki kompyuter dasturi bilanmi) gaplashayotganini aniqlashi lozim bo‘ladi. Kompyuter dasturining vazifasi esa insonni xatoga yo‘1 qo‘yishga, noto‘g‘ri tanlov qabul qilishga majbur etish sanaladi.
Zif qonuni — matnning statistik tahlilida keng foydalaniladi, ayniqsa, katta hajmdagi matnlarda har bir so‘zning qanchalik tez takrorlanishini (chastotasini) va ularning takrorlanish tezligini hisoblashda Zif qonuni amal qiladi. Bunda so‘zning chastotasi (f), uning ro‘yxatdagi holati qatori (r) deb belgilanadi. Zif qonuniga ko‘ra, matnda eng ko‘p ishlatilgan so‘z r = 1, undan pastroq chastotada kuzatil- gan so‘z r = 2, undan keyingisi r = 3 tarzida belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, matndagi ixtiyoriy so‘z uchun (0 chastotaga (r)ning ko‘paytmasi natijasi o‘zgarmas miqdor - konstanta (C)ga teng boiadi (r4f = C), bu yerda С matn hajmiga bog‘liq.