Kompyuter lingvistikasi


Mustaqil ta’lim mavzulari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə70/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. Sun’iy intellekt g‘oyasi.
3. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlar.


Glossariy
Ekspert tizimi - muayyan sohadagi ekspertlik yoki mavjud bilimlarning immi- tatsiyasi tarzida yaratilgan kompyuter dasturi. Boshqacharoq aytganda, ekspert tizimi maxsus sohaga oid barcha bilimlar jamlangan qomus yoki o‘ta professional ekspertlarning kompyuter modelidir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy qismi mavjud: ma’lumotlar ombori va mantiqiy mashina. Ekspert tizimlari kon- sepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard Feygenbaum nomi bilan bogiiq bo‘lib, u 1977-yilda murakkab mantiqiy masalalarni yechishda kompyuter das- turlarining samaradorligi formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko‘ra muam- moli sohaga doir bilimlar bazasiga bog‘liq ekanligini asoslab berdi.
Mashina ijodi - san’at asarlarini avtomatik tarzda yaratish jarayoni. Bugungi kunda ijodni to‘la modellashtirishga erishilgani yo‘q, lekin bu sohada sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Jumladan, kompyuter yordamida musiqalar yaratili- shi, treker-dasturlar, sintezatorlar, sekvensorlar yordamida bir turdagi melodiya- lar va tovushlar generatsiyasi oqibatida elektron musiqalarning yaratilishi, matn­ning avtomatik generatsiyasi yordamida she’rlar, ertaklar - umuman matnlar yaratilishi, rasmlar generatsiyasi va kompyuter grafikasi yordamida kino va o‘yinlarning yaratilayotganligi (ayniqsa, strategiya va harbiy manyovrlarga asos­langan kompyuter o‘yinlari) kabilar mashina ijodiga misol bo‘la oladi.
Neyron tarmoqlar - inson miyasidagi neyronlar modeli asosida yaratilgan ti­zim bo‘lib, u sun’iy intellektning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kun- da neyron tarmoqlar bir qator amaliy masalalarni hal etishda keng qo‘llanilmoqda.
Jumladan, ob-havo ma’lumotini aniqlashda, obrazlarni tanishda (xususan, og‘zaki va yoztna nutqni aniqlashda), robotlarni boshqarishda, tibbiyotda tashxis qo‘yishda ishlatilmoda. Neyron tarmoqlarining ishlash tizimi matematik ifodalar yoki mantiqiy qoidalarga asoslanmaydi, balki namuna (example based approach) asosida o‘qitishga asoslangan. Bunda muayyan masalani yechish uchun namu- nalar (misollar), ya’ni o‘qituvchi tanlamalar tayyorlanadi va tarmoq shu asosda tekshiradi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin