Kompyuter lingvistikasi


Agent (A) - harakat bajaruvchisi (inglizcha «agent» so‘zidan olingan). Tema



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə68/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Agent (A) - harakat bajaruvchisi (inglizcha «agent» so‘zidan olingan).

  • Tema (T) - predmct (inglizcha «theme» so‘zidan olingan).

  • Manba (S) - harakat obyektining dastlabki holati (inglizcha «source» so‘zidan olingan).

  • Maqsad (G) - harakat ijrosidan keyingi yakuniy holati (inglizcha «goal» so‘zidan olingan).

  • Vosita (I) - harakat uchun qurol-vosita (inglizcha «instrument» so‘zidan olingan).

    6. Usui (W) - harakat usuli (inglizcha «way» so‘zidan olingan).
    Freymlar sun’iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol ishlatiladi. Freymning quyidagi turlari mavjud: freym-namunalar, freym-strukturalar, freym-rollar, freym-ssenariylar, freym-vaziyatlar. Freymlar tizimi birlashib, semantik tarmoqni hosil qiladi. Freym kompyuter xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar omboriga tayanib olamni maxsus shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. Freym slot deb atalgan bir yoki bir necha elementlarning majmui hisoblanadi. Slotlarda obyektlarga xos belgilar ma’nosi qayd etilgan bo‘ladi.
    «Stol» freym fragmentining jadval ko‘rinishidagi reprezentatsiyasi



    Slot nomi

    Slot mazmuni

    Oyoqchalar miqdori

    To‘rtta, undan ko‘proq bo‘lishi ham mumkin

    Material!

    Yog‘och, plastmassa, shisha

    Yuzasi, sirti

    Oval, kvadrat, aylana

    Tumbaning (tagkursining) mavjudligi

    Ixtiyoriy tarzda

    Vazifalari

    Ovqatlanish uchun, dars tayyorlash uchun, ish uchun va hokazo

    Boshqalar




    Freym-senariy ba’zi harakat, voqea-hodisalarning xarakterli unsurlarini o‘z ichiga olgan tipik strukturalar hamda vaziyatlarning rivojlanishi, ketma-ketligi (algoritm bosqichlari) demakdir. Ssenariy bu oddiy voqea-hodisalar zanjiri emas, balki ushbu harakatlar ketma-ketligida kauzal bog‘liqlik tamoyili ishlaydi, ya’ni har bir harakat natijasi shartli sanaladi, uning ta’siri va oqibatida navbatdagi ish-harakat sodir bo‘lishi mumkin. Har bir ssenariyda rol bajaruvchilar mavjud. Ssenariylar real hayotda uchraydigan vaziyatlarni aks ettiruvchi holatlar asosida yuzaga keladi. Masalan, restoranga tashrif buyurish ssenariysini olib qaraylik.

    Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin