Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə33/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Adabiyotlar:

  1. Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008

  2. Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.

  3. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.

  4. Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. - М.: Высшая школа, 1992.

  5. Нелюбин Я.Я. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. -М.: ВЦП, 1991.

  6. Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику. - М.: Эдиториал УРСС, 2001.



Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. Elektron lug‘at turlari.
3. CONTEXT, ABBY LINGVO, MULTITRAN, POLYGLOSSTJM, MULTILEKS lug‘at dasturlari.


Glossariy


Elektron ensiklopediya - kuchli qidiruv tizimiga ega bo‘lgan ma’lum yo‘nalishdagi illustrasiyali maqolalar, elektron xaritalar, fotosuratlar, giperhavo- la (gipermurojaat)lar, audio va videoizohlar, xronologik ro‘yxat, foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati va hokazolardan iborat bo‘lgan katta hajm- dagi elektron dastur.


Elektron lug‘atlar - leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi natijasida yaratilgan lug‘atlar, ular odatdagi lug‘atlar asosida tuzil- gan, multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur. Eng mashhur elektron lug‘atlar sirasiga CONTEXT, ABBY LINGVO, MULTITRAN, POLYGLOSSUM, MUL- TILEKS kabilar kiradi.
Elektron lug‘atlaming tayyorlanishi quyidagicha: a) lug‘atning so‘zligi shakl- lantiriladi; b) misollar korpusi (elektron kartotekalari) tuziladi; c) lug‘at maqola- lari yoziladi; d) lug‘at maqolalari ma’lumotlar bazasiga ko‘chiriladi; e) bevosita ma’lumotlar bazasida lug‘at matni tahrir etiladi, korrektirovka qilinadi; 0 lingvis­tik ta’minot dasturiy ta’minot bilan uyg‘unlashtiriladi; g) elektron lug‘at.
Elektron lug‘atlar an’anaviy kitobiy lug‘atlarga qaraganda birmuncha afzal- liklarga ega. Elektron lug‘atlaming hajm jihatidan ixchamligi, kompaktligi, boshqa manbalarga (Internet tarmog‘i orqali, gipermurojaatlar yordamida) ulanish im­koniyati, mavjud matnlar korpuslari yordamida illustrativ misollar tuza olish imkoniyati, multimediali misollar bilan boyitilganligi, so‘zlarning sinonimik vari­antlari, omonimlik xususiyatlari, grammatik ma’lumotlar bilan ta’minlanganligi va ularning tezlik bilan foydalanuvchiga havola etilishi kabi jihatlari elektron lug‘atlaming optimalligini ta’minlaydi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin