1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. Matn tahirini amalga oshirish jarayoni.
3. Boris tizimi.
Glossariy Analiz (tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida tushunilishi) va sintez (kompyuterda matnning grammatik shakllanti- rilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) - kompyuter lingvistikasining tayanch tushun- chalari. Morfologik analiz morfemalarga ajratish hamda grammatik maiumotlar tahlilini o‘z ichiga oladi. Morfologik sintez esa matnga avtomatik ishlov berish jarayonida yoki uning so‘nggi bosqichida (natijalarni inson hukmiga havola qi- lishda) so‘zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini umumlashtirish- dan iborat. Morfologik analiz va sintez jarayoni kompyuterda kodlash-dekod- lash tamoyili asosida ishlaydi. Morfologik analizning mantiqiy davomi sintaktik analiz hisoblanadi. Sintaktik analiz morfologik analiz ustiga quriladi, bunda gap strukturasi turli formal modellar asosida tahlil etiladi.
Avtomatik tahrir- kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (Microsoft Word, Excel, Wordpad, Lexicon) rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Avtomatik tahrir matndagi mexanik xato- larning avtomatik tarzda to‘g‘rilanishi va xato ckanligi haqidagi signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog‘liq. Aniq misollar bilan tushuntiriladigan bo‘lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar ekanmiz, unda so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar bo‘lsa, ularning ostiga qizil yoki ko‘k rangda chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning avtomatik bosh harfga o‘tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya qo‘yilishi kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuq- lar hisoblanadi.
Avtomatik tahrir yo‘nalishi XX asr o‘rtalariga kelib rivojlandi. U matn muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo‘shimcha effekt- lar bilan boyimoqda. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo‘shilgan tillarda amal qiladi, masalan, ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida.
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o‘tmoqchimiz:
transliteratsiyalash - bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish (masalan, kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish).
Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz. ispan, italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini
Spanish, Ruta 1.0 (rus va ukrain tillaridagi so‘zlarning imlosini tekshirishga yor- dam beradi), Asutype, Spellex, Spell Catcher kabi.