Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə56/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Ekspert tizimi - muayyan sohadagi ekspertlik yoki mavjud bilimlarning immi- tatsiyasi tarzida yaratilgan kompyuter dasturi. Boshqacharoq aytganda, ekspert tizimi maxsus sohaga oid barcha bilimlar jamlangan qomus yoki o‘ta professional ekspertlarning kompyuter modelidir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy qismi mavjud: ma’lumotlar ombori va mantiqiy mashina. Ekspert tizimlari kon- sepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard Feygenbaum nomi bilan bogiiq bo‘lib, u 1977-yilda murakkab mantiqiy masalalarni yechishda kompyuter das- turlarining samaradorligi formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko‘ra muam- moli sohaga doir bilimlar bazasiga bog‘liq ekanligini asoslab berdi.
Semantik tarmoq - borliqni so‘zlar va ularning semantik munosabatlari yor­damida modellashtirishga yo‘naltirilgan tizim hisoblanadi. Semantik tarmoq aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar (semantik munosa- batlarning biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadigan nuqta) munosabatdorligi asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g‘oyasi kompyuter texnologiyalaridagi lokal va global tarmoq nazariyasi ta’sirida kelib chiqqan. Uzellar muayyan obyektlar- ga, muayyan sohaga oid tushunchalarga, dugalar obyektlar o‘rtasidagi semantik munosabatlarga aloqador tushunchalardir.
«Tyuring testi» - «Mashina fikrlay oladimi» (1950) sarlavhali maqolaning muallifi ingliz olimi Alan Tyuring tomonidan ishlab chiqilgan empirik test. Olim mashina imkoniyatini insonning aqllilik darajasi bilan qiyoslash prolsedurasini ishlab chiqdi. Ushbu g‘oya 1950-yilda «Mind» falsafiy jurnalida «Hisoblash mashi- nalari va tafakkur» (Computing Machinery and Intelligence) nomli maqolada e’lon qilindi. Bu testdan ko‘zlangan maqsad sun’iy tafakkurning inson tafakkuriga yaqin kelishi mumkinligini aniqlash hisoblanadi. Unga ko‘ra, inson bir kompyu- ter va bir inson bilan o‘zaro munosabatga kirishadi. Savollarga javob berish asosi­da u kirn bilan (inson yoki kompyuter dasturi bilanmi) gaplashayotganini aniqlashi lozim bo‘ladi. Kompyuter dasturining vazifasi esa insonni xatoga yo‘1 qo‘yishga, noto‘g‘ri tanlov qabul qilishga majbur etish sanaladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin