To‘rtinchi abzatsni qayta ishlash: Shularni xayol qilib, qo‘lini sumkaga uzatdi. Chala qolgan kitobini olib o‘qimoqchi bo‘ldi. Ammo, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi uning sumkasida turardi. Bir og‘iz ham gapirmay, eng oxirgi pechenyesini ham u bilan baham ko‘rgan odamdan borib uzr so‘rashga endi kech edi... “Qo‘pol va jur’atli pechenye o‘g‘risi”ning samolyoti osmonga ko‘tarildi...
Тизим савол-жавоб режимида ишлашга ўтади:
Ayolning sumkasida nima bor edi?
Do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi.
Kimning samolyoti osmonga ko‘tarildi?
“Qo‘pol va jur’atli pechene o‘g‘risining”.
Yuqoridagi matnni quyidagicha sistemalashtirish mumkin:
METAKOP (sabab zanjiri ): O‘g‘rilik
PTRANS (ma’lum bir obyektning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi) : Samolyotning uchishi;
ATRANS (ma’lum bir shaxsning muayyan narsaga ega bo‘lishi, nazorat qilishi) : Ayolning yuklariga egalik qilishi;
ATTЕND (voqealarga turtki bo‘lgan holat): Pechenye sotib olinishi;
PROPЕL (ma’lum narsaga erishish uchun harakat qilish): Sumkadan kitobning olinishi.
Xulosa qilib aytganda, BORIS tizimini takomillashtirish kompyuter lingvistikasining istiqbollaridan biri bo‘lib, matn mazmunini o‘zlashtirishdagi yuqori samaradorligi bilan ahamiyatlidir.
Adabiyotlar Gelbukh A. Computational Linguistics and Intelligent Text Processing. International Conference. - Mexico, 2003.
Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.
Марчук Ю.Н. Компьютерная лингвистика. – М.: АТС: Восток и Запад, 2007.
Ikromova H.Z. Inson - kompyuter - kelajak. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991. – B. 42-65.