Kompyuter savodxonligi


AVP antivirus dasturlar majmuasi (kompleksi)



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə31/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

AVP antivirus dasturlar majmuasi (kompleksi).
Antiviruslar ham dastur bo‘lib, virus tomonidan shikastlanishi mumkin.
Buning oldini olish uchun antivirus dasturi himoyaga ega bo‘ladi, ya’ni unda maxsus
alohida modul bo‘lib, u antivirusni viruslardan himoyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan Symentec
kompaniyasining Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee
dasturlari keng tarqalgan.
Rossiya, O‘zbekistonda yuqorida ko‘rsatilgan antivirus dasturlar bilan
birgalikda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan Doctor Web va AVP antivirus
dasturlar kompleksi qo‘llaniladi.
51
2005 yilning yakuni bo‘yicha Kasperskiy laboratoriyasining AVP antivirus
kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan. U modullardan iborat bo‘lib, har
bir modulni yangilash imkoni mavjud, ya’ni dasturni butunlay o‘zgartirmasdan
yangi versiyasiga almashtirish mumkin.
AVP kompleksi quyidagi modullardan tashkil topgan:
AVP Control Center – AVPning boshqarish markazi.
AVP Scanner (AVP Skaner) – tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun
xizmat qiladi.
AVP Monitor (AVP Monitor) – kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa
usullar bilan kirib kelayotgan ma’lumotlardagi va birinchi navbatda
kompyuterning tezkor xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi.
AVP Updates (AVP yangilash) – dasturni yangi viruslarning namunalari
bilan to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
AVP Control Center.
AVP Control Center – boshqaruv moduli bo‘lib antivirus kompleksining
ishlash rejimlari, tekshiruv parametrlari, usullari, tekshiruvni boshlash vaqti,
yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda AVP kompleksi o‘rnatilganidan keyin
AVP boshqaruv paneli Windows bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holda masalalar
satrining o‘ng burchagida uning belgisi paydo bo‘ladi.
Uni ishga tushirish uchun Pusk/Programmы/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control
Center
ni tanlash kerak. Natijada ekranda uning oynasi hosil bo‘ladi.
AVP Control Center oynasi quyidagi bo‘limlardan iborat:
Components – antivirus kompleksiga kiruvchi modullar ro‘yxati,
versiyalari va oxirgi yangilanish sanasi;
Tasks – bajariladigan vazifalar ro‘yxati;
Report – hisobotlar bo‘limi;
Password AVP Control Center dasturini yuklashga va chiqib ketishga
parol o‘rnatish.
Kerakli o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi.
O‘zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun «Cancel» tugmasi bosiladi.
52

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin