WinZIP arxivatori.
Ikkinchi Mashhur arxivator bu WinZIP arxivatoridir. Internet tarmog‘ida
ko‘p fayllar ZIP arxivlarida bo‘ladi. Bunga asosiy sabab – arxivlangan fayllar
tezroq ko‘chiriladi. Ular bilan ishlash uchun WinZIP arxivatori zarur.
Bironta ZIP kengaytirishiga ega faylni ochish uchun uni tanlab,
sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, hosil bo‘lgan kontekst menyudan Extract to...
buyrug‘ini tanlaymiz va katalogni ko‘rsatamiz. Bundan keyin WinZIP arxivatori
uning ichidagi fayllarni chiqaradi.
Arxiv fayllari:
WinZIP dasturi butun dunyoda keng tarqalgan. Sababi RAR va WinRAR
arxivatori Rossiya dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va AQSh va Yevropa
kompyuter bozorida kam foydalaniladi. WinZIP arxivatori quyidagi ko‘rinishga
ega:
Bu yerda:
• Novыy – yangi arxiv yaratish;
• Otkrыt – arxiv faylini ochish;
• Favoritы – kompyuterdagi barcha arxiv fayllari ro‘yxati;
• Dobavit – arxivga qo‘shimcha fayllarni qo‘shish;
• Izvlech – arxivdan ko‘rsatilgan fayllarni chiqarish;
• Prosmotr – arxivdagi fayllarni ko‘rish, xususan, ulardagi rasm va
matnni ko‘rish mumkin;
• Check Out – ko‘rsatilgan faylga yorliq yaratish;
• Master – maxsus WinZip Wizard ustasini yuklash, u ishlashni ancha
yengillashtiradi.
Arxiv to‘g‘risida ma’lumot:
• Imya – arxivning ichidagi fayl nomi;
• Izmenen – o‘zgarish yoki yaratilish sanasi;
57
• Razmer – dastlabki hajmi;
• Stepen – arxivlanish darajasi (%da);
• Sjato – arxiv ko‘rinishida egallagan hajmi;
• Atributы – faylning arxivdagi atributlari (R – read only (faqat
o‘qish uchun, o‘zgartirish va o‘chirish mumkin emas), A – Archive (arxivlangan fayl);
• Put (yo‘l) – arxivdagi faylning diskda joylashish yo‘li.