4.12-rasm. Yotiq (a) va tik (b) qatlamlarni kapital (1) hamda shamollatish (2) shtolnyalari bilan ochish sxemasi.
Shaxta maydonini aralash ochish usulida bosh (asosiy) qiya stvollar va yordamchi vertikal stvollardan foydalaniladi. Qazib olingan ko‘mir konveyerlar bilan jihozlangan qiya stvollar orqali yer yuziga chiqariladi, yordamchi vertikal stvollar esa odam- larni, materiallarni, uskunalarni shaxtaga tushirish va shaxtadan yer yuziga chiqarish, shuningdek, shamollatish ishlariga xizmat qiladi.
Shaxta maydonining aralash usuli jahon konchilik ama- liyotida keng tarqalgan bo‘lib, u, odatda, yer yuziga yaqin joylashgan va og‘ish burchagi 18° gacha bo‘lgan qatlamlar shaxta maydonlarida qo‘llaniladi.
Bu ochish usulida har bir bosh va yordamchi ochuvchi lahimlarning afzalliklaridan to‘la foydalanish mumkinligi tufayli, ko‘p holatlarda, u iqtisodiy tomondan samarali usul hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, aralash ochish usuli turli texnologik vazifalarga mo‘ljallangan lahimlar komplekslarini muay- yan sharoitda yotgan qatlamlar shaxta maydonini ochish maqsadida omilkorona sintez qilishdan iboratdir.
Shaxtalarni bir necha bor rekonstruksiya qilish asosida yangi gorizontlarni ochish natijasida eski shaxtalarda ham aralash ochish usuli uchrab turadi.
Ohangaron ko‘mir konini yerosti usulida qazib olayotgan
shaxta bunga misol bo‘la oladi (4.13-rasm).
'У7?~™ /
4.13-rasm. Blokni aralash (kombinatsiyalashgan) ochish sxemasi:
1 — qiya kvershlag; 2 — aylanma tushirish bilan jihozlangan vertikal blok stvoli; 3 — magistral shtrek; 4 — qiya konveyer stvoli; 5 — shamollatish shurfi. Hozirgi vaqtda KRU—260 rusumli lentali konveyer bilan jihozlangan qiya stvol bosh ochuvchi stvol bo‘lib, unga yana qo‘shimcha bir uchli sim arqonli ko‘targich ham o‘rnatilgan. Stvolning uzunligi 480 m va amaldagi ko‘ndalang kesim yuzasi
6 m2.
Shaxta markazty sanoat maydonchasiga joylashgan vertikal stvoldan yordamchi ochuvchi lahim sifatida foydalaniladi. Stvolning diametri 4,5 m, chuqurligi 94,3 m. Bu stvol posangili klet qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, shaxtaga odamlar, materiallar va boshqa yuklarni tushirish hamda chiqarish, shuningdek, shaxtaga toza havo yuborish kabi ishlarga xizmat qiladi. Bu stvol ilgari asosiy (bosh) ochuvchi lahim bo‘lib, ikki skipli ko‘tarish qurilmasi bilan jihozlangan edi.
Shaxtaning markaziy sanoat maydonidan taxminan 950 m janubi-g‘arb yo‘nalishda chuqurligi 125 m va amaldagi diametri 4,5 m bo‘lgan stvol o‘tkazilgan. Bu stvolga ikki kletli ko‘tarish qurilmasi o‘rnatilgan va u yordamchi ishlarni bajarish hamda shaxtaga toza havo yuborishga xizmat qiladi.
Ishlatilgan havoni yer yuziga chiqarib tashlash markaziy sanoat maydonchasiga joylashgan yuk va odamlarni tashishga mo‘ljallangan qiya stvol orqali amalga oshiriladi.
Stvolning uzunligi 160 m, amaldagi ko‘ndalang kesim yuzasi
m2.
Lentali konveyer bilan jihozlangan qiya stvollar yordamida shaxta maydonini aralash usulda ochish skirli ko‘tarish qurilmalari bilan jihozlangan vertikal stvollarga nisbatan qator afzalliklarga ega: ko‘mirni qazish kavjoyidan to yer yuzigacha tashishning uzluksizligini ta’minlaydi, bu esa, o‘z navbatida, ko‘mir qazishning progressiv potok texnologiyasidan foyda- lanishga imkon yaratadi; kon ishlari xavfsizlik darajasining
yuqori bo‘lishini ta’minlaydi; transportning texnologik zanjirini soddalashtiradi.
Shaxta maydonini ochishning aralash usuli, asosan, chuqurligi 300—350 m gacha bo‘lgan yotiq (og‘ish burchagi 18° gacha) ko‘mir qatlamlarini qiyalik burchagi 16° gacha bo‘lgan qiya stvollar yordamida qazishda qo‘llaniladi. Ushbu ochish usuli samaradorligi shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga ham bog‘liq bo‘lib, uning miqdori 1,5—2,0 mln t bo‘lganda samaradorligi yuqori bo‘ladi.