Konchilik ishi


-rasm. Foydali qazilma koni xududi relefining ko‘rinishlari



Yüklə 108,37 Kb.
səhifə3/14
tarix22.12.2023
ölçüsü108,37 Kb.
#189887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi «Konchilik ishi asoslari» fanidan-fayllar.org

1-rasm. Foydali qazilma koni xududi relefining ko‘rinishlari:
a - tekislik; b - nishab; d - ko‘tarilma; e - baland-pastlik;
f- suv yuzali (yotqiziq suv ostida).
Konlar er yuzasiga nisbatan yuzaki (qoplama jinslar qalinligi 20 - 30 m gacha), chuqurlikda (qoplama jinslar qalinligi 40 m dan ko‘p), balandlikda va chuqurlik-balandlikda joylashgan bo‘lishi mumkin.

Yotish burchagi bo‘yicha foydali qazilma yotqiziqlari gorizontal, yotiq, qiya va o‘ta qiya bo‘ladi. Yotish burchagi 10° gacha bo‘lgan yotqiziqlar gorizontal va yotiq deb yuritiladi. Gorizontal va yotiq kon yotqiziqlarini qazib olishda qazishdan bo‘shagan maydonlardan qoplama jinslarni joylashtirish uchun foydalaniladi (2 - a rasm).



2- rasm. Karyerning ko‘ndalang kesim sxemalari.
Yotish burchagi 10°-30° bo‘lgan yotqiziqlar qiya kon deyiladi. Bunday konlarni qazib olishda yotqiziqning yotish yoni karyerning ishlamaydigan yonbag‘irini (bort) tashkil qiladi va qazishdan bo‘shagan maydonga qoplama jinslar to‘kilmaydi. YOtish burchagi 30° dan katta bo‘lgan yotqiziqlar o‘ta qiya konlar deb ataladi va yotqiziqning har ikkala yonini tashkil qilgan qoplama jinslar qazib olinib, foydali qazilma zaxirasi qazishga tayyorlanadi. Bunday konlarni qazib olishda qazishdan bo‘shagan maydonga qoplama jinslar to‘kilmaydi (2-b,d rasm).

I. KARYERNING HAJMI, ISHLAB CHIQARISH QUVVATI VA KARYERNING HISOBLANGAN ZAXIRASI BO‘YICHA HIZMAT QILISH MUDDATINI ANIQLASH.
Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun er yuzasidan turib bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari majmui ochiq kon ishlari deyiladi.
Ochiq kon ishlari ikkita asosiy ishlar, ya’ni qoplama jinslarni qazib olish (kon yotqizig‘i ustini ochish) va bevosita usti ochilgan foydali qazilmani qazib olish ishlaridan tashkil topgan. Konni ochiq usulda qazib olish uchun xizmat qiladigan ochiq kon lahimlari majmui karyer (ko‘mir konlarida esa razrez) deyiladi. Bitta karyer orqali qazib olishga ajratilgan foydali qazilma koni yoki uning bir uchastkasi karyer maydoni, karyerning asosiy ob’ektlari uchun er yuzida ajratilgan maydon esa er ajratmasi deyiladi va uning maydoni karyer maydonidan bir necha marta katta bo‘ladi.
Karyerda ochish ishlari vaqt va makon bo‘yicha foydali qazilmani qazib olish ishlaridan o‘zdirib bajariladi, natijada karyer maydoni pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Karyer tepasi er yuzasi bilan chegaralanadi. Yon tomonlaridagi karyerni chegaralovchi pog‘onasimon tekisliklar karyer yonbag‘iri (borti), karyerni chuqurlik bo‘yicha chegaralovchi tekislik esa, karyer asosi (tubi) deyiladi. Karyer yonbag‘rining er yuzasi bilan kesishish chizig‘i karyerning ustki chegarasi, asosi bilan kesishish chizig‘i esa ostki chegarasi deb yuritiladi. Karyer ustki va ostki chegaralari orqali o‘tkazilgan shartli tekislik karyer yonbag‘ri qiyaligi, uning gorizontal tekislik bilan kesishishidan hosil bo‘lgan burchak esa karyer yonbag‘ri qiyalik burchagi deyiladi.
Kon qazish ishlari olib boriladigan karyer yonbag‘ri ishchi yonbag‘ir, (borti) faqat transport vositalari harakatlanishiga xizmat qiluvchi yonbag‘ir esa ishlamaydigan yonbag‘ir deb yuritiladi. Karyer asosi (tubi) bilan usti o‘rtasidagi o‘rtacha masofa karyer chuqurligini tashkil qiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon yotqizig‘i va qoplama jinslar gorizontal qatlamlarga ajratib qazib olinadi. Bunda ustki qatlamni ostki qatlamdan o‘zdirib qaziladi. SHu sababli karyer yonbag‘ri pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Pog‘onasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan har bir jins yoki foydali qazilma qatlami pog‘ona deb ataladi.
Karyer maydonidan qazib olinadigan kon massasi hajmi, karyer chuqurligi, karyer tubi o‘lchamlari, yonbag‘ir qiyalik burchagi, karyer maydonidagi foydali qazilma zaxirasi, qoplama jinslar hajmi, karyerning er yuzi bo‘yicha o‘lchamlari kabi ko‘rsatkichlar karyerning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Karyer hajmi va o‘lchamlari, foydali qazilma zaxirasi va o‘rtacha qoplanish koeffitsientini hisoblashni bajaring.


Yüklə 108,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin