Konchilik ishi


Portlash ishlarining parametrlarini hisoblash



Yüklə 108,37 Kb.
səhifə8/14
tarix22.12.2023
ölçüsü108,37 Kb.
#189887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Kurs ishi «Konchilik ishi asoslari» fanidan-fayllar.org

Portlash ishlarining parametrlarini hisoblash
2.7. Zaryad massasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Birinchi qator skvajinalar uchun:

bunda q - PM solishtirma sarfi (q = 0,6÷0,9 kg/m3)


Keyingi qator skvajinalar uchun:
2.8. Yoʻnaltirilgan portlatishda pastgi zaryad massasi (kg) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
2.9. Yaxlit zaryadlar uchun tiqim (zaboyka) uzunligi (m) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bunda μ = 0,4÷0,7 - tiqim (zaboyka) uzunligi.




2.10. Havo boʻshligʻi uzunligi (m):

bunda lзар - zaryad uzunligi, м:


bunda Pв.в - 1 m skvajinaga PM sigʻimi, kg:

bunda dc - skvajina diametri, dm;


Δ - skvajinadagi PMning sichligi, kg/dm3, (qoʻlda zaryadlanganda Δ=0,9 kg/dm3, mexanik zaryadlanganda - Δ=1,0 kg/dm3, suv toʻldirilgan PM qoʻllanilganda Δ=1,4 ÷1,6 kg/dm3).


2.11. koʻrsatkichi quyidagi shartlarni qondirishi kerak:
III. QAZIB-YUKLASH ISHLARINING PARAMETRLARINI HISOBLASH
Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini cho‘michlab, qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki otvalga to‘kuvchi mashinadir.
Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: cho‘michni to‘ldirish (cho‘michlash), uni to‘kish joyiga surish (harakatlantirish), to‘kish va bo‘sh cho‘michni cho‘michlash joyiga qaytarib keltirish.
Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bo‘yicha turlanadi:
  • mo‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab;


  • cho‘mich hajmiga qarab (bir cho‘michli) yoki nazariy unumdorligiga qarab (ko‘p cho‘michli).


Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga bo‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bo‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli gusenitsalik va kadamlovchi turlarga bo‘linadi.


Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bo‘linadi:
karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar;
ochish ishlari uchun mo‘ljallangan ekskavatorlar.
Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklashga mo‘ljallangan.
Ochish ishlariga mo‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bo‘shliqlarga tashlab ishlaydi.
Karyerda bir cho‘michli ekskavatorlar asosan qazuvchi, ochuvchi va otval hosil qiluvchi uskuna sifatida qo‘llaniladi. Cho‘mich sig‘imi 4 m3 dan yuqori bo‘lgan ekskavatorlar karyer ekskavatorlari hisoblanadi. Ularning turlarida quyidagi belgilari mavjud:
EKG - gusenitsali harakatlanuvchi elektrli ekskavator. Chiziqchadan keyin turuvchi raqamlar cho‘michning metr kubdagi sig‘imini bildiradi.
ESH - qadamlovchi ekskavator.
EGO - gusenitsali harakatlanuvchi, gidravlik karyer ekskavatori.
Mexanik kuraklar quyidagi asosiy uch turga bo‘linadi: S - qurilishda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, K - karyerda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, V - ochish ishlarida qo‘llaniluvchi ekskavatorlar.
Mexanik kurakning asosiy texnologik parametrlari: cho‘mich sig‘imi, ishchi parametrlari, o‘lchamlari, ekskavator olishi mumkin bo‘lgan qiyalik, massa, solishtirma bosim. Ishchi parametrlari: cho‘michlash radiusi va balandligi.
Cho‘michlash radiusi Rч - cho‘michlash jarayonida ekskavatorning aylanish o‘qidan cho‘mich kromkasiga bo‘lgan gorizontal masofa.
Cho‘michlash balandligi Hч - cho‘michlash jarayonida ekskavator turgan gorizontdan cho‘mich kromkasiga bo‘lgan vertikal masofa.
Yuklash radiusi Rр - yuklash jarayonida ekskavator aylanish o‘qidan cho‘mich o‘qigacha bo‘lgan gorizontal masofa.
Yuklash balandligi Hр - ekskavator turgan gorizontdan ochiq turgan cho‘michning quyi kromkasigacha bo‘lgan vertikal masofa.
Kovjoy (zaboy) ekskavatorning ishchi joyi hisoblanadi. Kovjoy qazib olish ob’ekti hisoblangan pog‘ona yuzasining bir qismidir. Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar yordamida qazib olishda quyidagi kovjoy turlari mavjud: tupikli, toretsli va frontal.
Yumshoq tog‘ jinslarida kovjoy, pog‘ona balandligi (Nu) va ekskavatorning o‘tish kengligi (A) kabi texnologik parametrlari bilan xarakterlanadi.
Pog‘ona balandligi va ekskavatornig o‘tish kengligi ekskavatorning texnik xaraktrestikasini aniqlaydi. Pog‘ona balandligi (kovjoy balandligi) ekskavatorning maksimal cho‘michlash balandligi (Nch.max) dan oshmasligi lozim.
Ekskavatorning nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorliklari mavjud.
Nazariy unumdorlik – ekskavatorning konstruktiv parametrlaridan kelib chiqqan xolda, uzluksiz ishlash jarayonida vaqt birligi ichida qazib olingan kon massasi miqdori.
Texnik unumdorlik – aniq kon-texnik sharoitda ekskavatorning uzluksiz ishlash jarayonida maksimal soatalik ish unumdorligi.
Ekskavatorning ekspluatatsion ish unumdorligi texnologik va tashkiliy jixatdan to‘xtab qolishlari bilan birgalikdagi ishchi vaqtidan foydalanishni hisobga olgan holda aniqlanadi.


Yüklə 108,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin