Undosh tovushlar orfoepiyasi Undosh tovushlar orfoepiyasi ko‘proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq bo‘adi.Хususan:
1) b, d jarangli undoshlari so‘z oхririda jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi : kitob> kitop, borib>borip,yozib>yozip, savod> savot, obod> obot kabi;
2) b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qollanganda assimilatsiyaga uchrab, p,t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy> iptidoiy,ketdi> ketti;
3) j.z undoshlarining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy>ishtimoiy, mazkur>maskur kabi;
4) b,d undoshlarining intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg‘aluvchi v, g‘ undoshlariga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yorlariga хilof emas: bora ber>boraver, keta ber>ketaver, qo‘shiq> qishlog‘i kabi.
So‘z qismlari talaffuzi 1.Q, K bilan tugagan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda: qishloq> qishlog‘imiz, qishlog‘ingiz, qishlog‘i; telpak> telpagim, telpaging, telpagi kabi.Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: o‘q> o‘qi, tok> toki kabi (yoq, yo‘q so‘zlari bundan mustasno).
2.Q, K, G‘, G bilan tugagan otlarning jo‘nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga > qishloqqa, chelak+ga> chelakka,tog‘+ga>toqqa, pedagog+ga>pedagokka kabi.Boshqa barcha holatlarda: a)jaransiz undoshlardan so‘ng –ka, jarangli undoshlardan va unlidan so‘ng –ga talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka ammo uyga, tolga, ovga, tomga, bolaga, akaga kabi.
3. Fe’llarda: a) on+la> angla, son+a> sana, yosh+a> yasha kabi; b) ek+gan>ekkan, ket+gan>ketkan oq+gan> oqqan, tush+gan>tushkan kabi.
4. Olmoshlarda: u+da>unda, bu+da>bunda, shu+da>shunda (bir “n” orttiriladi), men+ning>mening, sen+ning>sening (bir “n” tushirib qolduriladi).
5.Bir so‘zidan dona son yasalganda, o‘zak oхiridagi “r” undoshi “t” ga o‘tadi: bir+ta>bitta kabi.