Konchilik ishi va metallurgiya


- rasm. Bankrot korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar



Yüklə 3,57 Mb.
səhifə11/222
tarix14.09.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#143341
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   222
УМК СОХА ИҚТ ВА МЕНЕЖ.

1.1 - rasm. Bankrot korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar

Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish kuyidagi tartibda amalga oshiriladi:


“Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul kilgan mulkdor sud (xo‘jalik sudi) yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek karz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora, korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir katorda korxonaga debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganligidan xabardor qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan korxonaning mol-mulkini baholaydi va qarz berganlar bilan xisob-kitob qiladi, tugatish balansini tuzadi va uni egalik kiluvchiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga taqdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.
Qarz berganlarning da’volarini qondirish.
Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-mulkidan qondiriladi. Bunda birinchi navbatda byudjet oldidagi karzlar kondiriladi va tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan erlarni qaytadan tiklash xarajatlari koplanadi. Kreditorlar da’volarini kondirish tartibi va navbati hamda bankrot bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to‘g‘risida"gi qonuni bilan belgilanadi. Garov qo‘ygan xuquqiy shaxs korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan xolda, garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni bajarish muddatidan qat’iy nazar, garovdagi mol-mulkdan haq undirish huquqini oladi.
1. Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin aniqlangan va qilingan da’volar birinchi navbatdagi da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum qilingan da’volar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi.
2. Mol-mulk etishmaganligi uchun qondirilmagan da’volar bekor qilingan deb hisob qilinadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olmagan da’volar ham, agar qarz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni olgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari qondirilishi to‘g‘risida sud yoki xo‘jalik sudiga da’vo qilmagan bo‘lsalar bekor qilingan deb hisoblanadi.
3. Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroga shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar etganligi yohud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi.
4. Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining qo‘shgan hissasi qarz berganlarning da’volari nizomda ko‘zda tutilgan shartlari asosida belgilangan va tartibda qondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki qimmatli qog‘ozlar bilan beriladi.
5. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari kondirilgandan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.
6. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning xuquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o‘tadi.
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va xayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va x.k.lar.
Sanoat milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa soxalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Sanoat jamiyatning etakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va ilmi, maxorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat soxasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirshning ilg‘or usullari - maxalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatsiyalashtirish soxasida ustunlik qiladi.
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni qayta ko‘rishning negizi xisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xo‘jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jixatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘qotishga, dehkon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim soxadir.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin, mis, temir, Ilokda ko‘rg‘oshin, kumush, oltin, SHaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
Ikkinchi jaxon urushigacha 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan, "Tashselmash", Toshkent to‘kimachilik kombinati, CHirchik elektrokimyo kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati maxsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin