Mustaqil ta`lim bo`yicha tavsiyalar Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar, davriy nashrlar, xorij adabiyotlari hamda Internet tarmoqlaridan olinadigan materiallar bilan ishlashni, referatlar tayyorlashi, standart talablariga mos ravishda va kompyuter vositalaridan foydalanib mustaqil ish bajarishni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ushbu fanni o‘zlashtirishda mamlakatimiz sanoat sohasining dolzarb masalalari davriy adabiyot manbalarida keng yoritilib borayotganligi inobatga olinishi kerak va talabalar e’tiborini shu manbalarga jalb etish zarur. Shu bilan birgalikda talabalar mustaqil ravishda kerakli mavzuda zarur adabiyotlar bilan tanishib, ular bilan ishlashni o‘rganib boradi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI Sanoat korxonasi va uning menejmenti
O‘zbekistonda boshqaruv tizimini isloh qilish yo‘nalishlari
Sanoat ishlab chiqarishining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi, uni oshirish rezervlari va yo‘llari.
O‘zbekiston kon-metallurgiya majmuasining rivojlanishi.
Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni takomillashtirish.
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish