O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Asosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi.
2. Iqtisodiy maqsadiga ko‘ra asosiy fondlar.
3. Asosiy fondlarni baxolash usullari qanday?
4. Ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati deganda nimani tushunasiz va u qanday hisoblanadi?
5. Asosiy fondlarning eskirish turlari qanday?
6. Amortizatsiya nima? Amortizatsiya ajratmalari deb nimaga aytiladi?
7. Ta’mirlash sikli deb nimaga aytiladi? Asosiy fondlarni ta’mirlashning qanday turlarini bilasiz?
8. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari qaysilar?
9. Ekstensiv, intensiv va integral ko‘rsatkichlar nimani aniqlaydi?
10.Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini sanang.
5.1. Korxonaning aylanma mablag`lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari va ish kuchidan tashkari, aylanma mablag‘larga xam ega bo‘lishlari zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning xisob raqamida nakd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi xisoblanadi. Korxonaning aylanma mablag‘lari aylanma fondlar va muomala fondlariga taksimlanadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi xamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor maxsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi xisoblanadi.