Konchilik ishi va metallurgiya


P e ch n i i sh g a t u sh i r i sh



Yüklə 332,62 Kb.
səhifə3/14
tarix13.12.2023
ölçüsü332,62 Kb.
#174729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Konchilik ishi va metallurgiya

P e ch n i i sh g a t u sh i r i sh. Pech bo’shlig’iga shihta materiallari ma'lum tartibda yuklangandan keyin uning kanallaridagi gorelkalarga bosim ostida kizdirilgan yonuvchi gaz va havo yuborilib kamerada yondiriladi. Yonish mahsulotlari uz yulida shihta materiallarini kizdira borib, karama - karshi tomondagi kallaklari kanallari orkali sovuk regeneratorlarning katak - katak kanallaridan utib pech devorlarini qizdirib muriga yoki bug kozonlariga chikariladi.
Chap tomondagi 1250 – 1280o C qizigan regeneratorlarga sovuq gaz va havo haydaladi - da, ular kizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan uta borib, 800 – 900o C temperaturagacha qiziydi, keyin u erdan uz kallaklari orkali pech kamerasiga utib yonadi. Yonayotgan gaz va havo oqimi shihtani qizdira borib, qarama - qarshi tomondagi kallaklar orqali sovigan juft regeneratorlarga utib ularni ham qizdiradi. Gaz va havo oqimining harakat yo’nalishi klapanlar 13 orqali har 20 - 25 minutda avtomatik ravishda boshqariladi. Agar marten pechlarida suyuq yoqilgi ( mazut ) da ishlasa, faqat havoni qizdrish regeneratorigina o’rnatilgan bo’ladi.
Asosli marten pechlarida shihta tarkibiga ko’ra po’latlarni skrap - rudali va skrap usullarda olinadi.

1 – rasm. Marten pechining sxemasi
1 – suyuqlantirilgan metall; 2 – shlak; 3pech shipi; 4 – pechning tubi; 5 – pechning orqa devoir; 6 – pechning old devoir; 7shixta kiritildigan darcha; 8 – gaz regeneratorlari; 9 – havo regeneratorlari; 10 – sirtqi ish sathi; 11,11' – pechga haydaluvchi havo kiritiladigan va yonish maxsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 12,12' – pechga haydaluvchi gaz kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 13 – klapan; 14 – mo’ri; 15 – suv bilan sovitib turiluvchi kislorod furmasi.



    1. PO’LATLARNI SKRAP - RUDALI USULDA ISHLAB CHIQARISH

Bu usuldan domna pechlari bo’lgan po’lat ishlab chiqaruvchi metallurgiya zavodlarida foydalaniladi, chunki bunda shihtaning 60 - 75% temir - tersak (skrap) chiqindilardan, qolgani suyuq cho’yandan iborat bo’ladi. Flyus sifatida esa ohaktoshdan foydalaniladi.


Bu usulda ishlovchi pechni ishga tushirishdan avval uning ish qismining ishga yaroqliligi kuzatiladi. Basharti avvalgi ishlovlarda yorilgan, emirilgan joylari bo’lsa, ular maxsus mashina yordamida magnezit yoki dolomit kukunlari bilan qoplanadi. Keyin pechning shlak va po’lat chiqaradigan teshigi o’tga chidamli tiqin bilan berkitiladi. Jarayon quyidagicha kechadi: pechga shihta materiallar yuklanadi. Bunda yuklash mashinasi yordamida ma'lum miqdorda temir ruda, ohaktosh, keyin metall chiqindi, mul’da deb ataluvchi metall yashikda pechning old devoridagi yuklash darchasi orqali solinadi.
Ular obdan qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho’yan quyiladi. Suyuq cho’yan tarkibidagi Si, P, Mn, va qisman S lar temir ruda kislorodi bilan oksidlanadi, hamda bu oksidlar ohak bilan o’zaro birikib shlak ajrala boshlaydi. Metalldagi S ni shlakka o’tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach pechga ma'lum miqdorda boksit ko’shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda yuqorida ko’rilgan reaksiya bo’yicha metalldagi S shlakka o’tadi. Jarayon ohirida vaqti - vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va hossalari ekspress laboratoriyada kuzatib boriladi. Kutilgan tarkibga kelgach, pechga qaytaruvchilar kiritilib, so’ngra nov teshigi ochilib u kovshga chiqariladi. Bu variantda faqat sifati pastrok uglerodli po’latlar olinadi. Lekin temirning temir rudadan qaytarilishi hisobiga po’lat miqdori bir oz ortadi.

Yüklə 332,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin