Kontrasepsiya turlari



Yüklə 36,28 Kb.
səhifə5/7
tarix18.04.2023
ölçüsü36,28 Kb.
#99897
1   2   3   4   5   6   7
Kontrasepsiya

Bachadon ichi vositalari — tarkibida metall (mis, kumush) va gormonlar saqlashi mumkin, ularning ta’siri kimyoviy moddalarning spermatozoidlar va tuxum hujayraga, bachadon bo’yni shillig’iga va endometriyga ta’siri bilan tushuntiriladi. Bu usulning samaradorligi yuqori, lekin ular JYYK`dan himoyalamaydi.
Bachadon ichi spirali haqida→

  • Gormonal usullar — juda samarali, lekin JYYK`dan himoyalamaydi. Bunga oral kontraseptivlar (tabletkalar), plastirlar, vaginal halqalar, implantatlar va favqulotda kontraseptsiya usullari kiradi.

    HOMILADORLIKDAN SAQLANISHNING TABIIY USULLARI
    Zamonaviy ma’lumotlarga ko’ra, tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin o’rtacha olti soatdan bir sutkagacha urug’lanish qobiliyatini saqlab turadi. Spermatozoidlar ayol jinsiy a’zolarida 2-8 kungacha yashashga qodir, lekin tuxumni urug’lantirish qobiliyatiga faqatgina bachadonda va bachadon nayida olti-yetti soat bo’lganidan so’ng erishadi.
    Ovulyatsiya haqida→
    Buning mazmuni: ovulyatsiyadan sakkiz kun oldin va ovulyatsiya kuni himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish homiladorlikka olib kelishi mumkin. Bu nazariy jihatdan. Amalda — siklning har qanday kunida homilador bo’lib qolish mumkin. Chunki insonda nafaqat barmoq izlari va ko’z rangi, balki uning o’zi va jinsiy hujayralarining hayot davomiyligi ham individualdir. Shu sababli, istalmagan homiladorlikdan hayz siklning har qanday kunida himoyalanish kerak!
    Ammo hayotda vaziyat turlicha bo’ladi. Birinchisi — oila va farzandlarni hali rejalashtirmayotganlar. Ikkinchisi — yosh oilalar, ammo ular hozirda mavjud farzandlari hali juda yosh ekanligi sababli farzand rejalashtirmayotgan bo’lishadi. Agar birinchi holat uchun kontratseptsiyaning eng ishonchli usuli kerak bo’lsa, ikkinchi holatda homiladorlikdan tabiiy saqanish usullarini qo’llab ko’rish mumkin.
    BIOLOGIK (YOKI TAQVIMIY) KONTRATSEPTSIYA USULI
    Biologik usul — periovulyator kunlarda (ovulyatsiyaga yaqin kunlar) jinsiy aloqadan davriy saqlanish yoki himoyalanishga asoslanadi. Ovulyatsiyadan sakkiz kun oldin va ovulyatsiyadan 3-4 kun keyin jinsiy aloqadan saqlanish yoki samaraliroq himoyalanish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
    Bu usul faqat normal hayz sikliga ega bo’lgan ayollarga mos keladi. Shuningdek bazal haroratni o’lchash uchun erinmaslik talab etiladi. Har kuni ertalab, bir xil vaqtda, to’shakdan turmasdan oddiy termometr bilan to’g’ri ichak haroratini o’lchash va qayd qilib borish kerak.
    Bazal haroratni o’lchash haqida→

    Yüklə 36,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin