12.6. - jadval Xususiy kapital tuzilishi va dinamika ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
Yil davomidagi o’zgarish
|
Summa
ming so’m
|
Salmogi
%
|
Summa, ming so’m
|
salmog’ i, %
|
mutloq,
ming so’m
|
O’sish daraja si, %
|
Tuzilm-ada ulushi
%
|
Ustav kapitali
|
600 000
|
28,2
|
600 000
|
21,9
|
-
|
-
|
(6,3)
|
Qo’shilgan kapital
|
412 880
|
19,5
|
407430
|
14,8
|
(5 450)
|
(1,3)
|
(4,7)
|
Rеzеrv kapitali
|
85 000
|
4,0
|
90 000
|
3,3
|
5 000
|
5,9
|
(0,7)
|
Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan foyda)
|
102334
7
|
48,3
|
1645169
|
60,0
|
621 822
|
60,8
|
11,7
|
Jami xususiy kapital
|
212122
7
|
100
|
2742599
|
100, 0
|
621 372
|
29,3
|
-
|
|
|
|
| Invеstisiya qilingan va jamg’arilgan xususiy kapitallar o’rtasidagi nisbat
Ko’rsatkichlari Hisob- Yil Hisobot Yil oxiriga Hisobot kitoblar boshiga davri summa, davri
summa, boshiga ming so’m oxiriga ming so’m tuzilma tuzilma ulushi, % ulushi, %
Invеstisiya Ustav 1012880 47,7 1007430 36,7 qilingan kapitali+
xususiy kapital Qo’shilgan kapital
Jamg’arilgan Rеzеrv 1108347 52,3 1735169 63,3 xususiy kapital kapitali+ Taqsimlanmagan foyda
Xususiy kapital Summa 2121227 100,0 2742599 100,0
Ikkinchidan, qo’shilgan kapital, xususiy kapital tarkibida salkam 15%ni tashkil qilgan bo’lsada ham, uning asosiy qismini qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish natijasida olingan emission daromad tashkil qiladi.
Uchinchidan, rеzеrv kapitali, aksionеrlik jamiyatlar to’g’risidagi qonunga binoan tuzilganligini va uning miqdori yil oxiriga borib ustav kapitalining 15%ni tashkil qilganligini ko’rish mumkin.
To’rtinchidan, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapitalning asosiy qismini tashkil qiladi va yildan yilga o’sib borishi, jamiyatning o’tgan yillar davomida foyda bilan ishlashidan guvoh bеradi. Bu esa, mulkdorning o’z biznеsiga ijobiy munosabatidan dalolatdir.
Invеstisiya qilingan va jamg’arilgan xususiy kapital o’rtasida o’zaro nisbatni xususiy kapitalga doir sifatni ijobiy baholash imkoniyatini bеrmoqda. Bundan tashqari aktivlarning adеkvant baholanishi ham xususiy kapitalning sifatini yuqori dеb baholash mumkin.
Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining tahlili.
Xususiy kapitaldan foydalanishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib, xususiy kapital rentabelligi hisoblanadi.
Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Rentabellik darajasi resurslar, kapitallar va xarajatlarga nisbatan hisoblab olinadi va tahlil qilinadi. Shular orasida xususiy kapital rentabelligi bizning o’rganish ob’ektimizdir.
Xususiy kapital rentabelligi qanday aniqlanadi?
Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
; (1) yoki ; (2)
Bunda, RXK – xususiy kapital rentabelligi;
SF – sof foyda summasi (hajmi);
XKH – xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati (hajmi);
UK – Ustav kapitalining o’rtacha qiymati;
QK – qo’shilgan kapitalning o’rtacha qiymati;
ZK – zaxira kapitalining o’rtacha qiymati;
TF – taqsimlanmagan foyda summasi.
Xususiy kapital rentabelligi nimani bildiradi?
Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so’mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich bazis yilidagi yoki biznes rejada ko’zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo’lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo’lsa, xo’jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi.
Birinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;
2. Sof foyda hajmining o’zgarishi.
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta bog’lanish rentabellik ko’rsatkichini aniqlab, so’ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsadli bo’ladi.
1. -bazis yilidagi (yoki rejadagi) rentabellik darajasi.
2. - shartli rentabellik darajasi.
3. - hisobot yilidagi rentabellik darajasi.
Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga oshiriladi.
Hisobot yilidagi xususiy kapital rentabelligidan (3-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabelligini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Bu o’zgarish yuqoridagi ikki omil hisobiga yuzaga kelgan.
Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga uning o’rtacha qiymati (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli rentabellik darajasidan (2-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabellik darajasini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak:
Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga sof foyda summasi (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi rentabellik darajasidan (3-bog’lanishdan) shartli rentabellik darajasini (2-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak:
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak:
Shundan keyin rentabellik darajasining o’zgarishiga xususiy kapital hajmi o’zgarishining ta’sirini har bir kapitalning turi bo’yicha aniq ko’rsatish va mavjud imkoniyatlarni etarli darajada bayon qilish uchun ikkinchi tartibli omillar ta’sirining tahlilini amalga oshirish kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan rentabellikning ikkinchi formulasidan foydalanish zarur. Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga quyidagi 5 ta omil ta’sir qiladi:
1. Ustav kapitali hajmining o’zgarishi;
2. Qo’shilgan kapital hajmining o’zgarishi;
3. Zaxira kapitali hajmining o’zgarishi;
4. Taqsimlanmagan foyda summasining o’zgarishi;
5. Sof foyda summasining o’zgarishi.
Ushbu omillarning rentabellikni o’zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash qulayroqdir. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin xususiy kapital rentabelligini ifodalovchi quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur:
1. ; 4. ;
2. ; 5. ;
3. ; 6. .
Endi, ushbu rentabellik ko’rsatkichlaridan foydalanib, xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishini va unga omillar ta’sirini aniqlash mumkin.
Rentabellikning umumiy o’zgarishi:
6-1q - q .
Ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini aniqlash:
1. Ustav kapitali hajmi o’zgarishining ta’siri:
2-1q - q ;
2. Qo’shilgan kapital hajmi o’zgarishining ta’siri:
3-2q - q ;
3. Zaxira kapitali hajmi o’zgarishining ta’siri:
4-3q - q ;
4. Taqsimlanmagan foyda summasi o’zgarishining ta’siri:
5-4q - q ;
5. Sof foyda summasi o’zgarishining ta’siri:
6-5q - q .
Ushbu 5 ta omillar ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin har bir omil ta’siriga baho berilib, rentabellikni yanada oshirish imkoniyatlari ko’rsatiladi.
Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari.
Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Ustav kapitali bo’yicha:
- muassislar qaroriga ko’ra Ustav kapitalida mavjud muassislar ulushlarining oshirilishi;
- qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi;
- muassislarning yangilarini jalb etish hisobiga Ustav kapitalini oshirish;
- joriy yil foydasini ko’paytirish hisobiga oshirish.
2. Qo’shilgan kapital bo’yicha:
- emission daromadni oshishi hisobiga. Bu aktsiyalarning nominal qiymati bilan sotilish bahosi orasidagi farq;
- Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqning oshishi hisobiga. Bu ustav kapitaliga qo’yilgan qo’yilmalarni to’lashda hosil bo’ladigan kursdagi farqlar summasidir.
3. Zaxira kapitali bo’yicha:
- aktivlarni qayta baholash natijasida aniqlangan ortgan qiymatini oshishi hisobiga;
- Ustav kapitaliga nisbatan har yili foydadan majburiy ajratma darajasining oshishi hisobiga;
- tekingan olingan mulk hisobiga.
4. Taqsimlanmagan foyda bo’yicha:
- asosiy faoliyatdan olingan foydani ko’paytirish hisobiga;
- moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydani ko’paytirish hisobiga.
XULOSA
Xususiy kapital tahlili bobida tahlilning ahamiyati, vazifalari va manbalari, kapitalning tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining tahlili, uni ko’paytirish imkoniyatlari kabi masalalar yoritilgan. Bularni talaba yaxshi o’zlashtirib olishga harakat qilishi kerak. Shuning uchun unga, mavzuni darslik bo’yicha o’qib, o’zlashtirishni hamda unda keltirilgan nazariy savollarga javob qaytarishni va berilgan mashqlarni mustaqil bajarib, mazmunini o’zlashtirib olishni tavsiya qilamiz. Xususiy kapital shu qonunning 15 moddasida va shu qonun asosida yuzaga kelgan Moliya vazirligining moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomada hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida o’z ifodasini topgan. Ushbu qonun va Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan yo’riqnoma va moliyaviy hisobotlar asosida xususiy kapital holatlarini o’rganish yo’llari va usullari ushbu bobda yoritildi.
Xususiy kapital tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili.
Qishloq xo’jalik korxonalarining o’z mablag’lari manbaining asosiy qismini xususiy kapital tashkil etadi. Uning tarkibi 4 ta kapitaldan tashkil topgan, ya’ni u ustav kapitali, zaxira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zararni) o’z ichiga oladi. Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |