Ochiq aksiyadorlik jamiyatning aksiyadorlik kapitalini ko‘tarishga doir uning tarkibi quyidagicha edi: jamiyatda 100 aksioner, ular 1000 aksiyalar egasi hisoblanadi. A aksiyador 260 ta aksiya, ya’ni ustav kapitalning 26%iga, В aksiyador 530 ta aksiya, ya’ni ustav kapitalning 53%iga, D aksiyador 110 aksiya, ya’ni ustav kapitalning 11 %iga, qoigan 97 aksiyadorlar 100 ta aksiyaga, ya’ni ustav kapitalining 10%iga egadir. Jamiyat S strategik investorni jalb qilmoqchi, kompaniyaning 25% aksiyasiga ega bo‘lib, ma’lum qarorlarini cheklab qo'ymoqchi. Jamiyat 350 ta aksiya chiqaradi va ularni yopiq yo‘l bilan joylashtiradi. Ushbu aksiyalami S investor sotib oladi. Muhokama uchun savollar: Aksiyador jamiyatning ustav kapitali o'sgandan so‘ng o‘zgargan tarkibi qanday bo‘ladi (jamiyatning har bir aksiyasi egalarini va minoritar aksiyadorlari ulushini foizda ko‘rsating)?
Ustav kapitalidagi o'zgarishlar aksiyadorlar huquqiga qanday ta’sir qildi(har bir aksiyadorning va minoritar aksiyadorlar guruhining holatini ta’riflang)? MINI KEYS
Kompaniyada 100 aksiyador mavjud. A aksiyador 10 % oddiy aksiyalarining egasi va u kompaniyadan navbatdan tashqari aksiyadorlar yig‘ilishini o‘tkazishni talab qilmoqda. Uning asosiy talabi direktorlar kengashi faoliyatini to‘xtatish va yangisini saylashdir. Savollar: A aksiyador Direktorlar kengashiga a ’zolarni tavsiya etish huquqiga egami ?
Boshqa aksiyadorlar Direktorlar kengashiga a’zolarni tavsiya etish huquqiga egami?