Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi korxonada
buxgalteriya hisobi va auditni tashkil qilish, joriy mablag’larning harakatini hisobi,
tahlili va auditini bozor iqtisodiyoti talablariga mos uslubiy hamda tashkiliy
tamoyillarini yaratishdan iboratdir. Ushbu maqsadga muvofiq kurs
ishning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
– korxonada joriy aktivlar harakatini tahlilini tashkil etish hamda uni
takomillashtirish;
– debitorlik qarzlarini tahlil qilish va tavsiyalar berish;
– joriy aktivlar holatini tahlil qilish va takomillashtirish bo’yicha takliflar
berish;
– tovar-moddiy zahiralar harakati bilan bog’liq muomalalar auditini
takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
– pul mablag’lari va hisob-kitob muomalalari auditini takomillashtirish
bo’yicha takliflar berish;
Kurs ishining predmeti. Korxonada hisob siyosati tashkil qilishning uslubiy
asoslari, boshlang’ich hisob hujjatlarini takomillashtirish, joriy aktivlar hisobi,
tahlili hisoblanadi.
5
1. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi.
Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq, O’zbekiston 2018 — 2019
yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan
beshta mamlakat qatoridan joy olgan. 2019 yilda O’zbekiston Respublikasining
yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 58,3 mlrd. dollar dan oshdi va 2018 yilning shu
davriga nisbatan 5,4 foizga o’sdi. O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi
ma’lumotlariga ko’ra, YaIM indikatori 2018 yilgi narxlarga nisbatan 18,9%ni
tashkil etdi. 2019 yil yakunlari bo’yicha aholi jon boshiga YaIM 1741 dollar ni
tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 13,6%ga ko’p
3
. Iqtisodiy o’sish sur’ati milliy
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ijobiy o’sishiga bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari tomonidan yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) umumiy
YaIM 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 foizga o’sdi.Mahsulotlarga sof soliqlar YaIM
tarkibida 10,2%ni tashkil etdi va 5,3%lik shunga o’xshash o’sishni ko’rsatib
berdi.Yalpi ichki mahsulotning o’sishiga eng katta hissa xizmat ko’rsatish sohasi
tomonidan qo’shildi, u o’tgan yilga nisbatan 6,9%ga ko’p. Shu jumladan, turar-joy
va oziq-ovqat xizmatlari 3,9%ga (YaIM tarkibidagi ulushi - 11,5%), olib o’tish va
saqlash, axborot va aloqa - 8,9% (11,0%) hamda boshqa xizmatlar - 7,3%ga (24,8%)
o’sdi. 2019 yilda YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo’yicha iqtisodiyotning
nodavlat sektoriga umumiy hajmning 81,0%, davlat sektoriga 19,0% to’g’ri keldi.
4
Xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun
ma’lum darajada mablag’larga ega bo’lishi kerak. Bu mablag’lar xo’jalik jarayonida
turli xil funksiyalarni bajarishi bilan bir qatorda mablag’larning holati va harakatini
to’g’ri amalga oshirilishida buxgalteriya hisobining harakati alohida ahamiyat kasb
etadi. Ushbu xo’jalik mablag’lari buxgalteriya balansida aktivlar deb nomlanadi.
Korxona aktivlari (boshqacha aytganda mol-mulki)–– korxona egalik qiladigan
va ular yordamida o’zinig moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshiradigan xo’jalik
vositalarining xilma-xil turlaridir.
3
https://mineconomy.uz/uz/news/view/3022 - O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining asosiy tendensiyalari
4
http://mineconomy.uz/
6
Korxonaning aktivlari quydagicha uchta talabga javob berganda moliyaviy
hisobotga kiritiladi:
– korxona bu mulkning egasiga deb hisoblanganda;
– u uchun muayan qimmatiga ega bo’lganda ;
– qandaydir qiymatga va kelgusida korxona uchun iqtisodiy foyda keltirish
qobiliyatiga ega bo’lganda.
Korxona aktivlari ikki turga bo’linadi: uzoq muddatli va joriy (aylanma)
aktivlar
1-chizma. Korxona aktivlarining tarkibi.
Uzoq muddatli aktivlarga foydali ishlatish muddati bir yildan ortiq bolgan mol-
mulk kiradi. Mol-mulkdan foydalanish korxonaga daromad yoki iqtisodiy naf
keltiradigan davr, uning foydali ishlatish muddatidir.
Joriy aktivlar o’z ichiga pul mablag’lari va korxonaning normal ish yoki
buxgalteriya balansi sanasidan bir yil davomida (qaysi biri uzunroq bo’lishiga
bog’liq holda) pul mablag’lariga aylantirilishi, sotilishi yoki sarflanishi kutiladigan
boshqa aktivlarni oladi. Korxonaning normal ish sikli-tovar va xizmatlar uchun pul
xarajatlari (yoki to’lanadigon schyotrlarni tuzish) bilan pul mablag’lariga
aylantirilgan tovar va xizmatlar sanasining o’rtacha vaqt muddatidir. Joriy aktivlarni
turkumlash nisbatan yengil, lekin bu yerda ham muammolar kelib chiqishi mumkin,
sababi normal ish sikli va pul mablag’lariga aylantirish uchun korxona kutiladigon
davr kabi iboralar har xil mulohazalar keltirib chiqaradi. Xalqaro amaliyotda ushbu
mablag’lar turlicha:joriy aktivlar, harakatdagi aktivlar, aylanma aktivlar deb
yuritiladi.
Korxona aktivlari
Uzoq muddatli
aktivlar
Joriy (aylanma) aktivlar
7
Joriy aktivlarga eng likvidli mablag’lar kiradi (lotinchadan– suyuq, oquvchan),
chunki ular majburiyatlarni to’lash uchun doimo pul mablag’lariga aylanish siklida
bo’ladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektida aktivlar iqtisodiy
naf keltiruvchi resurs sifatida e’tirof etiladi. Aktivlar xo’jalik sub’ektlarning
faoliyatini kengaytiradi va kelgusida rivojlanish uchun zarur bo’lgan foyda olish
imkonini yaratadi. Aktivlar iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib, tayyorlash, ishlab
chiqarish va sotish jarayonlarida bevosita ishtok etadi. Professor A.Sotivoliev,
D.Sotivolieva, D.Shodibekovalarning fikrlariga ko’ra “Aktiv– ma’lum bir sanaga
pul ko’rsatkichiga korxonaning mablag’lari, ularning tarkibi va joylanishi aks
ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi” hisoblanadi.
I.Ismanovning fikricha “Xo’jalik yurituvchi sub’ektni faoliyatida ishtrok etadi
resurslar bugungi buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar deb e’tirof etilib, ularni
shartli ravishda uzoq muddatli ( asosiy kapital va joriy aktivlar (aylanma kapital)
kabi guruhlarga bolinadi.Ishlab chiqarishni amalga oshirishda, mahsulot sifatini
yaxshilashda, rakobatbardoshligini oshirishda va ishlab chiqarish jarayonining
qo’lamini ko’paytirishda xo’jalik sub’ektlar faoliyatida uzoq muddatli aktivlar
mavkeyini yanada oshirishda xizmat qiladi
5
. Ular tarkibiga asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli investitsiyalar, o’rnatiladigan
asbob-uskunalar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va
kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Xo’jalik sub’ektlarining jami aktivlari tarkibida joriy
aktivlar yuqori mavqenitiklaydi. Joriy aktivlar o’zining harakatchiligi, tez pulga
almashuvchanligi bilan xo’jalik sub’ekti faoliyatida yuqori samara korsatuvchi
mablag’lardan bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik sub’ektlarning joriy aktivlari uzoq
muddatli aktivlardan farq qilib, bir ishlab chiqarish siklida to’la iste’mol qilinadi,
o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazadi va ashyoviy-natura ko’rinishida ham,
qiymat tavsifida ham tiklanadi va shu yo’sinda uzluksiz harakatda bo’ladi. Xo’jalik
sub’ektlarining joriy aktivlari, pul mablag’lari , ularningkavalentlari va oladigan
schyotlar bo’lib, xo’jalik muomolarining ushbu aktivlari quydagilarga bo’linadi:
5
Uzok mudatli aktivlarning buxgalteriya xisobi va audit metodologiyasini jamlashtirish masalalari .i.f.d. ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan avtoreferati.T.:2008.-19 b.
8
– tovar-moddiy zahiralari;
– oladigan schyotlar;
– oldindan to’langan sarflar (berilgan bo’naklar);
– debitorlik qarzlari;
– pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari;
Joriy aktivlar to’g’risida xorijlik iqtisodchi olim V.V.Kovalev qo’yidagi
fikrlarni bayon etgan: “Aylanma kapital –odatda aktivlar deb nomlanib, bir yildan
ortiq bo’lmagan davrda xo’jalik sub’ekti qo’llamalarida ishtirok etuvchi
mablag’lardir. Aylanma mablag’lar xo’jalik sub’ektining harakatlanuvchi aktivlari
sifatida namoyon bo’ladi va bir ishlab chiqarish jarayonida yoki bir yil davomida
ishlatiladigan pul mablag’lari tushuniladi.
Yo.Abdullaev, A.Ibrohimov va M.Raximovlarning fikrlariga ko’ra, “Joriy
aktivlar tarkibiga xo’jalik sub’ektining moddiy aylanma mablag’lari, pul
mablag’lari, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar hamda qarshi tomonga bo’lgan
debitorlik majburiyatlari kiritiladi” deb tariflangan. Ammo, bu yerda ham “qarshi
tomonga bo’lgan debitorlik majburiyati “ tushunchasi tahrir etish hamda muddati
kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini qo’shish maqsadga muvofiq.
Amaldagi 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot “ nomli BHMS
6
ning
69.2.-bandiga asosan joriy aktivlarga quydagicha ta’rif etilgan:”Asosan qayta
takroriy sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo’lsa va undan
hisobot vaqtidan keyngi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo’lsa, bunday
hollarda u joriy aktiv sifatida taklif etilishi lozim “ deb izohlangan . Bizningcha,
joriy aktivlarga berilgan mazkur ta’rif ham uning mohiyatini to’la ochib bera
olmagan.
Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash uchun xo’jalik sub’ekti tasarrufida
bor bo’lgan resurslar zahirasiga, shuningdek, ularning normadan ortiqcha to’planib
qolmasligiga ahamiyat berish lozim. Aks xolda mablag’larning aylanuvchanligi
sekinlashadi va ishlab chiqarish jarayoni buziladi.
6
www.fmc.uz
9
Joriy aktivlarni ishlab chiqarishda ishtrok etish xarakteri va unga ta’sir etish
darajasiga ko’ra, shuningdek, hosil bo’lish manbalari bo’yicha tarkiblash mumkun.
Joriy aktivlarning tasniflanishi keltirilgan bo’lib, ular quydagicha tarkib bo’yicha
ajratiladi.
I. Likvidlik darajasiga ko’ra :
II.Joriy aktivlarning ishlab chiqarishdagi qatnashish o’rni va darajasiga ko’ra.
III.Joriy aktivlarning me’yorlashtirish darajasiga ko’ra:
IV.Joriy aktivlarni shakllanish manbasiga ko’ra:
V. Joriy aktivlarning to’lovga layoqatligini baholashga tavakkalchilik
darajasiga ko’ra esa.
Iqtisodiyot sub’ektlarining faoliyatida xo’jalik aloqalari muhim o’rin tutadi.
Chunki bu aloqalar orqali ta’minot, ishlab chiqarish , mahsulotlarni jo’natish va
sotish jarayonlari amalga oshiriladi. Xo’jalik sub’ektlar faoliyatida joriy aktivlardan
samarali foydalanish evaziga mahsulot tannarxi kamayishi, foydaning ko’payishi va
rentabellik darajasining ortishiga erishiladi.
Xo’jalik sub’ektining joriy aktivlari ishlab chiqarish va hisob-kitob
funksiyalarini bajarishi bo’yicha tavsiflanishi lozim.
Mablag’larning me’yordan ortiqcha saqlanishi esa ulardan samarasiz
foydalanishga olib keladi. Joriy aktivlar yukoridagi singari tasniflanishi bilan bir
katorda ularning tarkibiy tuzulishi Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 27
dekabrdagi 104 – sonli buyrugiga asosan kabul kilingan < >
(1-shakl) kuydagi kurinishda bulishni tavsiya etamiz (2-chizma).
Ishlab
chikarish
boskichining
kiskartirilishi
aylanma
mablaglar
aylanuvchanligini kiskartiradi va faoliyatiga kuyida xolatlada ta’sir etadi:
- zahiralar aylanish davrini kiskartiradi;
- tugallanmagan ishlab chikarish aylanish davrini kiskartiradi;
- tayyor maxsulotlar aylanish davrini kiskartiradi;
Ishlab
chikarish
boskichining
kiskartirilishi
aylanma
mablaglar
aylanuvchanligini kiskartiradi va faoliyatiga kuyida xolatlada ta’sir etadi:
- zahiralar aylanish davrini kiskartiradi;
10
- tugallanmagan ishlab chikarish aylanish davrini kiskartiradi;
- tayyor maxsulotlar aylanish davrini kiskartiradi;
Xujalik sub’ektlaridagi joriy aktivlarda asosiy urinni tovar-moddiy zahiralari
egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |