2. Joriy aktivlar tahlilining maqsadi va vazifalari.
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida iqtisodiyotni boshkarishda zarur
bo’lgan axborot bilan ta’minlashda o’ziga xos bo’lgan tizimga ehtiyoj seziladi.
Axborot to’plash, umumlashtirish va ishlashning eng muhim vositalaridan biri
buxgalteriya hisobidir. Joriy aktivlar hisobida ularning harakatlarini tarkibiy
tuzilishi bo’yicha hujjatlashtirib borish dolzarb masalalardan biri bo’lib qoplanadi.
Buxgalteriya hisobida joriy aktivlarning asosiy tarkibiy elementi xisoblangan
tovar-moddiy zahiralarini to’g’ri baholash muhim ahamiyatga ega. 21-sonli «Tovar-
moddiy zahiralar» nomli BHMSning 13-bandiga asosan tovar-moddiy zahiralar
tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo’yicha kiritiladi, u xarid qiymati
(etkazib beruvchiga to’lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog’liq
bo’lgan barcha xarajatlarni ichiga oladi- deb ifodalangan.
Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari xisoblanadi.
Amalda ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, materiallarning har
bir turi bo’yicha me’yoriy miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.
Materiallar harakati bilan bog’liq xarajatlar o’z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish
ularning hisobini to’g’ri yuritishni ta’minlaydi. Xo’jalik sub’ektlarga
materiallarning o’z vaqtida keltirilishni ta’minot bo’limi nazorat qilib boradi. Mol
otkazib beruvchilardan olingan schyot va boshqa hisob-kitob xujjatlari, eng avvalo
, xo’jalik sub’ekti buxgalteriyasiga topshiriladi, ular tekshiriladi, royxatga olinadi.
Shundan so’ng bu hujjatlar xo’jalik sub’ektining ta’minot bo’limiga topshiriladi.
Joriy aktivlarni hisobda to’g’ri aks ettirish va yuritishda buxgalteriya
hisobining asosiy vazifalaridan bo’lib kuyidagilar xisoblanadi.
–joriy aktivlarni samarali boshqarishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni
umumlashtirish;
–xo’jalik sub’ektining joriy aktivlarini samarali boshqarish uchun axborot bilan
ta’minlash,
–joriy aktivlarning hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar asosida
joriy aktivlar hisobini o’z vaqtida amalga oshirish;
13
–tovar-moddiy zahiralar xo’jalik sub’ekti tomonidan ishlab chikarish limitlar
va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi koidalarga rioya qilish kassada ,
banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schetlarda pullar borligi va butligini
nazorat qilish;
–kiska muddatli investisiyalarning holati va harakati to’g’risida ishonchli
ma’lumotlarni shakllantirish;
–debitorlik qarzlarini o’z vaqtida hisobiga olinishini va ularni schotlarda to’g’ri
aks ettirish;
–hisob-kitob to’lov intizomga rioya qilinishi ustidan nazorat olib
joriy aktivlar harakati bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida tuzish va solik
organlarga taqdim etish.
Xo’jalik sub’ektlarning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblangan joriy aktivlar
bilan ta’minlanganlik darajasiga asosiy e’tibor berilgan.
Xo’jalik sub’ekti o’z maqsadini muvaffaqiyatli hal etishda ishlab chiqarish
bilan ta’minlanish holatiga alohida e’tibor beradi. Ishlab chiqarish jarayoning bir
maromda amalga oshirilishi ko’p xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish zahiralari
bilan birga ham bog’liqdir.
Shu kunda xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiy ahvoli barqaror bulmagan ishlab
chiqarish zahiralarini sotib olishlari uchun o’z mablagiga ega bo’lmagan hollarda
bank kreditidan ham foydalinishi mumkun .
tavakkalchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda
yetarli darajada mablag’lar bilan ta’minlanishi taqozo etadi.
Jami mablag’ tarkibida joriy aktivlar har qanday sharoitida asosiy va butun
mavqeni egallaydi. Joriy aktivlar o’zining harakatchalligi, tez pulga aylanuvchanligi
bilan xo’jalik sub’ekti faoliyatida yuqori samara qirituvchi mablag’lar bo’lib
hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ektlari faoliyati joriy aktivlardan samarali foydalanish evaziga
mahsulot tannarxi kamayishi, foydaning ko’payishi va rentabellik darajasining
ortishiga erishiladi. Biroq bu joriy aktivlarni qay tarzda shakllanishi va ulardan
foydalanishga
bevosita
bog’liq.
Bu
sohadagi
xo’jalik
muomolarini
14
takomillashtirishda hisob, taxlil va nazorat qilish masalalari muhim ahamiyat kasb
etadi.
Joriy
aktivlarning
manbalarnini
shakllanishida
o’z mablag’larining
yetishmovchiligiga xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatiga bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan
sabablar natijasida yuzaga keladi. Xo’jalik sub’ektida mavjud bo’lgan o’z joriy
aktivlari saqlanish holati yetarli darajada taminlanmaganligini, joriy aktivlardan
noqonuniy foydalanish natijasida, bo’lmagan foyda hisobidan kapital qurilish
evaziga ma’lum summani yokotilishiga sabab bo’ladi. Xo’jalik sub’ekti tomonidan
amalga oshirilayotgan iqtisodiy shart-sharoit ham joriy aktivlar holatiga samarali
darajada o’z tasirini o’tkazadi. Foydanaliyotgan tovar-moddiy zahiralar bahosining
o’sishi orqali xo’jalik sub’ektida yuqori miqdorda joriy aktivlar yetishmovchiligini
keltirib chiqaradi. Ushbu yetishmovchilikni to’ldiruvchi manbalardan biri inflyasiya
jarayonida yuqori foyz stavkali kreditlar hisoblanadi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat xo’jalik sub’ektining
odatiy moliyaviy-ishlab chiqarish faoliyatini ragbatlantirishi mumkin, jumladan,
joriy aktivlardan samarali foydalanishi ta’minlaydi. Bunda muhim rolni mamlakat
davlat soliq siyosati egallaydi. Masalan, mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qator
anikllarning bog’likligi, xo’jalik sub’ektida qo’shilgan qiymat solig’i, daromad
soliqlari bo’yicha bo’nak to’lovlari yuzasidan hisoblashishlar xarajatlarining
ortishiga olib keladi.
Joriy aktivlarni hisobga olishda ularni to’g’ri baholashda quydagilarga alohida
e’tibor qaratish lozim:
–investisiya qarorlarini qabul qilish ;
–ishlab chiqarish qarorlari qabul qilish;
–moliyaviy qarorlar ;
–daromadlar, foyda va dividentlar to’g’risida qarorlar qabul qilish nuktai
nazaridan dolzarb hisoblanadi.
Bugungi fan-texnika taraqiy etayotgan sharoitda xo’jalik sub’ektlarining
buxgalterlari tomonidan amalga oshiriladigon operativ hisob-kitob ishlarining
ko’pchilik qismi komp’yuterlarda maxsus dasturlar orqali amalga oshirilmoqda.
15
Xo’jalik sub’ektini joriy aktivlar bilan ta’minlanganlik tahlilida:
–joriy aktivlar bilan ta’minlanganlikni tahlil qilishda joriy aktivlarni
belgilangan nomativlar bilan summada va aylanish kunlarida taqqoslash;
–o’z va qarz mablag’larining muomalaridagi ishtrokini aniqlash;
-joriy aktivlarning umuman va turlari bo’yicha shakllanish manbalarini tahlil
qilib chiqish zarur.
Korxonaning joriy aktivlarini taxlili uch bosqichda amalga oshiriladi:
➢ Korxonaning joriy aktivlari xolatining tahlili
➢ Korxonaning joriy aktivlar bilan ta’minlanganlik tahlili
➢ Korxonaning joriy aktivlardan foydalanish samaradorligi tahlili
Korxonaning joriy aktivlari xolatining tahlili. Korxonaning joriy aktivlari
holatini tahlil qilishda joriy aktivlarning ma’lum sanaga mavjud hajmi, ularning yil
va qator yillardagi o’zgarishini hisoblab chiqish, o’z joriy aktivlarining
joylashtirilishini tahlil qilish kerak bo’ladi.
Joriy aktivlar tahlili joriy aktivlarni tavsiflovchi, tahlil qilinayotgan yil boshi va
ohiriga bo’lgan ko’rsatkichlarni, ularning bir yildagi o’zgarishlarini aniqlashdan
boshlanadi. Bu ma’lumotlar buxgalteriya balansi aktivi 2-bo’limi (A2) yakunidan
olinadi.
Mablag’lar harakatchanligining tahlili. Balans ma’lumotlariga asoslanib,
korxona mablag’larini tez pulga aylanish holati o’rganiladi. Bunday tahlilning
zaruriyati
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
korxonalarda
qattiq
moliyaviy
cheklanishlarning paydo bo’lishi va olingan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini o’z
vaqtida hisoblab, baho berishda ko’rinadi. Ayniqsa to’lov majburiyatlarining
muddati korxona mulki faoliyat natijasida pulga aylanish muddatiga mos kelishi,
moliyaviy holatini yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bois korxona aktivlarining
harakatchanligini tahlil qilgan holda qarzlarni qaytarishga yetarli yoki yetishmasligi
muntazam o’rganilishi lozim.
|