Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix24.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#89452
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi

 
 
 
 


1.Biznesda mulkchilik shakllari va ularning turlari


 
Biznesda mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy 
munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Biznesda mulkchilik shu sababli bir 
vaqtning o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi 
Shu o’rinda, mulk ob’yekti va mulk sub’yekti kabi tushunchalar paydo bo’ladi. 
Mulk ob’yekti tabiatdagi narsalar, turli xil moddiy buyumlar va aqliy qobiliyat 
hisoblanadi. Mulk sub’yektini esa mulk ob’yektlariga egalik qiluvchi shaxs yoki 
jamoa guruhlari tashkil qiladi. Mulk ob’yektini o’zlashtirishda sub’yektlar o’rtasidagi 
iqtisodiy tizim Biznesda mulkchilik munosabatlarini keltirib chiqaradi. 
Egalik qilish – mulkdor qo’lida mulk huquqining saqlanib turishi hisoblanadi. 
Bunda mulkdan kelgan foyda ikki qismga bo’linadi. Daromadning bir qismini 
mulkdor ijara haqi ko’rinishida oladi, qolgan qismini ijarachi o’z ehtiyojlarida 
foydalanadi. Masalan, mulkdor uyni ijarachiga beradi va ijara haqi oladi qolganini 
ijarachi o’zlashtiradi. Qisqa qilib aytganda, qisman cheklangan o’zlashtirish 
deyishimiz ham mumkin.Foydalanish - mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda 
qo‘llab, xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Bunda mulkdan biror 
maqsad yo’lida , daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish 
yuzaga keladi. Foydalanishning egalik qilishdan farqi shundaki, mulkdan kelgan naf 
ikki qismga bo’linmaydi ya’ni foyda butunligicha mulk egasi tomonidan 
o’zlashtiriladi. 
Tasarruf etish – bu mulk taqdirini mustaqil o’zi istagan tarzda hal etishi 
demakdir. Ya’nikim, mulkni sotib yuborish, davlat tasarrufiga o’tkazish, sovg’a qilish 
yoki meros qoldirishi o’z ixtiyorida bo’ladi. 
Biznesni tashkil etishda mulkchilik shakllarini tanlashda quyidagi omillar 
hisobga olinadi: 
─ soliq yuki va stavkasi;
─ mas‟uliyat va javobgarlik;
─ start-up va kelajakda kerak boladigan kapitalning va uning manbalari;


─ nazorat; 


─ boshqarish qobiliyati;
─ biznes maqsadi;
─ menejment va uning keyingi tashkiliy tuzilishi;
─ mulkchilik shaklining shakllanish xarajatlari.
Mulkchilik shakllari jahon tajribasida quyidagi turlarga bo„linadi:
yakka tartibdagi tadbirkor;
─ hamkorlikdagi tadbirkorlik;
─ korporatsiya;
─ mas‟uliyati cheklangan jamiyat.
Shuningdek, xorijiy investorlarning ulushidan kelib chiqib, qoshma korxona 
yoki xorijiy korxona bolishi mumkin. Dunyoda yakka tartibdagi tadbirkorlar 
bizneslar soni boyicha yetakchilik qiladi: 71,6 % bilan birinchi orinda. Ammo savdo 
hajmi boyicha korporatsiya 64,3 % bilan birinchilikni egallab kelmoqda. Yakka 
tartibdagi tadbirkorning ustun va kamchiliklari quyidagilardan iborat: Yakka 
tartibdagi tadbirkorning mas‟uliyati jahon amaliyotida xavfli sanaladi. Chunki 
kreditorlar yakka tartibdagi tadbirkorning biznesdagi mulkidan tashqari uning shaxsiy 
mulkini ham musodara qilishi mumkin. Hamkorlikdagi tadbirkorlik ikki va undan 
ortiq odam hamkorlikda biznes qilish maqsadida birlashishi. Bu hamkorlik shartnoma 
bilan mustahkamlanadi. Hamkorlik ishonch va hurmat asosiga quriladi. Korporatsiya 
bu yuridik shaxs bo„lib, ta‟sischi va investorlardan alohida maqomda faoliyat 
yurituvchi tashkilot hisoblanadi.
Mulkiy munosabatlar har doim yuridik qonunlarda qayd etiladi. Busiz Biznesda 
mulkchilik amal qilmaydi. Qonunchilik orqali mulkiy aloqa – bog’lanishlar 
boshqarib boriladi. O’zbekiston Konstitutsiyasida ,,O’zbekiston iqtisodiyotining 
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi “, - deb yozilgan. Hozirgi davrgacha 
turli mulk shakllari paydo bo’ldi. Bular jumlasiga davlat mulki, shaxsiy mulk, xususiy 
mulk, jamoa mulki va aralash mulkni kiritishimiz mukin. Shu sababli ham hozirgi 


iqtisodiyotimizni ko’p ukladli iqtisodiyot deb ataymiz. Mulk shakllariga ta’rif bersak 


maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz. 
Ma‘lumki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish Biznesda mulkchilik
munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka 
egalik qilishni talab qiladi.Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida Biznesda mulkchilik
munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi: 
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli tuman 
mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir: 
1-rasm. Mulkchilik shakllari
3
Shundan biznes yuritiladigan eng muhim shakl xususiy mulkdir - ayrim kishilar 
yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida 
3
Ш.Ш.Шодмонов, Б.Ю.Ходиев. Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: «Молия -Иқтисод» нашриёти, 2017, 
109-б 


yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish 


kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, 
xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, 
isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, 
texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. 
Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli 
xisoblanadi.
Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy 
yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. 
Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib 
boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan kelgan dividend, bank 
foizlari, xususiy tadbirkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad 
kabi yangi manbalarga asoslanadi. 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin