• O’zbekiston biznes muhitini yanada rivojlantirish;
• Tadbirkorlikni rivojlantirayotgan sub’yektlarni ortiqcha byurokratik
muammolardan chetlatish;
• Biznes korxonalarini mulkchilik shaklini diversifikatsiya qilish orqali sektorni
kengaytirishda davlat o’z ulushuni qisman saqlab
qolishi;
• Tadbirkorlarni muammolarini davlat organlari tomonidan to’liq
o’rganib chiqib, ularni hal etishda ko’maklashish;
• Biznesni amalga oshirayotgan sub’yekt korxonasidagi faqat mulkchilik shakliga
emas balki turli kommunikatsiya, suv, gaz, elektr-energiya bilan ta’minlanish
muammolariga chetdan qaramasdan, shu yo’nalishlarda ham qo’llabquvvatlash.
O’zbekiston biznes muhiti sharoitida ularning mulkchilik shakllarini isloh
qilish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish va davlat oldida turgan bir necha
muammolarni hal qilish mumkin. Ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishda xususiy mulk huquqi va mulk subye’ktlari davlat himoyasida ekanligi
to’g’risidagi qonunlar oldin faqat nazariy edi. yurtboshimiz tashabbuslari bilan so’ngi
yilarda ularni amaliyotda tatbiq etib, barchaning ongiga uni singdirishga harakat
qilmoqdalar. Chunki oldingi yillarda tadbirkorlar va kichik biznes sub’yektlari
mansabdor shaxslarning noqonuniy tazyiq o’tkazishlari va korrupsiyaning avj
olishidan aziyat chekishardi.
Bu qilinayotgan barcha ishlar aholini yaxshi yashashi, ijtimoiy yordamga
muhtoj qatlamning kamayishi hamda iqtisodiyyotimiz rivojida har bir shaxsning o’rin
egallashi uchun cheksiz imkoniyatlar yaratilmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko’zlab olib boriyotgan
strategiyasi, siyosati xalqimiz farovonligi uchun o’zining salmoqli hissasini yetakchi
o’rinlarda qo’shib kelmoqda.