Korporativ boshqaruv


 Biznesda mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix24.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#89452
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi

2. Biznesda mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. 
Biznesda mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish 
hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, 
Biznesda mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf 
etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Mulk munosabatlari biznes muhitini yahshilash va uni rivojlantirishning 
shuningdek barcha iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilishning ildizidir. Ularga 
ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: iqtisodiy va huquqiy. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida mulk munosabatlari tarixan rivojlanib borayotgan 
odamlar (subhektlar) o’rtasida mulkka moslashish, uni tasarruf etish, egalik qilish va 
undan foydalanish maqsadida ijtimoiy munosabatlardir. Huquqiy kategoriya sifatida 
bu obhektiv ravishda o’rnatilgan mulkiy munosabatlarning subhektiv talqinidir. mulk 
- bu mulk oboekti huquq subhekti ega bo’lishi mumkin bo’lgan huquqlarning to’liq 
to’plamidir. Ushbu mulkdorga (shaxsga) tegishli narsalarning yig’indisi manfaatdor 
shaxsning mulkini tashkil qiladi, shuning uchun egalik qilish munosabatlar mulkiy 
munosabatlar deb ham ataladi. Mulk - bu to’g’ridan-to’g’ri mulkning o’zi, kimgadir 
egalik huquqi bilan tegishli bo’lgan mulk. 
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim 
hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda 
foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol mulkni misol 
qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda 
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir.Mol-mulkni o’zlashtirish yuz 
berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini 
bildiradi.Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U 
mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y 
beradi. 

10 
Kompaniya kengayishni istasa, buni qo„shimcha investorlarni jalb qilish, kredit 


olish, yoki daromadini qayta investitsiyalash hisobiga amalga oshirishi mumkin. 
Shuningdek, kengayish yangi korxonalarni barpo qilish, bor korxonani sotib olish 
hamda bor kompaniya bilan birlashish hisobiga amalga oshishi mumkin. Yashil dala 
(green field) investitsiyalari noldan boshlab loyihalashtirilgan investitsiyalarga 
nisbatan qo„llaniladi. Mavjud biznesni sotib olish yoki uni qayta tashkil qilishdan 
farqli ravishda yashil dala investitsiyalari yangi, zamonaviy va innovatsion 
loyihalarga nisbatan ko„proq qo„llaniladi. Biznesning qo„shib olinishi bu mavjud 
biznes kengayish maqsadida boshqa shu tarmoqdagi korxanalarni sotib olishi yoki 
yangi bozorga kirib borishda yangi o„zining korxonasini noldan tashkil qilish o„rniga 
mazkur bozordagi korxonani sotib olishidir. Odatda, yirik korxona mayda 
korxonalarni qo„shib olishi hisobiga kengayib boradi, raqobatchilaridan xalos 
bo„ladi. Jahon amaliyotida bu kabi yirik xaridlar ko„p uchraydi. Masalan, “Pfizer” 
kompaniyasi “Warner-Lambert”ni 90 mlrd. (1999), “Pharmacia Corporation”ni 
59.515 mlrd. (2002), “Wyeth”ni 64.5 mlrd. AQSh dollari miqdorida (2009-2012) 
xarid qilgan. 
1-jadval.
Biznesning qoshib olinishidagi yirik xaridlar
4
4
https://en.wikipedia.org/ 

11 
Bizneslarning birlashishi esa biznesning qo„shib olinishidan farqli ravishda 


korxonalar bitta korxonaga birlashadi va ikki korxona aksiyadorlarini yangi umumiy 
korxonaning egasiga aylanadi. Odatda, bizneslarning birlashishi kuchsizroq 44 
korxonalarning kuchli korxonaga nisbatan ittifoqi bo„lib, birgalikda unga qarshi 
raqobatlashish imkoniyatini oshiradi. Ba‟zan ta‟sischi biznesdan chiqishni istashi 
yoki majbur bolishi mumkin. Bunda mulkchilik shaklidan kelib chiqib, kompaniya 
a‟zolari yoki tashqi investorlarga aksiya yoki ulushi sotilishi mumkin. Ammo bu 
holatda insider ma‟lumoti qoidasiga amal qilinishi lozim. Agar bu sotish shubhali 
yoki qalloblik qilingan deb topilsa, insider ma‟lumotining suieste‟mol qilinishi 
bo„yicha ayblov qo„yilishi mumkin. Ba‟zida kompaniyani tashkil qilgan shaxs ham 
kompaniyadan haydalishi mumkin. Masalan: “Apple” asoschilaridan biri Stive Jobs 
bu kompaniyani1976-yilda tashkil qiladi, 1980-yillarning boshlarida shaxsiy 
kompyuterlar bozorida yetakchiga aylanadi. Shaxsiy kompyuterlar bozorini 3 yilda 1 
milliarddan ortiq yillik savdoga ega bozorga aylantiradi. Ammo keyinchalik 
raqobatchilarning kuchayishi hisobiga “Apple” bozordagi mavqeyini boy beradi. 
Natijada Jobs uni 1985-yil tark etishga majbur bo„lgan. Barcha aksiyalarini sotib, 
o„rniga yangi “NEXT” va “PIXAR” kompaniyalarini tuzadi. Jobs bu yangi 
kompaniyalari bilan yana muvaffaqiyatga erishadi, ammo Jobsiz qolgan “Apple” 
tanazzuldan chiqib keta olmaydi. Keyinchalik Jobs 1996-yil yana “Apple”ga qaytadi. 
“Apple” Jobsning “NEXT” kompaniyasini qo„shib oladi. “Apple”ga qaytgan Jobs 
kompaniyani qayta qurishga yangi vision, missiya va maqsad yo„lida yangi 
rivojlanish strategiyasini tuzib chiqadi. Natijada “Apple” yana serdaromad 
innovatsion kompaniyaga aylanadi.
Boshqa tomondan, Biznesda Biznesda mulkchilik ning huquqiy jihati uning 
iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda 
ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim 
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va 
ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli Biznesda mulkchilik 

12 
ning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy 


munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. 
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan Biznesda mulkchilik munosabatlarini 
muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar 
ishlab chiqarish sharoitida Biznesda mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda 
g`oyat muhim rol o’ynaydi.
Shunday qilib, biznes muhitida mulkchilik ning huquqiy normalari, 
- birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan 
shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, 
- ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, 
- uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
Biznes egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, 
mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi 
narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli 
bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, 
mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning 
sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega 
bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar,boyliklar taqsimlanishini 
belgilab turadi.
Biznesda mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, 
u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. 
Biznesni yani uning mulkini bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni 
tovar, kapital, turli munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga 
bo‘lgan huquq va manfaatlarni to‘liq himoyalanishini anglatadi. 
Biznesda mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini 
shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari Biznesda mulkchilik
ob’ektlaridir. 
Huquqiy mehyorlar, bir tomondan, aynan Biznesda mulkchilik munosabatlarini 
muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular 
tovar ishlab chiqarish sharoitida Biznesda mulkchilik munosabatlarini 

13 
rivojlantirishda g’oyat muhim rolg’ o’ynaydi. Bu rolg’ shunda ko’rinadiki, tovar 


xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo 
vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati ‘aydo bo’ladi. shunday qilib, Biznesda 
mulkchilik ning huquqiy mehyorlari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va 
yaratilgan moddiy nehmatlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) 
tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan 
vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab 
beradi. 
Biznesda mulkchilik munosabatlari uning obhektlari va subhektlari bo’lishini 
shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari Biznesda mulkchilik
obhektlaridir. Mulk obhekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va mahnaviy boyliklar, 
tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi 
kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obhektida asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish 
vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab 
chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi
5

Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, yahni 
ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va 
turli shakllarda amalga oshiriladi. shunga mos ravishda mulk subhektlari vujudga 
keladi. Mulk subyekti jamiyatda mahlum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo’lgan, 
mulk obhektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari 
bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. 
Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham Biznesda mulkchilik subhekti sifatida 
maydonga chiqishi mumkin
6

Mulk obhektlari va subhektlari yordamida Biznesda mulkchilik munosabatlari 
va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Biznesda mulkchilik
5
Ш.Ш.Шодмонов, Б.Ю.Ходиев. Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: «Молия -Иқтисод» нашриёти, 2017, 
110-б. 
6
Ўша асар. 110-бет 

14 
munosabatlari – bu mulk obhektini o’zlashtirish bo’yicha mulk subhektlari o’rtasidagi 


iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin: 
2-rasm. Biznes muhitida Biznesda mulkchilik munosabatlari
7
Mulkchilik huquqlari esa mulk subhektining mulk obhektiga yani biznesga 
nisbatan munosabatidir, yani undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib 
chiquvchi huquqlar majmuidir: 
3-rasm. Biznesda mulchilikning subyekt va obyekti orasidagi munosabat
8
Mulk subhektlari ko’p darajali bo’lib, shu subhektlardan birontasi o’zini mulk 
egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda Biznesda mulkchilik munosabatlari 
rasmiy va yuzaki tus oladi. 
Mulk munosabatlari, yuqorida aytib o’tilganidek, iqtisodiy munosabatlar 
tizimida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Keling, boshlang’ich tushunchalar va taoriflarga 
murojaat qilaylik. 
Biznesda "Mulk munosabatlari" tushunchasi, bir tomondan, mulkdorning “uning 
narsasiga” munosabati, yahni mulk va subhekt o’rtasidagi obhektiv-obhekt 
munosabatlarini o’z ichiga oladi. Ushbu dastlabki munosabatlar Biznesda mulkchilik
subektlari o’rtasidagi munosabatlarning, yahni subektiv-subektiv munosabatlarning 
muhim sharti bo’lib xizmat qiladi. 
7
Axmedov_D_Q_Biznes_muhiti_nazariya_va_amaliyot_O'_q_2019 
8
Axmedov_D_Q_Biznes_muhiti_nazariya_va_amaliyot_O'_q_2019 
Subyekt
Obyekt
Obyekt
Subyekt 
Subyekt

15 
Biznes muhitida mulk munosabatlarining ikki tomoni bor: huquqiy va iqtisodiy. 


Biznesda mulkchilik ning huquqiy tushunchasi iqtisodiy tushunchadan ancha oldin 
‘aydo bo’lgan. Mulkni huquqiy talqinning nisbiy soddaligi va ravshanligi, shaxsning 
narsaga, obhektga bo’ysunadigan kuchli irodali munosabati sifatida ijtimoiy ongda 
mustahkam o’rnashgan. Rim yuristlari mulkni biror narsaga egalik qilish, foydalanish 
va tasarruf etish huquqi sifatida belgilab qo’ydilar. Yahni, mulk huquqiy jihatdan 
mulk munosabatlarini ifodalaydi: huquqiy normalar mahsulotning qandaydir 
subhektlarga (fuqarolar, guruhlar, sinflar, aholi, davlat) taqsimlanishi va 
taqsimlanishini belgilaydi. Boshqacha aytganda, huquqiy tomon mulk huquqini 
qonunlashtiradi va bu huquqlarni meros qilib olish, to’shirish va sotishni tartibga 
soladi. Egasi o’ziga tegishli bo’lgan narsalarga egalik qilish, undan foydalanish va 
ularni tasarruf etish huquqini oladi va davlat ushbu huquqni qonun hujjatlari orqali 
taominlaydi. 
Amerikalik iqtisodchilar R. Coase va A. Alchian mulk huquqi nazariyasini ishlab 
chiqdilar. “Biznes muhitida mulk huquqi” tushunchasi 11 tarkibiy qismdan iborat 
huquqlar to’’lamini (“huquqlar to’’lami”) o’z ichiga oladi
9

1) mulk huquqi, yani imtiyozlarni eksklyuziv jismoniy boshqarish huquqi; 
2) foydalanish huquqi, yahni tovarlarning foydali xususiyatlaridan o’zi uchun 
foydalanish huquqi; 
3) boshqarish huquqi, yahni imtiyozlardan foydalanishni kim va qanday 
taominlash to’g’risida qaror qabul qilish huquqi; 
4) daromad olish huquqi, yahni tovarlardan foydalanish natijasida olingan 
natijalar huquqi; 
5) suveren huquq, yahni tovarni begonalashtirish, isteomol qilish, o’zgartirish 
yoki yo’q qilish huquqi; 
6) xavfsizlik huquqi, yahni tovarlarni eks’ro’riatsiya qilishdan va atrof-muhitga 
zarar etkazilishidan himoya qilish huquqi; 
9
 
http://e-lib.gasu.ru/eposobia/tuxteneva/R_3_1.html
 

16 
7) tovarlarni meros qilib olish huquqi; 


8) tovarga cheksiz egalik qilish huquqi; 
9) atrof-muhitga zararli bo’lgan tarzda foydalanishni taqiqlash; 
10) jarima ko’rinishidagi javobgarlik huquqi, yahni. qarzni to’lashda foyda 
yig’ish imkoniyati; 
11) qoldiq belgi huquqi, yahni. buzilgan vakolatlarning tiklanishini 
taominlaydigan ‘rotseduralar va institutlarning mavjudligi huquqi. 
Mulk huquqi deganda, odamlar soni cheklangan miqdordagi tovarlarning 
mavjudligi va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan, odamlar o’rtasidagi 
munosabat tushuniladi. 
Shuni tahkidlash kerakki, mulkni qonuniy konsolidatsiya qilish bu jarayonning 
o’zi emas, faqat mulkni ajratish jarayonining muzlatilgan natijasidir. Ammo doimiy 
ravishda rivojlanib boradigan iqtisodiy munosabatlar, o’zlashtirishning yangi 
shakllarini yaratadi, agar huquqiy hujjatlar amaldagi iqtisodiy munosabatlarga to’g’ri 
kelmasa, ular rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Biznesda mulkchilik ning 
yuridik shakli odamlar tomonidan 
moddiy tovarlarni rasmiy ravishda 
o’zlashtirilishini aks ettiradi, iqtisodiy tovarlarning real o’zlashtirilishi ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteomol qilish jarayonlarida ro’y beradi. 
Iqtisodiy nazariya resurslar va mahsulotlarni o’zlashtirish va ulardan 
foydalanishning aniq jarayonlarini aniq o’rganadi. 
Iqtisodiy mulk munosabatlariga quyidagilar kiradi: 
1) xo’jalik tovarlarini berish;
2) ushbu tovarlardan iqtisodiy foydalanish;
3) mulkni iqtisodiy sotish
10

To’shirish bu narsalar bilan munosabatlarni o’zlari kabi quradigan odamlar 
o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlardir. Ajratishning qarama-qarshi tomoni - bu 
begonalashtirish munosabati. 
10
 
http://www.e-reading-lib.com/chapter.php/97700/4/elena-makeeva-vasileva-ekonomicheskaya-teoriya-konspekt-
lekciy
 

17 
Egasi, birinchidan, ishlab chiqarish jarayonida mulk obhekti (moddiy va 


nomoddiy qiymatlar) dan foydalanishi mumkin; ikkinchidan, mulkka maolum 
muddat davomida egalik qilish va undan foydalanish huquqini beradi va aniqlaydi. 
Mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qonunlarsiz iqtisodiyot normal 
rivojlana olmaydi. Masalan, har qanday mulk egasi uning mulki joylashgan mamlakat 
qonunlariga muvofiq harakat qilishi kerak. Umuman olganda, bu butun jamiyatdagi 
o’yin qoidalari bo’lgan mulkiy huquqlar (hatto ular bir oz aniq tushunilgan bo’lsa 
ham) va faqat sof iqtisodiy munosabatlar ularga bog’liq ekanligi tan olinadi. 
O’zbekiston Respublikasida biznes muhiti sharoitida mulkning turli shakllari 
uchun teng huquqiy imkoniyatlar berilmoqda. Mulk shakllarining teng imkoniyatlar 
tadbiq etilishi uchun qonun xujjatlari ishlab chiqildi va amalga joriy etildi. Bozor 
iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk kafolati bo’yicha ham davlat bu mulk 
shaklini har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda. O’zbekiston Respublikasining 
“mulkchilik to’g’risida” Qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasida mulk 
daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli. O’zbekiston Respublikasida 
iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o’sishiga imkoniyat 
yaratuvchi har qanday shakldagi Biznesda mulkchilik bo’lishiga ruxsat beriladi. 
Biznesda mulkchilik ning hamma shakllari daxlsiz bo’lishiga va ularning rivojlanishi 
uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. O’zbekiston Respublikasi 
mulkdorga qarashli bo’lgan mol-mulkni saqlash va ko’’aytirib borish uchun barcha 
zarur sharoitlarni yaratib beradi
11
.
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rolg’ 
o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor 
tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan 
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan tahminlashda, daromadlar taqsimlanishini 
o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi;
11
https://lex.uz/acts/111466 

18 
Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o’laroq, AQsh iqtisodiyotida yirik 


korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar 
mavjud. 
Bu yerda, shuni alohida tahkidlash lozimki, xususiy Biznesda mulkchilik va 
bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy Biznesda mulkchilik va markazdan rejalashtirish 
har doim ham bir vaqtda mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi 
Germaniya iqtisodiyoti avtoritar ka’italizm deb atalgan, chunki Biznesda mulkchilik
xususiy bo’lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va 
markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq 
sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy Biznesda mulkchilik xos 
bo’lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor 
asosida olib borilgan. shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo’jalik faoliyati 
xususiy firmalarda to’’langan bo’lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni tahminlash va 
daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq 
Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan 
qo’llanilib, barqaror va tez surhatlar bilan iqtisodiy o’sishga erishmoqda. 
Tadqiqotchilar yakdillik bilan fuqarolik jamiyatida xususiy mulkka ega o’rta 
sinf – biznesmenlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, xususiy mulk egalari aholining 
asosiy qismini tashkil etadi, iqtisodiy erkinlik qaror to’adi, deb qayd etadilar. Biznes 
muhiti yahshilanishi va rivojlanishida shuningdek fuqarolik jamiyati rivojida xususiy 
mulk alohida ahamiyat kasb etadi.
U:
a) mulkdan to’liq foydalanish huquqini;
b) mulkni berish huquqini; 
c) qonun tomonidan mulkni himoya qilishni ko’zda tutadi”. 
Yani biznes muhitida mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini 
o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. 

19 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin