Delfa usuli aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a'zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya'ni boshqaruvning markaziy apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bu usulga binoan yechilishi lozim bo’lgan muammo bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi guruh a'zolarining bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat etilmaydi.
Delfa usulini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga tarqatiladi;
2) har bir qatnashchi savollarga mustaqil va xufiya tarzda javob beradi;
3) javoblar markaziy apparatda yig’iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan hujjat tayyorlanadi;
4) tayyorlangan hujjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo’natiladi;
5) har bir qatnashuvchining umumlashgan hujjatga nisbatan bildirgan fikri yana markaziy apparatda to’planadi. U ko’rilayotgan muammo yechimiga o’zgargirish kiritishga asos bo’lishi mumkin. Shu sababli:
6) bu ish umumiy qarorga kelinmagunga qadar takrorlanaveradi.
Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining mustaqilligi ta'minlanadi.
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli mohiyati va ahamiyati
Xo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati Boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi.
Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o’tkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo’llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.
Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan qo’shib olib boriladi. Bu ko’p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni qo’llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko’lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o’rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning har bir bug’ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o’rnatadi, qaror. Farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo’yadi va x.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbaalari va yo’nalishlari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog’liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga bo’linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.
Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o’rnatish va x.k. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni ko’rsatish mumkin. Tashkiliy me’yorlash hujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini me’yorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish texnikaviy va texnologik me’yorlar (standartlar, me’yorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish me’yorlari (maqbul ishlanma ko’lami).
Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq xarakati, Boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat.
Ta’sir etishning farmoyish usullari bo’yruq, farmoyish, ko’rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Buyruq - bu rahbarning qo’l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni yozma yoki og’zaki ravishda anglab kilishidadir.
Bo’yruq faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo’jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o’rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo’lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo’llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri - og’zaki ko’rsatmadir. Ta’sir qilish usullaridan biri - og’zaki ko’rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko’pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo’llaydilar.