Korporativ boshqaruv


Boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usulidan amaliyotda foydalanish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə6/13
tarix19.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#157194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi Komilov final

Boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usulidan amaliyotda foydalanish ma’lum talablarga javob berishi kerak.
birinchidan, qaror nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko’rsatilishi shart;
ikkinchidan, qabul qilingan qaror mohiyati qisqa va ravshan bayon etilishi lozim;
uchinchidan, ijroni nazorat qilish shakli, farmoyishning kuchga kirish va bajarilish muddati ko’rsatilishi zarur;
to’rtinchidan, buyruq va farmoyishlar qisqa, tushunarli va aniq bo’lishi kerak;
beshinchidan, buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga yetkazish kerak.
Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. bo’yruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatda mo’ljallangan bo’ladi.
Har bir bo’yruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko’prok talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so’ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug’iladi. Farmoyish usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog’liqdir.
Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid bo’lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo’ysungan holda amalga oshishi lozim.
Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta’sir etish usullarini to’ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Tashkiliy–ma’muriy usulning shakllari.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi.
Bu usullarga:
 boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
 har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini belgilash;
 kadrlarni to’g’ri tanlash;
 buyruqlar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
 topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko’pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’ektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funktsiyalari bajarilishining:
tashkiliy barqarorligini;
 intizomliligini;
 muvofiqliligini;
 uzluksizligini ta’minlaydi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob’ektlarga ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi.
Shu bilan birga, ma’muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik yurituvchi sub’ektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra ma’muriy boshqarish bozorga xos bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi.
Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma’muriy usullari o’z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma’muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma’muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi.
Ma’muriy usullardan:
 iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
 atrof-muhitni muhofaza qilish;
 xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni ta’qiqlash;
 odamlar sog’lig’iga zararli mahsulotni reklama qilishni ta’qiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin