Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari ikki shaklda:
tashkiliy ta’sir ko’rsatish usullari;
farmoyish berish usullari shakllarida namoyon bo’ladi
1-chizma. Tashkiliy-ma’muriy usullar shakllari. Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo’llaniladi, bir-birini to’ldiradi va rivojlantiradi. Har ikkala shaklning uyg’unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olingan holda optimal bo’lishi kerak.
2-chizma. Boshqaruvning ma’muriy usullining unsurlari.
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni, yani: • ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;
• ichki tartib-qoidalarini o’rnatish;
• boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimallik va oqilona nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi.
Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat bo’lib, bunga e’lon qilinadigan yozma yoki og’zaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki og’zaki buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Tashkiliy ta’sir ko’rsatish boshqariladigan ob’ekt (korxona)ni loyihalash bosqichidan boshlanadi. So’ngra reglamentlash, normalash ishlari bajariladi.
Tashkiliy-ma’muriy usullardan foydalanish samaradorligi. Tashkiliy - farmoyish usullari - xodimlar va zvenolar o’rtasidagi ob’ektiv ravishda mavjud munosabatlarini hisobga olgan holda ta’sir o’tkazish yo’llari va yo’riqlari majmuasidir. Bu usullar belgilangan maqsadga erishish uchun rahbarning buysinuvchiga, yuqori pog’onaning quyi pog’onaga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazishini ifodalaydi hamda boshqarish ob’ektining tuzilishi va faoliyat - tartib qoidalarini belgilaydi.
Ushbu usullarni ikki tomonlama ifodalash mumkin:
tashkiliy usullar majmui (nizomlar, ustavlar, yo’riqnoma, ko’rsatma va boshqalar);
farmoyish usullari (farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, bo’yruqlar va boshqalar).
Farmoyish usullari oldindan belgilangan tartibdan chetga chiqish holatlarini muvofiqlashtiradi.
Bu usullar ma’muriy boshqaruvda yakkaboshchilik munosabatlarini, intizomni va mas’uliyatni ta’minlaydi. Tashkiliy - ma’muriy ta’sir kursatish - bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ektga yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to’g’ridan - to’g’ri ma’muriy ko’rsatmalaridir. Quyi pog’ona rahbarlari bajarishi shart bo’lgan farmoyish va ko’rsatmalarini berish, ularni bajarilishini nazorat qilish, normalarini ishlab chiqish, xodimlarni to’g’ri tanlash va joy-joyiga qo’yish, ishchilarni bir joydan boshqa joyga o’tkazish, taqdirlash yoki jazolash yuqori pog’ona rahbarlarining vazifasiga kiradi. Davlat rahbarlarni ishchanlik xislatlari va qobiliyatlariga ko’ra tanlaydi va joy-joyiga qo’yadi.