гл O’qishga ijobiy munosabatda bo’lgani holda fikrlash qobiliyati past (diqqat, xotira, tafakkur sust rivojlangan, bilish ko’nikma, malakalari va boshqalar yaxshi shakllanmagan) o’quvchilar
fл O’qishga munosabati qisman yoki to’liq salbiy, biroq, fikrlash qobiliyati yuqori bo’lgan o’quvchilar
fл O’qishga munosabati salbiy, fikrlash qobiliyati past bo’lgan o’quvchilar
rasm. Fanlarni o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarning asosiy tiplari
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchilaming fanlarni o‘zlashtira olmasligini korreksiyalash muhim ahamiyatga ega. Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalash (pedagogik tuzatish) - o‘quvchi tomonidan qayd etilgan natijalarning ta’lim, didaktik, DTS talablariga mos kelmasligini bartaraf qilishga qaratilgan pedagogik faoliyatni tashkil qilish. Ana shu maqsadda pedagogik faoliyatni tashkil qilish uchun muayyan shart- sharoitlarning mavjud bo‘lishi taqozo qilinadi. Ular: Fanlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash uchun qulay, sog‘lom psixologik muhitni yaratish.
Bu toifadagi o‘quvchilar bilan ishlashda ularda o‘qishga bo‘lgan motivlarning
shakllanganlik darajasini aniqlash hamda hisobga olish. Korreksion faoliyat jarayonida fanlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish, shuningdek, ularda o‘z-o‘zini, o‘z imkoniyatlarini yuqori baholash qobiliyatini rivojlantirish.
Fanlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi. Ular (29-rasm):