Korreksion faoliyat va uni samarali tashkil etish



Yüklə 82,97 Kb.
səhifə1/12
tarix20.10.2023
ölçüsü82,97 Kb.
#158249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH


  1. KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH

  1. mavzu. Korreksion faoliyat. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik tuzatish)

Reja:

  1. Korreksion faoliyat (korreksiyalash) mazmuni.

  2. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari.

  3. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni pedagogik tuzatish bosqichlari.

Tayanch tushunchalar: korreksiya, korreksiyalash, faoliyat, korreksion faoliyat, tamoyil, korreksiyalash tamoyillari, bosqich, korreksiyalash bosqichlari, korreksiyalash shartlari.

  1. Korreksion faoliyat mazmuni. To‘liq holda korreksion faoliyatning mohiyati “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) fani negizida ochib berilgan. “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) pedagogik turkum fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.

Korreksion pedagogika" (“Maxsus pedagogika") - rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish jarayonini boshqarishni o ‘rganuvchi fan119.

  1. Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб / Метдулл. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, М.Усмонбоева, Д.Иногомова. - Т.: ТДПУ, 2012. - 179-б.

  2. Уша манба. - 179-б.
Ushbu fan jismoniy va aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni parvarishlash, ularga individual ta’lim berish, tarbiyalash orqali ularni

rivojlantirish masalalari o‘rganatadi.
Maxsus pedagogika o‘z ichiga quyidagi sohalarni qamrab oladi (26-rasm)120:

26-rasm. Maxsus pedagogikning muhim sohalari


Maxsus pedagogika uzoq yillar davomida pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Defektologiya” (yun. “defectus” - nuqson, kamchilik, “logos” - fan, ta’limot) fakultetlarida o‘qitilib kelingan.
Zamonaviy sharoitda “Maxsus pedagogika” fani “Inklyuziv ta’lim” degan nom bilan ham atalmoqda.
Inklyuziv ta'lim (ing. “indision” - o‘z ichiga olish, kiritish, uyg‘unlashtirish) davlat siyosati bo‘lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli (tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, turli hil kasalliklarga chalingan ijtimoiy himoyaga muhtoj mayda millat bolalari) maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan birga umumta ’lim muassasalarida o ‘qitish va tarbiyalashni ko ‘zda tutadi.
Respublika OTMda Pedagogik turkum fanlar doirasida “Korreksion pedagogika” mustaqil fan sifatida o‘qitilgani sababli ayni o‘rinda ushbu fan asoslari xususida batafsil to‘xtalmay, asosiy e’tiborni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan korreksion hodisalar va ularning pedagogik tuzatish yuzasidan so‘z yuritiladi.

  1. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jarayonida o‘quvchining o‘qishi va xulqi bilan bog‘liq salbiy holatlarni bartaraf qilishda o‘qituvchi, maktab psixologi, tibbiyot xodimi tomonidan korreksion faoliyat tashkil etiladi. Korreksion faoliyatning asosini korreksiyalash tashkil qiladi.


Yüklə 82,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin