Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar



Yüklə 50,33 Kb.
səhifə3/4
tarix18.04.2023
ölçüsü50,33 Kb.
#99610
1   2   3   4
Bobur falsafa

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar :
1) Jinoyatchilikka qarshi kurashda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi- davlatlarning hamkorligi to‘g‘risidagi Kelishuvi (Moskva, 1998 yil 25 noyabr);
2)“Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XXII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 2003 yil 15 noyabr);
3)“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XIII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1999 yil 3 aprel);
4)“G‘ayriqonuniy yo‘ldan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1998 yil 8 dekabr);
5)“Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi tav¬siyaviy qonunchilik akti (MDH Parlamenlararo assambleyasining qarori bilan qabul qilingan 1996 yil 2 noyabr).
6) Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 2011 yil 16 iyun)
Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ―BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 6- moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi – davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilanganligi bildirilgan.
Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga to‘la javob beradi.
Qonunning 2-bandiga ko‘ra, Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha 15-19, 21, 22- moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish ekanligi va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etilishligi bayon etilgan.
Ushbu xatti-harakatlar O‘zbekiston jinoyat qonunchiligi bo‘yicha ham jinoiy qilmish sifatida baholanadi va amaldagi jinoyat qonunida bunday qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Yüklə 50,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin