Uning bu ish uslubini o’g’li Humoyunga qilgan nasihatidan ko’rsa bo’ladi. U o’g’li Humoyunga doimo aql-zakovat va bilimga tayanib harakat qilish kerakligini ta’kidlagan: “... Yana ulug’ ish ustiga borasen, ish ko’rgan, ray va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning so’zi bila amal qilgaysen. Agar meni rizomni tilarsen, xilvatnishiliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg’il. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorig’a qo’ymay qoshinga chorlab, maslahat bo’lsa kengashib, bu davlat xalqlarining ittifoqi bilan har so’z unga qaror bergaysen”.
Mavzu: Sohada ish yuritish hujjatlari
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; 5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k. 1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi: Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuzi-ladigan va shu korxona ichida foyda-laniladigan hujjatlardir. Bularga xo-dimning shaxsiy vara-qasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:.
1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “. . . qaroriga muvofiq ravishda . . .”3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k.
O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillashaborgani sari, bunday qoliplashgan birikmalar ham ko`payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishishi ham bir qadar yengillashadi. Anashu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar.
Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tash-kilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma, ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolatxati, tavsiyanoma va boshqalar kiradi.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
2.Mazmuniga ko‘ra sodda vamurakkabhujjatlar farqlanadi: Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bulargaariza, e’lon, tilxat, kafolatxativa boshqalar kiradi. 3.Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qoliplihujjatlar farqlanadi.