deb yozgan Boburning o’zi umr bo’yi ana shu gapiga rioya qilgan.
Ko’p g’azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo’lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug’lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi:

Ey, yel, borib ahbobg’a nomimni degil,
Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil.
Mendin demagil, gar unutilgan bo’lsam,
Har kimki meni so’rsa, salomimni degil.
Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g’ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ’ib etiladi.

Farzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi:

Bobur, avvalig’a farz qil ta’rif
Kim, bor insonga avval ul taklif.
Budir – iymon men aytayin, eshiting,
Harna der – men, ani ko’ngulga biting...
U farzand tarbiyasida qo’llanishi lozim bo’lgan usullar deb quyidagilarni aytgan
Ota-onani farmoni farzand uchun vojibligi.
Har bir paytda o’zingizni ibrat aylab ko’rsatish.
Barcha insonlarga yaqinligini o’rgatish.
Mustaqillik, qat’iylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talablarni qo’yish va uning ijrosini kuzatish.