Ikkinchi bosqich – biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsad- bu korxonaning kelgusidagi ko’zda tutilgan, istalgan xolati.
Biznes tizimida maqsad beshta funktsiyani bajaradi.
tashabbus - firmaning xozirgi va ko’zda tutilgan, istalgan xolatini, harakatlar motivlarini taqqoslash, solishtirish.
qarorlar qabul qilish mezonlari - axborotlar va muqobillarni tanlash, biznesdagi ustivor yo’nalishlarni baholash;
boshqarish vositalari - harakatlarni boshqaruvchi talablar, biznes yo’nalishlarini aniqlash;
muvofiqlashtirish - qarorlar qabul qiluvchi shaxslar o’rtasida nizosiz munosabatlarni ta’minlash, maxsuslashtirilgan bo’linmalar ishlarini moslashtirish, muvofiqlashtirish.
Nazorat - bu xo’jalik faoliyatining joriy holati ko’rsatkichlarini maqsadlar bilan taqqoslash, solishtirish.
Missiyadan farqli ravishda maqsadlar korxona faoliyatining bir muncha aniq yo’nalishlarini aks ettiradi (4.2-jadval).
4.2-jadval
Korxona missiyasi va maqsadlari orasidagi farqlanish.
Ko’rsatkichlar
Missiya
Maqsadlar
1. Vaqt mezoni
Kelajakda intilish mavjud, lekin vaqt boyicha cheklanishlar yo’q va joriy holatga bog’liq emas.
Doimo amalga oshirish muddatlarini ko’zda tutadi.
2.Axborotni yo’naltirilganligi
Korxonaning tashqi muxitga - iste’molchilar, jamiyat, mintaqa, manfaatlari qadriyatlari va ustuvorliklariga yo’naltirilgan.
Ko’pincha firmaning ichki muxitiga yo’naltirilgan va resurslar, zahiralardan foydalanishni yaxshilashga yo’naltirilgan bo’ladi.
3.Ta’riflanish xususiyatlari
Umumiy atamalarda ifodalanadi va korxona obrazini, uning markasini, ish usullarini yoritib beradi.
Ko’pincha faoliyat natijalarining aniq natijalarini aks ettiradi.
4.O’lchovliligi
Sifat jixatidan tasniflanadi, natijalarni nisbiy aks ettirish ustun turadi
Asosan miqdoriy o’lchovga ega bo’ladi, birlikda va ko’plikda ifodalanishi mumkin.
Har qanday korxona murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko’p maqsadli xarakterga ega.
Korxonani faoliyati davomida strategik maqsadlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ko’plab taktik va tezkor maqsadlarni ham hal etadi. Sof iqtisodiy maqsadlar bilan ijtimoiy, texnikaviy va tashkiliy vazifalar chambarchas bog’liqdir. Maqsadlarni tuzilmalarga ajratish turli xil jixatlar boyicha amalga oshirish mumkin (4.3-jadval).
4.3-jadval.
Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi.