Ish haqini to‘g‘irlash shkalasi
№
|
Lavozim
|
To‘lov foizi
|
Eslatma
|
1.
|
Korxona direktori
|
1,5
|
Sotish hajmidan
|
2.
|
Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
80
|
Direktor uchun hisobla-nadigan to‘lovidan
|
3.
|
Direktorning moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari
|
80
|
Direktor uchun hisobla-nadigan to‘lovidan
|
4.
|
Bosh buxgalter
|
80
|
Direktor uchun hisobla-nadigan to‘lovidan
|
5.
|
Tovar-moddiy boylik-larni hisobga olish
|
80
|
Bosh buxgalterlar uchun hisoblanadigan to‘lovidan
|
6.
|
Buxgalter-kassir
|
80
|
Bosh buxgalter uchun hisoblanadigan to‘lovidan
|
7.
|
Iqtisodchi
|
75
|
Direktor uchun hisobla-nadigan to‘lovidan
|
Ko‘rib chiqilgan variantda qat’iy okladlar belgilanmaydi, to‘lov esa har oy sotilgan mahsulot hajmiga bog‘liq holda o‘zgartiriladi. Tarifsiz ish haqi tizimining bir turi shartnoma tizimi, ya’ni ish beruvchi va bajaruvchi o‘rtasida ma’lum muddatga shartnoma tuzish hisoblanadi. Shartnomada mehnat shart-sharoitlari, tomonlar huquq va majburiyatlari, ish tartibi, ish haqi darajasi, shuningdek shartnomaning amal qilish muddati belgilanadi. Shartnomada tamonlardan biri shartnomani bekor qilganda ro‘y berishi mumkin bo‘lgn oqibatlar ham bayon etiladi. Shartnoma ham ishchining korxonada ishlash muddati (vaqtbay ish haqi), ham ishchi ma’lum vaqtda bajarishi lozim bo‘lgan muayyan topshiriqni (ishbay ish haqi) o‘z ichiga olishi mumkin.
Shartnoma tizimining afzalligi-korxonada ham ishchi, ham rahbarlar huquq va majburiyatlarining aniq taqsimlanishini ta’minlaydi hamda yetarli darajada samarali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |