Korxona iqtisodiyoti


IV bob. KORXONA VA UNING TARKIBIY BO‘LINMA-



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə27/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
IV bob. KORXONA VA UNING TARKIBIY BO‘LINMA-
LARINI BOSHQARISH



  1. Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi

va uning ob’ektiv zaruriyati

  1. Korxonani boshqarishning zamonaviy

prinsiplari, shakllari va uslublari

  1. Ishlab chiqarishni va ishlab chiqarish

bo‘g‘inlarini boshqarish

  1. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va korxonani

boshqarishda rahbarning o‘rni


4.1. Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi
va uning ob’ektiv zaruriyati

O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan keyin uni iqtisodiyotini boshqarish tubdan o‘zgartirish markaziy muammolardan biriga aylandi.


Hozirgi sharoitda Respublika korxonalari va tashkilotlarida boshqaruv rolining oshib borishi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
- bozor iqtisodiyotining barpo qilinishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan turli mulk shakllarining vujudga kelishi (davlat, xususiy, aksioner jamiyatlar, qo‘shma korxonalar, mahalla va hokazolar);
- xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini vujudga kelishi (aksioner jamiyatlar, konsern, konsorsium, xususiy korxonalar va hokazo);
- iqtisodiyotimiz hajmining o‘sishi, undagi sifatli o‘zgarishlar, sanoatimiz ilgari ishlab chiqarmagan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishi, fan-texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llashning keng avj olishi;
- xo‘jalik yuritishni noiqtisodiy yo‘nalishlari rolining oshib borishi (sotsial me’yorlar, iste’mol mezonlari, atrofdagi muhit muammolari va hokazo);
- bilim hajmining oshishi va ularni tuzilishining o‘zgarishi, yangi fan sohalarining paydo bo‘lishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatini kuchaytirilishi;
- mustaqillik natijasida o‘lkan darajada odamlarni mehnat faoliyatlari doirasini kengaytirilishi, ijtimoiy hayotning hamma sohalarini xilma-xilligini ko‘paytirishi;
- bozor sharoitida boshqaruv tizimining o‘zidagi o‘zgarishlar, hamma sohalarda demokratik tamoyillarning kirib kelishi.
Ma’lumki, yuqorida qayd qilingan sotsial-iqtisody jarayonlar ixtiyoriy ravishda, o‘z-o‘zicha kechmaydi. Ularni tartibga solish, muvofiqlashtirish, yo‘naltirish uchun boshqaruv zaruriyati to‘g‘iladi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki iqtisodiyotni boshqaruv, jumladan korxonalarni boshqarish tushunchalari kundalik hayotda bizning tanish hodisa va voqialardir. Kundalik hayotimizda insonlar uni ko‘radi, his qiladi. Ba’zi bir jarayonlar insonlarning hohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda harakat qiladi. Ayniqsa bu hol tabiatda ko‘proq sodir bo‘lib turadi. Ushbu jarayonlar fizik va biologik qonunlar asosida amal qiladi. Shu bilan birga tabiat va jamiyatda inson ta’siri natijasida uni harakatini bir maqsadga qarab yo‘naltirish mumkin bo‘lgan jarayonlar ketadi. Masalan odamlar daryo oqimini o‘zgartiradi, bulutlarni tarqatadi, ishlab chiqarishni tashkil qiladi, yangi ob’ektlar barpo qiladi, o‘zi hohlagan tomonga qarab transport vositalari harakatini yo‘naltiradi, mehnat jamoalarini ishga undaydi, mablag‘larni taqsimlaydi, insonlarning ma’naviy hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Bunday holatlarda insonlarning voqealar jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi kuzatiladi. Boshqaruv tushunchasi aynan ana shu ma’nolardan kelib chiqadi.
Shunday qilib boshqaruv biron bir maqsadga samarali erishish uchun insonlar harakatini tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iborat. Shuni qayd qilish joizki, insonni har qanday ob’ektga ta’sir ko‘rsatishi boshqarish bo‘lavermaydi. Boshqarish fanini avtomobilini boshqarish emas, balki uni boshqaryotgan inson qiziqtiradi. Shuning uchun ham xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa, Angliya va AQShda avtomobilni boshqarishni menejment deb atasangiz tushunmovchilik bo‘ladi. Chunki menejment tushunchasi bevosita xo‘jalik ob’ektlarini boshqaruv tushunchasi bilan hamohang.
Shunday qilib, boshqaruvni alohida bir faoliyatning turiga aylanishi iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ushbu bosqich mehnat taqsimoti va uni ixtisoslashishi, ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlarining murakkablashishi bilan harakterlanadi. Xuddi shu vaziyatda ularni tartibga solish va muvofiqlashtirish zaruriyati ko‘ndalang bo‘lib turadi. Bunday sharoitda ularni boshqarib turadigan rahbar xodimlarga talab paydo bo‘ldi.
Boshqaruv tushunchasining nazariy jihatdan tahlil qilinishi bizga bevosita korxonalarni boshqarish masalasiga o‘tish imkoniyatini yaratadi.
Korxonalarni boshqaruv bir qator xususiyatlarga ega.
1 Qaysi mulk shakliga asolanganligiga qaramasdan korxonalarni boshqarish o‘zining murakkabligi va alohida xususiyatlarga ega bo‘lganligi bilan harakterlanadi. Korxonaning tarkibida mehnat taqsimoti asosida alohida guruhlar tashkil qilinib, har biri o‘zining xususiyatlaridan kelib chiqqan vazifalarni bajaradi. Ushbu guruh maqsadlari korxona va jamiyat maqsadlari bilan zid kelmasligi kerak. Ularni nazorat va muvofiqlashtirib turish boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

  1. Korxona turli harakatlar va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan inson guruhlaridan tashkil topadi. Har bir jamoa a’zosining istagi, ehtiyoji, ma’naviy talablari va manfaati mavjud. Shuning uchun ham har bir boshqaruv sohasida band bo‘lgan xodimlarning vazifasi ishni aynan shu xususiyatlarga qarab tashkil qilish va ularga shaxsiy yondashishdan iborat bo‘ladi. Bu esa boshqaruvchilardan psixologiya sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi.

  2. Hozirgi turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar murakkab xo‘jalik organizmi hisoblanadi. Korxona egasiga nafaqat ishlab chiqarish jarayonlari bilan, balki marketing, investitsiya masalalari bilan ham shug‘ullanish zaruriyati tug‘iladi. Ishlab chiqarish jarayonida korxona ichidagi turli bo‘g‘inlarni ishini tashkil qilish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlash, harakatlarni muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi. Faqat shu holatda ularni harakatini bir maqsadga qarab yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.

  3. Korxonalarda juda ko‘p miqdorda jihozlar o‘rnatiladi. Hozirgi paytda ularning aksariyati xorijiy davlatlardan olib kelingan. Masalan, “Samarqand Sharqsanoat” va “Oriyon - 3” konsenrlarida Italiyadan, Rossiyadan, “Tohiriy K0” konsernida Germaniyadan olib kelingan ish jihozlar o‘rnatilgan. Ko‘p hollarda ushbu korxonalar ichidagi turli mamalakatlardan olib kelingan jihozlarning tashkil darajasi va unumdorligi turlicha bo‘ladi. Lekin jihozlar unumdorligi qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar ularni harakatga keltiruvchi kuch inson hisoblanadi. Shuning uchun ham korxona boshqaruvi korxonadagi jihoz va texnikadan samarali foydalanishni ta’minlashi zarur. Bunga korxonada inson uchun qulay mehnat sharoitlari yaratib berish orqali erishiladi.

  4. Ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda har kuni ko‘plab operatsiyalar bajariladi. Ushbu operatsiyalar bir birovidan bajarish shakli, texnologiyasi bilan farq qiladi. Masalan, “Oriyon-3” konserniga qarashli konservalash zavodida yuzlab operatsiyalarni talab qiladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bunday sharoitlarda boshqarish har xil operatsiyalarni bajaradigan odamlarning ishini tashkil qilish, turli ish joylardagi odamlarni harakatini muvofiqlashtirish, ishlarini bir maromda olib borish vazifalari bilan shug‘ullanadi.

  5. Ishlab chiqarish jarayonida korxona juda ko‘p miqdorda turli xil materiallarni ishlatadi. Materiallarga korxonalarga ikki yo‘l bilan olib kiriladi: mamlakatni ichkarisidan va xorijiy mamlakatlardan biron- bir materialni kechikib korxonaga kirishi ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatib, katta moddiy zarar yetkazishi mumkin. Demak, boshqarish bu kamchilikni o‘z vaqtida sezib, uni bartaraf qilish uchun oldindan chora ko‘rib qo‘yishi lozim. Bundan tashqari korxonani bir maromda ishlashi uchun korxona ichidagi transport va yordamchi ishlab chiqarish ob’ektlarini faoliyatini tashkil qilish kerak. Bu joylarda ham odamlar ishlaydi. Ushbu faoliyat sohalarida ishlab chiqarishning samaradorligi aynan shularning harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday odamlarning faoliyatini tashkil qilish, tartibga solish va muvofiqlashtirish boshqaruvning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Boshqaruv ikki tarkibiy qismning birligidan iborat: 1. Boshqaruv sub’ekti. 2. Boshqaruv ob’ekti.
Boshqaruv sub’ektlariga boshqarishni amalga oshiradigan tashkilotchilar, rahbarlar, turli soha boshliqlari kiradi. Boshqaruv ob’ektlariga korxonalar, turli mulk shaklidagi mehnat jamoalari, xodimlar, ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan mehnat qurollari va predmetlari, pul vositalarining harakat jarayoni, tabiat resurslari, ilmiy-texnik va axborot imkoniyatlari kiradi. Boshqaruv sub’ekti turli ma’muriy ko‘rsatmalar, xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni boshqaruv ob’ektiga uzatadi. Boshqaruv ob’ekti yuqoridagilarga asoslanib o‘zini harakat yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Komandani qabul qilganligi va unga o‘z munosabatini bildirganligi to‘g‘risidagi axborotni boshqaruv sub’ekti qayta aloqa orqali bilib oladi. Ana shu axborot orqali sub’ekt kelajakdagi harakatning yangi yo‘nalishini belgilaydi. Ma’lum vaqtda bu ob’ektni keyingi rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Qayta aloqa kanallari doklad, xabarlar, yozma hisobotlar shaklida bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, qayta aloqa amaliyotda bu sub’ekt tomonidan o‘rnatilgan bevosita tuzatishlar va nazorat qilish natijasidar. Bu o‘z ifodasini statistik va kundalik hisobot va buxgalter hujjatlarida topadi.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin