3.5 Korxonaning tashqi iqtisodiy shartnomalari
Jahon iqtisodiyotida integratsion rivojlanish jarayoni ishlab chiqarishni internatsionalizatsiyalashtirish (baynaminan-lashtirish) bilan tig‘iz bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni internatsionalizatsiyalashuvi Xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishni dunyo miqyosida ijtimoiylashuvining natijasidir.
Ishlab chiqarishni ijtimoiylashuvi avvalom bor bir davlat ichida rivojlanib, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida bir davlat chegrasidan chiqib xalqaro ahamiyat egallaydi. U ishlab chiqarish jarayoni bir davlat chegarasidan chiqib, qo`shimcha holda tashkil qilinishiga, bir biriga bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlarini davlatlararo bog‘lanib ketishiga olib keladi. Bu jarayon ishlab chiqarishni internatsionallashuvi degan tushunchani bildiradi.
Ushbu jarayonlar mexanizmiga har xil huquqiy qoidalar, dastaklar kiradi va ular xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishlatiladi. Davlatlar iqtisodiy integratsiyalanish asosida 50-chi yillardan boshlab sifat jihatidan yangi funksiyalar bajaradigan organlar tuza boshlagan. Natijada bir qancha integratsion guruhlar vujudga kelib ular tashqi savdo, tashqi iqtisodiy siyosat bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshira boshlagan.
Ular qatoriga xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, kodekslar, hartiyalar va bitimlarni kiritish mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya har xil etaplardan o`tadi, ya’ni, erkin savdo hududi; bojxona ittifoqi; umumiy bozor; iqtisodiy ittifoq va siyosiy ittifoq kabilar. Bularning hammasini umumiyligi davlatlararo munosabatlar, aloqalarda iqtisodiy barerlar olib tashlanadi (chetlatiladi), yagona bozor hududini yaratishga imkoniyat to`g‘diriladi, har bir qatnashuvchi davlat undan samara oladi, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va hokazolar.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan biri “Savdo va tariflar to`g‘risida bosh kelishuv” deb ataluvchi (GATT)1 1947 yili 23 davlatlar kelishuvi asosida tuzilgan.
GATT - ko`pqirrali xalqaro kelishuv bo`lib, qatnashuvchi davlatlararo savdoni tartibga solish, qoidalari va huquqiy normalarini o`z ichiga oladi. GATT dunyoda eng katta xalqaro iqtisodiy tashkilot bo`lib hisoblanadi. 1996 yilda unga 130 davlat a’zo bo`lgan, jahon savdosi hajmini 94% tashkil etgan.
1996 yilning yanvaridan GATT nomini o`zgartirib Butundunyo savdo tashkiloti (VTO) deb yuritila boshladi. A’zolar soni kamaydi va uni ta’sis etuvchi a’zo davlatlar soni 81 davlat hisoblanadi.
Butundunyo savdo tashkiloti (VTO) GATT qoidalaridan tashqari o`z tarkibda “Xizmatlar bilan savdo to`g‘risida kelishuv” (GATS) va “Intellektual mulk bilan savdo qilish aspektlari to`g‘risida kelishuv” (TRIPS) tashkilotlari mavjud.
VTO - dan tashqari dunyoda zonalar bo`yicha tuzilgan xalqaro regional savdo bloklari mavjud. Ularni eng yirik bloklarini quyida keltirib o`tamiz.
Yevropa ittifoqi (YES) - uni ta’sischi davlatlariga quyidagilar kiradi: Avstriya, Germaniya, Velikobritaniya, Italiya, Irlandiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Finlandiya, Shvesiya, Daniya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Gresiya YES 1951 yilda tashkil qilina boshlagan, oldin Yevropa ko`mir va po`lat birlashmasi sifatida, 1957 yilda Yevropa iqtisodiy sherikligi va Yevropa atom energiyasi bo`yicha sheriklik sifatida. Yevropa ittifoqi 1993 yili 1 noyabrda Maastrixt kelishuvi deb nomlana boshlagan. Jahonda Yevropa ittifoqi “Umumiy bozor” deb nom tarqatgan.
Yevropa ittifoqini boshqaruv organi bo`lib Yevropa kengashi hisoblanadi va uning tarkibida Yevropa davlat rahbarlari kengashi va Vazirlar Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa parlamenti va Yevropa kengashi sudi, Yevropa auditorlar palatasi mavjud.
Yevropa ittifoqi bilan bir qatorda hajmi jihatdan ikkinchi o`rinda integratsiya guruhi - Yevropada erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST) faoliyat ko`rsatadi. Bu tashkilotni tuzish to`g‘risidagi Konvensiya Stokgolmda 10 ta davlat tomonidan 1959 yili imzolangan. Ushbu davlatlarga quyidagilar kiradi: Velikobritaniya, Portugaliya, Daniya, Shvesiya, Finlandiya, Avstriya, Laxtenshteyn, Shvesariya, Islandiya, Norvegiya.
Erkin savdo to`g‘risida Shimoliy Amerika Kengashi, (NAFTA) - ta’sis etuvchilar AQSH, Kanada va Meksika 1988 yilda AQSH va Kanada kelishuvi bilan tuzilgan, 1992 yili Meksika qo`shilgan.
Aziya va Tinch okeani iqtisodiy hamkorlgi (ATES). 1989 yili Avstraliya tashabbusi bilan tuzilgan. Bunga kiruvchilar: Avstraliya, Bruney, Malayziya, Singapur, Gollandiya, Novaya Zelandiya, Papua-Novaya Gviniya, Indoneziya, Filippin, Tayvan, Gonkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, Kitay, Kanada, AQSH, Meksika, Chili.
“Markosur” - Braziliya, Argentina, Pragvay, Urgvay.
“And pakti” - Venesuel, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya.
Ђarbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi (YUEMOA) - Kot-d Ivuar, Burkino-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali.
Janubiy Afrika rivojlanish kamiteti (SADK) - Angola, Botsvana, Lesoto, Malavi, Mozambek, Mavrikiy, Namibiya,JAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabee.
Janubiy Osiyo regional hamkorlik assotsiatsiyasi (SAARK) - Indiya, Pokiston, Shri-lanka, Bangladesh, Maldiva, Butan, Nepal.
Jahon amaliyotida korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir shartnomalar har xil nom bilan ataladi: Ular qatoriga kontrakt, bitim, shartnomalar kiradi. Xalqaro qoidalarda ko`pincha “kontrakt” atamasi ishlatiladi. Umuman olganda yuqoridagilar hammasi huquqiy nuqtai nazardan shartnoma hisoblanadi, faqat har xil atamalar bilan nomlangan.
-
Shartnoma (bitim) - huquqiy shakl bo`lib, unda tomonlarning huquq va majburiyatlri, o`zaro aloqalarini tartibga solish me’yorlari aks topadi.
|
Aksariyat holda, shu jumladan, tashqi iqtisodiy bitimlar yozma ravishda rasmiylashtirilishi qonunchilikda belgilab qo`yilgan chet ellarda og‘zaki shartnomalar ham ishlatiladi. Shartnoma tomonlar imzolagan bitim, xatlar, teletayp, dasturlar, telegrammalar, telefonogrammalar tarzida ham tuzilishi mumkin.
Tomonlar bitimlarni kelish tartibi, tili mazmuni tarkibiy tuzilishi, muddati, kim imzo chekishi kabilarni o`zaro kelishadilar.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korxonalar nima haqida shartnoma tuzishni tanlashda, majburiyatlarni, o`zaro xo`jalik munosabatlarining qonunlarga zid bo`lmagan boshqa har qanday shartlarni aniqlashda, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirishi belgilab qo`yilgan. Hozirgi vaqtda turli xalqaro tashkilotlar tomonidan shartnomalarni namunaviy shakllari tavsiya qilingan va ular qo`llanilib kelinmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda shartnomalarning quyidagi turlari keng tarqalgan: oldi-sotdi, pudrat, ruxsatnoma, vakillik, yuk tashish, barter (mavoza), kompensatsiya bitimlari, “qarz surishish negizi” bitimlari, kooperatsiya bitimlari, “qarz surishish negizi”dagi bitimlar kabilar.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda oldi-sotdi shartnomalari asosiy o`rin egallaydi. Bu shartnomalarda shartnoma mavzusi, baho, hisob-kitob shakli (hisob-kitob varag‘iga bankdan pul o`tkazish, inkassa, akkreditiv, naqd pul bilan hisob-kitob kabilar), tovar yetkazib beruvchining bazis shartlari ko`rsatiladi. Bazis deganda, xalqaro iqtisodiy muomalada tarkib topgan tovar yetkazish shart-sharoitlari tushuniladi. Bularga tovar yetkazib beriladigan joy, muddati, tashish shartlari, nobudgarchilik ro`y bergan holda ularni qoplash masalalari kiradi.
Bu shart-sharoitlar xalqaro savdo palatasi tomonidan ishlab chiqilgan “Savdo termenlari” degan nom bilan mashhur bo`lib, bu atamalarni talqin qilishning xalqaro qoidalari (Inkoterms) qo`llaniladi. Hozirgi davrda amalda bo`lgan qoidalarning so`nggi tahriri (1990 y.) ishlatilmoqda.
Bu termenlarga misol sifatida FOB va SIF shartlarini keltirish mumkin.
FOB - yuk tushirish portining nomi.
SIF - tovar yetkaziladigan port.
FOB va SIF shartlarida sotuvchining va haridorning burchlari belgilab qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |