Korxona iqtisodiyoti


Korxonani barpo etish hujjatlari va ularni



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə21/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
3.2. Korxonani barpo etish hujjatlari va ularni
ro`yxatdan o`tkazish tartibi

“O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to`g‘risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida ko`zda tutilgan tartib asosida korxona mulk egasi (ular vakili) qaroriga muvofiq yoki korxonani ta’sis etuvchilar guruhi yo bo`lmasa alohida shaxslar qarori bilan barpo etilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo`linmalarga ajralib chiqish natijasida belgilangan tartib asosida ham tashkil etilishi mumkin.


Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida yangi shakl va turdagi korxonalarni tashkil qilish va ularni tez oyoqqa turib olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Buning uchun zaruriy huquqiy asos ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat bozor iqtisodiyoti samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida korxonalarni huquqiy asoslarini, ayrim muhim xizmatlarini ado etish vazifalarini o`z zimmasiga oldi. Bular qatoriga xususiy korxonalarga qonuniy maqom berish, xususiy mulk huquqlarini belgilash, shartnomalarga rioya qilishni kafolatlashni ta’minlash bir tomondan bo`lsa, ikkinchi tomondan, davlat qonuniy “o`yin qoidalari”ni belgilaydi. Bu qoidalar korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Qonunlar asosida davlat iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish sohasida hakamlik vazifasini o`z zimmasiga oladi, bu borada qonunbuzarlikka yo`l qo`ymaslikni oldini oladi yoki ularga nisbatan o`z vakolatlari chegarasida choralar ko`radi, erkin va to`g‘ri raqobat uchun shart-sharoitlarni yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, axborot va boshqa resurslarga erishuvning teng imkoniyatlarini ta’minlaydi va bozorda monopol egalikka yo`l qo`ymaydi.
Korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishining umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to`g‘risida”, “Kooperatsiya to`g‘risida”, “Tadbirkorlik to`g‘risida”, “Ijara to`g‘risida”, “Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari to`g‘risida”, “Tadbirkorlikni kuchaytirish va rag‘batlantirish to`g‘risida”, “Yer to`g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to`g‘risda”gi Qonunlar, hamda “O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar to`g‘risidagi Nizom”, “O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g‘risida Nizom”, “Chet el investitsiyalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va bu korxonalarning faoliyatini tartibga solish to`g‘risida”gi Nizom, “Xoldinglar haqidagi Nizom”, “Moliya-sanoat guruhlari haqidagi Nizom”lar va boshqa qonun hujjatlar bilan belgilangan.
Yangi korxonalarni tashkil qilishning asosiy maqsadlari, birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo`lmagan kishilarniig ish joylari bilan ta’minlash, ya’ni jamiyatning ijtimoiy muammosini hal qilish; ikkinchidan, siyosiy masalani hal qilish bu esa qishloq joylarda milliy ishchilar sinfi vujudga keltirishda o‘z aksini topadi; va nihoyat uchinchidan, iqtisodiy masalalarni yechish, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni tanqisligini kamaytirish asosida aholining moddiy farovonligini oshirishdan iboratdir.
Korxonani barpo etish hujjatlaridan biri uni ta’sis etish shartnomasi hisoblanadi. Bu hujjat o`z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning o`zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Ta’sis etish shartnomasida korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, qatnashuvchilarning o`z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va burchlari, ta’sischilar to`g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish tartiblarini belgilaydi.
Ta’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o`rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o`z aksini topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi.
Ustavni korxonani ta’sis etish shartnomasidan farqi, unda davlat bilan korxona munosabatlarining tartibi belgilansa, ikkinchisida, korxonani ta’sis etuvchilarning munosabatlari aks topadi. “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to`g‘risida”gi Qonunning 9 moddasida korxona ustavida uning nomi, joylashgan manzili, faoliyat turi va maqsadlari, uning boshqaruv va nazorat organi, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini to`xtatish shartlari belgilanishi ko`rsatilgan. Ustavga korxona faoliyatining xususiyatlari bilan bog‘liq bo`lgan. Respublikadagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlarga zid bo`lmagan o`zga qoidalar ham kiritilishi mumkin.
Korxona o`zi joylashgan yerdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkaziladi. Korxona davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g‘risidagi ma’lumotlar o`n kun muddat ichida yagona davlat reestriga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.
Korxona davlat ro`yxatidan o`tish uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga yuqorida keltirilgan korxonani barpo etish to`g‘risidagi hujjatlarni (ariza, ta’sis etish shartnomasi, ustavi, biznes rejasi va boshqalarni) taqdim etadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi ariza topshirilgan paytdan 30 kun muddat ichida korxonani ro`yxatdan o`tganligi yoki o`tmaganligi to`g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Korxona davlat ro`yxatidan o`tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomini oladi. Ushbu kundan boshlab korxona xo`jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo`ladi.
Korxonalar amaldagi qonunlar tartibiga binoan o`z tarkibida huquqiy shaxs maqomiga ega bo`lgan shu’ba korxonalar, filiallar, vakolotxonalar, bo`limlarni mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari bilan kelishilgan holda tashkil qilish va ularni nizomlarini tasdiqlash huquqiga ega.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin