Korxona iqtisodiyoti


III bob. KORXONANI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATINI TO‘XTATISH



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə20/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
III bob. KORXONANI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATINI TO‘XTATISH


Reja:

3.1. Korxonani tashkil etish qoidalari.


3.2. Korxonani barpo etish hujjatlari va ularni
ro`yxatdan o`tkazish tartibi.
3.3. Korxona mulki.
3.4. Korxonaning moliyaviy barqarorligi.
3.5. Korxonaning tashqi iqtisodiy shartnomalari


3.1. Korxonani tashkil etish qoidalari

Korxona tuzilgandan keyin uni faoliyatini tashkil etish masalasi juda ham jiddiy ahamiyatga ega.


Biz II bobda korxonani belgilari, shakl va turlarini ko`rib chiqdik. Korxona faoliyatini tashkil qilish, uning shakl va turlaridan qat’iy nazar, barchasiga umumiy bo`lgan qoidalarga (prinsiplarga) rioya qilinishini talab qiladi.
Mavjud adabiyotlarda korxonalarni tashkil qilish qoidalarini izohlashda bir xil qarashlar mavjud emas. Ayrimlari korxonani tashkil qilish qoidalarini uning belgilari bilan, ayrimlari tashkiliy masalalarni hal qilish etaplari bilan, ayrimlari korxona faoliyatini samaradorligini ta’minlash qoidalari kabilar bilan aralashtirib yuboradilar.
Bizning fikrimizcha, korxona faoliyatini tashkil qilish qoidalari, barcha korxonalar uchun bir xil, shu jumladan foyda olish yoki olinmasligidan qat’iy nazar, ular faoliyatini jamiyat ehtiyojlariga yo`naltirib turadigan faoliyat samarasini oshirishga ijobiy ta’sir ko`rsatadigan omillarni ifodalaydigan jihatlariga ega bo`lgan, makon va vaqt birligida o`zgarmaydigan tartiblar majmuasidan iborat bo`lishi kerak.
Korxona faoliyatini tashkil qilinishi, avvalambor, tegishli tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilmasini mavjud bo`lishini talab qiladi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarini tegishli darajada texnologik birlashuvini, o`zaro harakatlarini moslashtirishni ta’minlash zaruriyati.
Uchinchidan, faoliyatni tashkil qilishda, boshqarishda qarorlar qabul qilishda va hokazo hollarda qonunning ustunligini ta’minlash.
To`rtinchidan, korxonalarni barchasi huquqiy nuqtai nazardan tengligini ta’minlash zaruriyati.
Beshinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat mavjudligidan kelib chiqish.
Oltinchidan, biznes shaklini tanlash erkinligi, albatta korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyatidan kelib chiqqan holda.
Yettinchidan, korxona xo`jalik faoliyatiga davlatning aralashmasligi, uning faoliyat yuritishida erkinligi.
Va nihoyat korxonalar biron-bir mafkuraga bo`ysunmasligi, ularning mafkuradan ozodligi.
Bu umumiy qoidalar korxonalar faoliyatini jamiyat nuqtai nazaridan, ularning manfaatlaridan kelib chiqib samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga yo`naltirilgan. Albatta korxonalar o`z faoliyatini yuritishda, samaradorligini ta’minlash maqsadida tejamkorlikni, moliyaviy barqarorlikni va resurslar bilan ta’minlashga intilishlari zarur.
Korxonani barpo etilishi o`ziga xos tashkiliy bosqichlardan iborat bo`ladi.
Korxonani tuzilishi uni yaratish to`g‘risida tug‘ilgan g‘oyani asoslashdan boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda keltirilgan ishlar bajariladi:
- korxonani ta’sis etuvchilari aniqlanadi, ularni shartnomasi tuziladi;
- ishlab chiqaradigan mahsulot yoki xizmat turini belgilash;
- korxonaning moliyaviy resurslari manbalarini aniqlash;
- korxonaning Ustav va Nizomini rasmiylashtirish;
- korxonani biznes-rejasini ishlab chiqish;
- korxona muhiri, shtampi va boshqa rekvizitlarini tayyorlash;
- korxonani soliq organidan ro`yxatdan o`tkazish;
- bankda hisob raqamini ochish, bank bilan shartnoma tuzish;
- korxonalar ajratmalar o`tkazishi majbur bo`lgan, Respublikada mavjud maqsadli jamg‘armalarda hisobga qo`yilishi;
- korxonani davlat ro`yxatidan o`tkazish va ro`yxatdan o`tganlik to`g‘risida hujjat olish.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin