Korxona iqtisodiyoti


Davlat korxonalarini isloh qilish



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə16/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
2.4. Davlat korxonalarini isloh qilish

O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`ziga xos modeli yaratilgan bo`lib, uning beshta ustuvor yo`nalishi Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslangan va ishlab chiqilgan. Bu yo`nalishlar qisqa qilib aytganda: birinchidan, islohotlarni evolyutsion yo`l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich amalga oshirish; ikkinchidan, davlat islohotlarni boshqaruvchi vazifasini bajarishi, uning bosh islohotchi ekanligi; uchinchidan, islohotlar inson uchun, uning hayoti farovon bo`lishi, manfaatlari va talablari ro`yobga chiqishiga shart-sharoit yaratish uchun amalga oshirilishi e’tiborga olib jamiyatda kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish; to`rtinchisi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligini ta’minlash, uni mafkuradan ozod qilish; beshinchisi, qonunning ustunligini ta’minlash, qonunlarga rioya qilishdir.


Ushbu yo`nalishlarga mos O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish modeli ishlab chiqilgan.
Xususiylashtirish modeli quyidagilardan iborat:

  • xususiylashtirish respublikada o`tkazilayotgan islohotlar-ning o`zagini tashkil qilib, uning ichki mantiqiga bo`ysindirilgan;

  • xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

  • xususiylashtirishda qonunning ustuvorligiga birlamchi bo`lib, barcha jarayon, istisnosiz, ta’lluqli qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etishi shart;

  • xususiylashtirish aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, aholini o`sishini hisobga olish, asta-sekin ijtimoiy kafolatlar tizimiga o`tishini e’tiborga olishga adresli yo`naltirilishi;

  • xususiylashtirish jahon tajribasini hisobga olgan holda, inqilobiy sakrashlarsiz, bosqichma-bosqich, evolyutsion yo`l bilan amalga oshirilishi.

Bozor iqtisodiyotini shakllanishining asosiy negizini mulk masalasini hal etilishi tashkil etadi. Shu sababli ham 1992 yili O‘zbekiston Respublikasida Davlat mulk va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash qo`mitasi tashkil qilinadi.
Bu organ respublikada bozor islohotlari jarayonlarini amalga oshiruvchi ijro organlardan biri bo`lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashda yagona siyosatni o`tkazish;
- davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash jarayoniga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish;
- bozor infratuzilmasini yaratish;
- fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilishni va xususiylashtirilgandan keyin tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga doir dasturlarni ishlab chiqish va hokazolar.
Ushbu organ mamlakat hukumati bilan birgalikda xususiylashtirishning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqdi. Ushbu dasturga muvofiq o`tish davri sharoitida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish tartib va usullari aniqlandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos mulk munosabatlarini shakllantirishning asosiy yo`li mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Shu sababli islohotlarning asosini mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish tashkil qiladi. Bu esa davlat korxonalarini isloh qilishni asosini tashkil qilgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish deb qanday jarayonni tushunamizQ
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g‘risida”gi Qonunining birinchi moddasida bu tushunchalarning umumiy tarifi berilgan, unda: “Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli bo`lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishdir”, - deb tariflangan. Shu bilan bir qatorda bu tushuncha moddiy ishlab chiqarish va ularni taqsimlashni, xizmatni davlat nazoratidan chiqarish hamda boshqaruv huquqlarini yangi mulkdorlarga yoki yollanma boshqaruvchilarga berishni ham aks ettiradi. Chunki bu jarayonlar nafaqat mulkdorni o`zgarishini bildirib, u mulkka egalik va boshqarish huquqining xususiy shaxs ixtiyorida jamlanishini ham taqozo qiladi. Bu jarayon jamiyatda konstitutsional o`zgarishlarga olib kelishi muqarrar, ya’ni amalda yangi xo`jalik-huquqiy tizimini yaratishni ham talab qiladi.
Xususiylashtirish monopoliyaga qarshi yo`nalishga ega bo`lib, iqtisodiyotni tarkibiy o`zgarishlarga, xo`jalik tizimini rekonstrukturalashga asos bo`ladi, jamiyatni barqarorlashtirish va inflyatsiyaga qarshi kurash muammolarini hal qilishga yordam qiladi.
Respublikada xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash uchun zaruriy qonunlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularda mulk shakllari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning qoidalari, amalga oshirish usullari, shakllari, bosqichlari, ob’ektlari va ularni sotib olish tartiblari va boshqa shart-sharoitlari belgilab qo`yilgan. Xususiylashtirish bosqichlari “oddiydan murakkab sari” qoidasi asosida o`tkazilishi belgilab qo`yilgan. Bu asosida Respublikada xususiylashtirishni uch bosqichi amalga oshiriladi.
Birinchi (1992-1993 yillar) bosqichni savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasi va kichik sanoatni o`z ichiga olgan kichik xususiylashtirish tashkil etdi. Natijada 53902 inshoot yangi mulk shaklini egalladi. Shulardan: 10638 tasi savdo; 12561-maishiy xizmat ko`rsatish; 24316-matlubot kooperatsiyasi; 4753-tayyorlov sohasi inshoatlari tashkil etgan. Ularning 95 foizi yuridik shaxs maqomini olgan.
Bu davrda korxonalar va yashash joy fondlari xususiylashtirildi. Mulkdor sifatida mazkur korxonalarning xodimlari va uylarda yashovchi kishilar ro`yobga chiqdi. Davlat mulki bo`lgan 53902 ob’ekt asosida 18000 oilaviy korxona va yopiq turdagi 1700 aksiyadorlik jamiyati tuzildi. 700 dan ortiq sovxoz jamoa xo`jaliklariga aylantirildi. Umumiy maydoni 170000 gektar bo`lgan 15000 fermer xo`jaligi tuzildi. 1993 yilda YAMMning 35% iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqildi.
Ikkinchi (1994-1995 yillar) bosqichda ommaviy xususiylashtirish amalga oshirildi, bu bosqich yengil, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatini, tayyorlov shahobchalarini, qurilish, transport, aloqa korxonalarini va sanoatning ayrim inshootlarini o`z ichiga oldi.
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichida 180000 kichik, o`rta va yirik korxona mulk shaklini o`zgartirdi, ularning aksariyati ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Sanoat korxonalarini keng miqyosda xususiylashtirilishi natijasida 2 mln. aksiya, pay va ulushga ega bo`lgan xususiylashtirilgan korxona egalari, 85 ming xususiy va kichik korxona egalari, 14 ming ko`chmas mulk egalarini o`z ichiga olgan mulkdorlar sinfi tashkil topdi.
1996 yildan boshlab xususiylashtirishni uchinchi bosqichi amalga oshirilishi boshlandi. Ushbu bosqich islohotlarni chuqurlashtirish davriga mos bo`lib, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirishga yo`naltirilgan bo`lib, yirik davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi. Xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari, korporatsiyalar (assotsiatsiyalar), konsernlar, agrofirmalar tashkil qilish va boshqa masalalarni hal qilishga ko`paytirilgan.
1998 yildan boshlab industrial gigantlar hisoblanishi yonilg‘i-energetik kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik sohalarining yordamchi korxonalarida, 1999 yildan boshlab esa - xorijiy sarmoyador xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish boshlandi.
O‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayonining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 noyabr 477-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish choralari haqidagi” farmoyishida keltirilgan, xususiy tadbirkorlik va qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalarni aksiyalashtirish va mulkdor sinfni shakllantirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 28 avgustda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat dasturi to`g‘risida”gi 344-sonli qarori asosida amalga oshira boshlandi.
Kichik va o`rta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o`ynaydigan ko`p ukladli iqtisodiyotning jadal shakllanayotgani tufayli 2002 yilda 38 mingga yaqin mikrofirma, kichik va o`rta korxona tuzilib, ularning umumiy soni 240 mingtaga yetdi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturiga binoan 2000 yilda 374, 2001 yilning 9 oyida 801 korxona, 2002 yilda 1260 korxona xususiylashtirildi. 2001 yilda nodavlat sektorning YAIMdagi salmog‘i 72,3% ni tashkil etgan. Qishloq xo`jaligida - 99,1%, sanoat ishlab chiqarishining 68,2%, nodavlat sektorga to`g‘ri kelgan.
Tarkibiy o`zgarishlar natijasida iqtisodiyotning nodavlat sektorida mavjud bo`lgan korxona va tashkilotlarning 86,5% (1.10.2001y) faoliyat ko`rsatgan. Quyidagi jadvalda 1995-2002 yillarda korxonalar mulkchilik shakllari bo`yicha o`zgarish soni keltirilgan1.
2.4.1. jadval.





Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin