Korxona iqtisodiyoti


Korxona faoliyatini iste’molchilar



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə18/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Korxona faoliyatini iste’molchilar

talabiga yo`naltirish

Ushbu bobning 2.1. bo`limida keltirilgan korxonaning maqsadlaridan kelib chiqib, korxona faoliyatini iste’molchilar talabiga yo`naltirish masalasiga kelsak, bu masala korxonaning asosiy maqsadining negizini tashkil qiladi. Korxona faoliyatini iste’molchilar talabiga yo`naltirishning huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to`g‘risida” (15.02.1991y), “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g‘risida” (18.12.1993y), “Metrologiya to`g‘risida” (28.12.1993y), “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g‘risida” (28.12.1993y), “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g‘risida”gi (30.08.1997y) Qonunlar va Vazirlar Mahkamasining ushbu masalalarga oid qarorlari tashkil qiladi.


“O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to`g‘risida”gi Qonunning 1 moddasining 2 bandida: “Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro`yobga chiqarishga o`z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo`li bilan erishiladi” - deb ta’kidlab qo`yilgan. Bundan kelib chiqadiki korxona o`z maqsadlariga faqat mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarni qondirish orqali erishadi. Korxona o`z faoliyatini to`la-to`kis iste’molchilarning talabini qondirishga yo`naltirishi shart va zarurdir. Bu borada ularning mas’uliyati ham qonunlarda belgilab qo`yilgan. Masalan: “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g‘risida”gi qonunning 27 moddasida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g‘risidagi qonun hujjatlarni buzganlik uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo`ladi deb belgilab qo`yilgan.
Ushbu qonunning 5 moddasida ishlab chiqaruvchi o`z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shartligi, 6 moddasida ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o`zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqidagi zarur, to`g‘ri va tushunarli ma’lumotlarni o‘z vaqtida berishi shart ekanligi belgilab qo`yilgan.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda ularni majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bo`lgan normativ hujjatning nomi, tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, bahosi, sotib olish tartibi, ishlab chiqargan sanasi, ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari, ulardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari kabilar keltiriladi. Bularni mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqaruvchi iste’molchi uchun xizmat qilishga majbur.
Mahsulotlarni standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash ham korxonalarni o`z faoliyatini iste’molchi talablariga maslashtirishga majburlashtiradigan omillardan biridir.
Standartlashning asosiy vazifasi mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘ligi, mol-mulkiga xavfsizlikni ta’minlash uchun, texnikaviy va axborot jihatidan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o`zaro almashuvchanligini, ularni nazorat qilish usullar birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash kabilardir.
Respublikada xalqaro iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, savdo-sotiqning rivojlanishi, ichki va tashqi bozorga tovar chiqarishdagi raqobatning kuchayishi, ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini yaxshilashning barcha imkoniyatlarini izlab topish va ulardan amalda foydalanish bo`yicha bir qator muhim vazifalarni ko`ndalang qo`yadi. Bunday sharoitda mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi muhim vosita sifatida, uning hayotiy siklining barcha bosqichlarida standartlash, metrologiya va sertifikatlashtirishning roli benihoya ortadi.
Jahon birjalarida konditsion, ya’ni standart talablariga muvofiq keladigan tovarlar uchun yuqori narx va har qanday nostandart tovar uchun yaroqsiz mol sifatida juda past narx belgilanadi.
Standartlashtirishning muhim vazifalaridan biri - sifat ustidan davlat nazoratini o`rnatish bo`lib, uning asosini haqiqiy olingan mahsulot bilan standart talablari ko`rsatkichlarini qiyoslashni tashkil etadi. Shunga ko`ra ishlab chiqarish bilan boshqaruv o`rtasida javob aloqasi o`rnatiladi. Standartlar xalq iste’mol tovarlari asosiy xususiyatlarini nafaqat ishonarli aniqlash, balki tezkorlik bilan aniqlash va uning iste’mol qiymati to`g‘risida keng tasavvurga ega bo`lish imkonini beradi. Natijada har bir muayyan holatda sifatning eng maqbul darajasi bilan ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin bo`ladi.
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish iste’molchilarni himoya qilish asosiy me’yoriy hujjati hisoblanib, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi vositasida mahsulotlar yoki xizmatning muayyan standart yoki boshqa me’yoriy texnik hujjatga javob berishini tasdiqlaydigan dalildir. Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish orqali yuksak sifatga erishish hamda ularni jahon bozorida raqobat qila olishi ta’minlanadi.
Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadlaridan yana biri shundaki, sertifikatlashtirish asosidagina mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqiyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratiladi.
Korxona faoliyatini iste’molchilar talabiga yo`naltirishning ijtimoiy asosi tovar (xizmat) ishlab chiqarishni azaldan ijtimoiy harakterga ega ekanligidan kelib chiqadi. Ishlab chiqaruvchilar o`z manfaatlariga jamiyatni, iste’molchilarni talabini qondirish orqali erishadi. Buning uchun korxonani boshqaruvchilari jamiyat oldidagi sotsial javobgarlikning mohiyatini to`g‘ri tushinishi va uni jiddiylashtirish zarur.
Yaponiyadagi “Matsusita Elektrik Industrial” kompaniyasining rahbarlaridan biri K.Matsusitaning fikricha boshqarishning yangi falsafasi asosida sotsial javobgarlikni tan olish yotadi. U shunday deydi: “... har bir kompaniya, o`z masshtabidan qat’iy nazar, foyda olishdan o`zga, uning faoliyat ko`rsatishini oqlaydigan maqsadni ko`zlashi kerak...”1 .
Korxonalar jamiyat manfaati uchun faoliyat yuritishi va aholining moddiy farovonligini oshirishga xizmat qilishi zarurligi butun jahonda tan olingan.
XX asrda sanoatni rivojlantirishda yuqorida keltirilgan boshqaruv falsafasini amaliyotda qo`llab, Yaponiya davlati korxonalari sifatsiz va arzon mahsulotlar ishlab chiqarishdan, iste’molchi talabiga yo`naltirilgan oliy sifatli tovarlar ishlab chiqish orqali o`zlarini ham, jamiyatni ham rivojlanish darajasini yuqori pog‘onaga olib chiqqan.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin