Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə22/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
3.3. Korxona mulki

Mulk so`zi biron bir jismoniy yoki huquqiy shaxs maqomidagi tashkilotga tegishli ne’matlar (narsa va moddiy boyliklar) majmuasini bildiradi.


Mulkdor narsa va moddiy borliqlarga egalik qilish va tasarruf etish huquqiga ega bo`lgan jismoniy va huquqiy shaxs hisoblanadi.
Mulkchilik mulkdorlar o`rtasida, ular bilan davlat o`rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsulini o`zlashtirish yuzasidan paydo bo`lgan va tarixan aniq bir shaklda namoyon bo`luvchi iqtisodiy munosabatlarni anglatadi.
Mulkchilik munosabatlari davlat tomonidan kafolatlanadi va qonunchilik asosida himoya qilinadi. Har qanday davlatda mulkchilik to`g‘risida huquqiy qonunlar qabul qilinadi va unda mulkka egalik munosabati ifodalanadi. Natijada mulkchilik munosabatlari huquqiy munosabatlar shaklida namoyon bo`ladi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g‘risida (31 oktyabr 1990 y) O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun mulkchilik munosabatlarini tartibga soladi.
Mulk o`z ob’ekti va sub’ektiga egadir. Yuqorida keltirilgan mulkchilik qonuniga binoan mulk ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
- respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o`simlik va hayvonot dunyosi;
- imoratlar va inshootlar, asbob-uskunalar;
- moddiy, ma’naviy va madaniyat buyumlari;
- pul va qimmatli qog‘ozlar;
- ixtirolar, kashfiyotlar, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar, axborot;
- fan, adabiyot, san’at asarlari;
- tarix va madaniyat yodgorliklari;
- insonning unumli va ijodiy mehnat qilish qobiliyati (ish kuchi);
- mol-mulkdan xo`jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar).
Mulk sub’ektiga davlat, respublika fuqarolari, kollektivlar, ularning uyushmalari, jamoat va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va boshqa birlashmalari, chet davlatlar, ularning fuqarolari, huquqiy shaxslari, xalqaro tashkilotlar kabilar kiradi.
Jamiyatda ishlab chiqarish vositalariga ega bo`lgan mulkchilik asosiy o`rinni egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlari insonlar o`rtasida ishlab chiqarish vositalari va buyumlarga egalik qilish huquqini shaxsan va mazmunan kengaytirishga olib keladi. Mulk shakllari ko`payadi.
Jamiyat mulkining asosiy qismini korxonalar mulki tashkil qiladi.
Korxona mulkini asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek korxonaning mustaqil balansida qiymati ifodalangan boshqa boyliklar tashkil etadi.
Korxona mulkining manbalariga quyidagilar kiradi:
- ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
- mahsulot, ishlar, xizmatlarni sotishdan, ilmiy-texnik, tijorat va xo`jalik faoliyatining boshqa turlaridan tushadigan daromadlar;
- aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan tushadigan mablag‘lar;
- bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
- kapital mablag‘ va byudjetdan dotatsiyalar;
- tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek meros tariqasida, ayriboshlash va sovg‘a qilish yo`li bilan oladigan daromadlari;
- O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Korxona haq evaziga yer va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish va foydalanish huquqiga ham egadir.
Korxonaning mulkdori (mulkdorlari) o`ziga qarashli mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, unga nisbatan qonunga zid bo`lmagan boshqa munosabatlarni amalga oshirishi mumkin.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin