Korxonalarda iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni tashkil qilish. ob’ektiv qonunlardan foydalanishning harakatdagi mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi. Bunday mexanizm menejment asoschilari tomonidan ilgari surilgan tamoyillarda (prinsiplarda) o‘z aksini topadi.
Tamoyil bu xo‘jalik yuritishning muhim qoidasidir. Ularning nazariy ahamiyati shundan iboratki, ular boshqarish qonuniyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonida qonuniyatlar aynan tamoyillar orqali o‘z harakatini amalga oshiradi.
Boshqaruv tamoyillariga real amaliyotni belgilab, boshqarish aparatining to‘g‘ri va aniq harakat yo‘lini ko‘rsatib beradi. Tamoyillar hodisa-voqealar va vaziyatlar tizimida paydo bo‘lib turadigan mantiqiy aloqlarni to‘g‘ri tushinishga, harakatlar maqsadini to‘g‘ri aniqlashga, boshqarish funksiyasini samarali tadbiq qilishga qaratilgan konkreit qarorlar ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Har kuni korxonalarda turli xildagi nizoli vaziyatlar sodir bo‘lib turadi. Ana shularni o‘z vaqtida bartaraf qilish rahbarlardan aniq qarorlar qabul qilishni talab etadi. Lekin bu qarorlar faqat boshqarish tamoyillarini chuqur bilgandagina o‘z samrasini berishi mumkin. Chunki bu tamoyillar hodisa va voqealarning ichki aloqalarini va ularning rivojlanishiini oldindan bilishga imkoniyat beradi. Boshqaruv tamoyillari korxonada boshqarish jarayonlarini tashkil qilishdagi dastlabki holatni aniqlaydi. Tamoyillar korxonaning maqsadi va uslublari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tamoyillar birinchi marta amerikalik muhandis F.Teylor, fransiyalik yirik tadbirkor A.Fayol va amerikalik menejment bilimdoni G.Emerson tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning bu tamoyillari to hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Aksincha, korxonalarda boshqarishni tashkil qilishda, hozirgi zamon yangi korxonanaing shakllanishida klassiklar yaratgan tamoyillarning tutgan o‘rni alohidadir.
Hozirgi paytda korxonalar amaliyotida bozor iqtisodiyotiga mos quyidagi tamoyillar qo‘llanilmoqda: 1. Oliy maqsadga qarab intilish; 2. Mehnat taqsimoti; 3. Vakolat va javobgarlik; 4. Ishda yaxshi sharoit yaratib berish; 5. Intizom; 6. Ishlab chiqarishni takomillashtirish; 7. Xodimlarga adolatli munosabat, aqli raso bo‘lmoq; 9. Yakka boshqarish; 10. Tez, ishonchli, to‘la, aniq va doimiy hisob; 11. Yo‘nalishning birligi; 12. Ijtimoiy manfaatning shaxsiy manfaatdan yuqori bo‘lishi; 13. Xodimlarni rag‘batlantirish; 14. Operatsiyalarni normalash; 15. Markazlashtirish; 16. Tartib; 17. Haqiqat; 18. Puxta bilimli maslahat berish; 19. Xodimlar ish joyini barqarorligi; 20. Tashabbus; 21. Korxonaga sadoqat; 22. Yozma standart; 23. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish. 24. Samaradorlik.
Boshqarishni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun boshqarish ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishning qulay uslublarini tanlash katta ahamiyatga egadir. Chunki aynan uslublar boshqarish vazifalari va maqsadi qay darajada bajarilganligini ko‘rsatib beradi. Boshqarish uslublarini qo‘llash natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talabi va ularning amaliyotda ko‘rinishi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham boshqarish uslubi ana shu qonunlarning amal qilish mexanizmi rolini bajaradi.
Amaliyotda uslublar tizimini to‘g‘ri qo‘llash boshqarish tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki uslublar har doim boshqarish tamoyillari tomonidan belgilangan qoida, Nizom asosida qo‘llaniladi.
Boshqarish faoliyatining vositasi sifatida boshqarish uslublari boshqarishning sub’ektiv tomonini o‘zida gavdalantiradi. Bundan ular hohlagan vaqtda, asossiz tanlanishi mumkin degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Uslublarning tarkibi va mazmuni boshqarish qonuniyatlarini o‘zida gavdalantirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni harakat natijalaridan hosil topadi. Boshqarish uslublariga ilm-fan taraqqiyoti bevosita ta’sir qiladi. Chunki fan-texnika taraqqiyoti uslublarni uzluksiz takomillashtirish, ularni qo‘llash sifati va samaradorligini oshirishga olib keladi.
Shunday qilib boshqarish uslublari qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqarish ob’ektiga ta’sir o‘tkazish ma’nosini anglatadi.
Boshqarish uslublari o‘zini mazmuni jihatidan iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, sotsial psixologik usulblardn tashkil topadi.
Boshqarish uslublari tizimida iqtisodiy uslublar markaziy hisoblanadi. Iqtisodiy uslub iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish ob’ektiga ta’sir ko‘rsatish ma’nosini anglatadi. Bunday holda korxonaning boshqarish organi boshqariladigan ob’ektga ish haqi, mukofotlash, rag‘batlantirishning turli shakllari, imtiyozlar, chegaralashni yumshatish, defitsit resurslar bilan ta’minlash, iqtisodiy erkinlikni kuchaytirish kabi iqtisodiy mexanizmlardan foydalanadi. Shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiy istak nafaqat ijobiy rag‘batlantiruvchi omilga tayanadi, balki soliqlar, to‘lovlar, daromaddan ushlab qolish va hatto jarima (sanksiyalariga) ham tayanadi.
Iqtisodiy uslublarning harakati sharoitida pastki bo‘g‘inlarga markazlashgan ta’sir ko‘rsatish susayadi. Iqtisodiyotning pastki bo‘g‘inlari mustaqil ravishda qarorlar qabul qilshi uchun katta huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Korxona va xo‘jaliklarning o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi amalga oshiriladi.
Boshqarishni iqtisodiy uslublarining hozirgi paytdagi o‘zgarish omillaridan eng asosiysi boshqarishni tik chiziqli shaklidan gorizontal shakliga o‘tish hisoblanadi. Bunda boshqarish ob’ektiga ta’sir nafaqat yuqori boshqarish organlari tomonidan, balki korxona bilan bog‘langan mijozlar, iste’molchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ta’sir qilish uslublari o‘z ifodasini o‘zaro majburiyatlar, bitimlar va shartnomalarda topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy uslublarning qo‘llanilishi o‘zining ijobiy samaralarini beradi.
Tashkiliy-ma’muriy uslublar iqtisodiy uslublardn farq qilib, boshqarish ob’ektiga, ya’ni mehnat jamoalari va alohida xodimlarga bevosita buyruq, farmoyish asosida ta’sir o‘tkazishga asoslanadi. Shuning uchun ham ushbu uslubni ko‘p hollarda ko‘rsatma tariqasidagi yoki komandaga oid uslub deb ataydilar. Bunday ko‘rsatma va komandalar pastki bo‘g‘inlar tomonidan majburan bajariladi. Boshqarishni bu uslubining mantiqi - “Boshliqning buyrug‘iga bo‘ysinadigan xodimlar uchun bajarilishi qonun” degan mazmunni anglatadi. Ushbu ma’muriy uslub asosan bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lmagan markazlashgan tamoyillar tizimiga xosdir. Tashkiliy-ma’muriy uslub o‘zining mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: tashkiliy va ma’muriy ta’sir ko‘rsatish.
Korxonalarda tashkiliy ta’sir ko‘rsatish birinchidan xo‘jalik ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya va marketing faoliyatini takomillashtirishni, tashkiliy va texnologik me’yorlar va nizomlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ikkinchidan, tashkiliy ta’sir ko‘rsatish, korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayrim mehnat turlarini bajarish uslublarini aniqlaydi. Uchinchidan, tashkiliy ta’sir ko‘rsatish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, kompyuter texnologiyasidan foydalanish, berkitilgan vositalardan unumli foydalanishni ta’minlaydi.
Qayerda va qaysi vaqtda korxonalarda tashkiliy jihatdan o‘zgarishlar sodir bo‘lib qolsa (bu jarayonda doimo rivojlanish va takomillashtirish tendensiyasi mavjud) o‘sha yerda tashkiliy ta’sir ko‘rsatishga amal qilish zaruriyati to‘g‘iladi.
Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish o‘z samarasini faqat uni ma’muriy ta’sir bilan to‘ldirilgandagina beradi. Chunki, har qanday korxonani tashkiliy tuzilmasining ichida o‘zining turli xizmatga oid sifatlari, xususiyatlari, dunyo qarashi va hatto ba’zi vaqtda qo‘yilgan umumiy vazifani turlicha tushunishi bilan bir-birovidan farq qiladigan insonlar harakat qiladi. Bunday sharoitlarda bo‘g‘inlar o‘rtasidagi tashkiliy aloqalarni saqlab turish uchun korxona jamoalariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatish zarur bo‘lib qoladi.
Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish amaliyotda bo‘yruq, farmoyish va ko‘rsatma shaklida namoyon bo‘ladi.
Buyruq bu ma’muriy-ijrochi faoliyatni tartibga solib turuvchi boshqarish akti hisoblanadi. Bajarilishi muqarrar bo‘lgan buyruqlarni faqat korxona rahbari beradi. Buyruqlarni ishlab chiqish jarayonida unga kiritilgan masalalarni chuqur tahlil qilish va shu soha bo‘yicha bilimdon mutaxasislarni maslahatini inobatga olishga e’tibor berilishi lozim.
Buyruqlardan farqli farmoyishlarni rahbarlardan tashqari ularning muovinlari va o‘zining vakolat doirasida funksional bo‘lim boshliqlari berishi mumkin. Farmoyishda ham xuddi buyruqdagidek masalalar aniq va tushunarli yoritilishi, ijrochilar, ijro sanasi va nazorat shakllari ko‘rsatilshi lozim. Farmoyishlarda uni bajarilshining aniq muddati ko‘rsatiladi.
Ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning amalga oshirish vositasi ko‘rsatma hisoblanadi. Odatda ular og‘zaki shaklda beriladi. Unda qo‘yilgan vazifalarning bajarish muddati aniq ko‘rsatiladi.
Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish organlarining qo‘ygan vazifalarini amaga oshirish uchun uzluksiz nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish kerak. Har bir buyruqni bajarilish nazoratini shaxsan rahbar yoki uning vakolati bilan uning vakili amalga oshiradi. Ayniqsa rahbarning shaxsiy nazorati haddan tashqari muhim hisoblanadi. Chunki bu o‘z vaqtida buyruqni bajarish bo‘yicha paydo bo‘lgan chetlanishlarni payqab, uni oldini olish imkoniyatini beradi.
Boshqarish uslublari ichida sotsial-psixologik uslublar muhim o‘rin egallaydi. Sotsial-psixologik uslublar bu mehnat jamolari va ayrim xodimlarga turli psixologik mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatish orqali boshqarishni amalga oshirishdir.
Har bir insonda mehnatga, mulkka, pul, boylikka, iqtisodiy munosabatlarga nisbatan qarashlar tizimi shakllanib va tarbiyalanib boradi.
Har qanday inson katta kichikligiga qaramasdan nafaqat mamlakatimizda harakat qilayotgan huquqiy qonunlar asosida ish ko‘radi, balki o‘zini dunyo qarashi, tasavvuri, ichki odob-axloq qoidalari asosida o‘z turmush tarzini belgilaydi. Bu holat ham iqtisodda va maishiy sharoitda o‘z ifodasini topadi. Sotsial-psixologik uslublarning asosiy vazifasi insonlarni psixologiyasi. Vijdoni va odob-axloqiga ta’sir ko‘rsatish orqali boshqarish sub’ekti qo‘ygan maqsadga erishishni ta’minlashdan iborat. Odamlarni biron-bir ishni bajarishga majbur qilmaslik kerak. Ularni shu narsani bajarish zarur ekanligiga ishontirish kerak.
Sotsial-psixologik uslublarning samaradorligi va amaliy ta’siri avloddan avlodga o‘tib keladigan insonning vujudidagi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Bunga bir qator mamlakatlarda shakllangan an’analarni misol keltirsak bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada mehnatga bo‘lgan sevgi va hurmat, o‘z ishiga va firmasiga sodiqlik go‘dakligidan boshlab tarbiyalanadi. Agar firmada ish yomon borayotgan bo‘lsa, Yapon ishchisi mehnat ta’tilidan ham voz kechadi.
Shunday qilib, sotsial-psixologik uslublarning ikki guruhga bo‘lish mumkin. 1. Sotsial ta’sir ko‘rsatish uslublari. 2. Psixologik ta’sir ko‘rsatish uslublari. Bularni har birini alohida ko‘rib o‘tamiz.
Sotsial ta’sir ko‘rsatish uslublari korxonalarda juda ko‘p jamoani sotsial rivojlanish masallarini hal qilish vositasi sifatida ishlatiladi. Ushbu uslub orqali mehnat jamoalarining sotsial tuzilmasi va sotsial xususiyatlari (jamoani sotsial va kvalifikatsion tuzilishi, xodimlar va ishchi-xizmatchilarning madaniy-texnik darajasi, mehnat sharoiti, mehnatni rag‘batlantirishni tashkil qilish, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni qo‘ilishi va hokazo) o‘rganiladi.
Ularni amaliyotda qo‘llash natijasida jamoa va uni a’zolarining sotsial faolligi oshadi, tarbiya jarayoni yaxshilanadi.
Amaliyotda sotsial ta’sir ko‘rsatish uslublari bilan birga mehnat jamoalari va uni a’zolarini boshqarishni psixologik uslublari ham keng ishlatiladi. Ularning asosiy vazifasi mehnat jarayoni bilan band bo‘lgan insonlarning psixikasi va kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Ushbu uslublarning yo‘nalishi korxonalarda xayrihohlik, do‘stlik munosabatlarini, mehnatga qiziqishning oshishi uchun samrali tizimini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Yuqorida ko‘rib chiqqan boshqarishning uch ulublari bir-birovi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, birgalikda xo‘jalik faoliyatining hamma boshqarish funksiyalarini amal qilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham amaliyotda ularni birontasini ham rolini pastga o‘rish katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.