Aylanma mablag‘lar tarkibi va strukturasi
-
Aylanma mablag‘lar (100%)
|
Aylanma ishlab chiqarish fondlari
(70%)
|
|
Muomala fondlari (30%)
|
Ишлаб чиqа-риш заќира-ларида
Ишлаб чи-qариш жа-раёнида
Келгуси давр хара-жатлари
Омборларда-ги тайёр маќсулот
Жўнатилган ва йўлдаги товарлар
Пул маблађлари
Дебиторлик qарздорлик
Банкларда жорий ќисоб раqамлари
Ќисоб-китоб-лардаги маблађлар
Нормалаштириладиган тайёр маќсулот
Нормалаштирилмайдиган
айланма маблађлар
Shakllanish manbalari bo‘yicha aylanma mablag‘lar korxona o‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablag‘lariga bo‘linadi.
Qarzga olingan mablag‘lari - bu bank kreditlari, kreditorlik qarz (tijorat krediti) va boshqa passivlar.
Korxonaning samarali ishi - bu minimal harajatlar qilib maksimal natijalarga erishishdir. Harajatlarni kamaytirish - bu avvalom bor, korxona aylanma mablag‘larini shakllantirish manbalari strukturasini optimallashtirish, ya’ni o‘z kredit resurslarini oqilona uyg‘unlashtirish.
Korxona aylanma mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Muomala sohasidan ular ishlab chiqarish sohasiga o‘tadi va hokazo. Aylanma mablag‘lar aylanishi korxona tomonidan moddiy resurslar va ishlab chiqarish uchun zarur boshqa elementlar to‘langan vaqtdan boshlanadi va bu mahsulotni sotishdan olingan tushum ko‘rinishida harajatlar qoplanishi bilan tugaydi. Keyinchalik pul mablag‘lari yana korxona tomonidan moddiy resurslar olish va ularni ishlab chiqarishga kiritish uchun ishlatiladi.
Aylanma mablag‘lar to‘liq aylanadigan, ya’ni ishlab chiqarish va muomala davrini o‘tadigan vaqt aylanma mablag‘larning aylanish davri deyiladi. Bu ko‘rsatkich korxonada (yoki tarmoqda) mablag‘lar harakatining o‘rtacha tezligini tavsiflaydi. U ma’lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish muddatiga mos kelmaydi.
Aylanma mablag‘larni boshqarish eng kam miqdordagi aylanma mablag‘lar bilan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashdan iborat. Bu korxona aylanma mablag‘lari doiraviy aylanishning barcha bosqichlari bo‘yicha mos shaklda va minimal, lekin yetarli miqdorda taqsimlanishi lozimligini bildiradi. Aylanma mablag‘lar har doim bir vaqtning o‘zida doiraviy aylanishning uchala bosqichida mavjud bo‘ladi va pul mablag‘lari, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Korxonalar o‘z-o‘zini moliyalashtiradigan hozirgi sharoitda aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Korxonaning normal faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning iqtisodiy asoslangan miqdorlarini ishlab chiqish jarayoni aylanma mablag‘larni normalashtirish deyiladi. Shunday qilib, aylanma mablag‘larni normalashtirish doimiy minimal va shu bilan birgalikda yetarli bo‘lgan moddiy boyliklar zahiralarini, kamaymaydigan tugallanmagan ishlab chiqarish zahiralarini va boshqa aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar summasini aniqlashdan iborat. Aylanma mablag‘larni normalashtirish ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish davomiligini qisqartirish, tayyor mahsulotning tezroq sotilishi imkonini beradi.
Ishlab chiqarish zahiralaridagi, tugalanmagan ishlab chiqarishdagi, korxona omborlaridagi tayyor mahsulot qoldiqlaridagi aylanma mablag‘larni normalashtiriladi. Bular normalashtiriladigan aylanma mablag‘lardir. Aylanma mablag‘larning qolgan elementlari normalashtirilmaydigan deb ataladi. Aylanma mablag‘larni normalash jarayonida aylanma mablag‘lar normasi va normativi aniqlanadi.
Aylanma mablag‘lar normasi korxonada tovar-moddiy boyliklarning minimal zahiralarini tavsiflaydi va detallar zahira kunlarda, zahira normalarida, hisob birligi summalarida va hokazolarda hisoblanadi.
Aylanma mablag‘lar normativi-aylanma mablag‘lar normasining normasi aniqlangan ko‘rsatkichga kupaytmasi so‘mlarda hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larni normalash Nam quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |